Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi mashg'ulotidan GALEREYA
11 jan 2020 08:41
Yangiliklar


Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi mashg'ulotidan GALEREYA
Xabaringiz bor, qo'shni Turkmaniston futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 bahslariga mezbonlik qiladi.
Ayni paytda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik olib bormoqda.
Futzalchilarimiz 10 yanvardan boshlab poytaxtimizda yig'inga kirishishdi. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borilmoqda. Dastlab 10-19 yanvar oralig'ida Toshkentda mashg'ulotlar o'tkaziladi. So'ngra 19-23 yanvar kunlari Ozarbayjon poytaxti Bokuda yig'in tashkil etiladi. Yig'in doirasida mazkur mamlakat milliy jamoasi bilan 2 ta o'rtoqlik o'yini ham o'tkaziladi.
Quyida terma jamoamizning mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar