Futzal bo'yicha Osiyo CHempionati-2016 Toshkentda bo'ladi
10 mar 2015 12:37
Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo CHempionati-2016 Toshkentda bo'ladi
2016 yil futzal bo'yicha Osiyo chempionati O'zbekiston poytaxti – Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
Kuni kecha bu haqida OFK futzal va sohil futboli qo'mitasining ushbu qarori konfederaciya ijroiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlandi. SHuningdek, musobaqaning o'tkazilish sanalari ham malum qilindi.
SHunday qilib, futzal bo'yicha o'n to'rtinchi Osiyo CHempionati 2016 yilning 9 – 20 fevral kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tish kerakki, shu vaqtga qadar Toshkent futzal bo'yicha Osiyo CHempionatiga ikki bor (2006, 2010) mezbonlik qilgan. Biroq bu safargisidan farqli ravishda avvalgi musobaqalar Jahon CHempionatiga saralash vazifasini o'tamagan. Bu galgi chempionatning eng kuchli to'rt jamoasi esa 2016 yil Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon CHempionatida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Fikrlar