So’nggi yangiliklar

12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  0 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  0 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  2 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  4 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9

Futzal. Beshinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi Yangiliklar

Futzal. Beshinchi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasi

Kecha futzal bo'yicha 2014-2015 yilgi mavsum birinchi tur, beshinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tdi.
Bu dastlabki turga yakun yasab beruvchi kun edi. Har doimgidek kechagi kunning eng yaxshilari va ramziy jamoasini tuzib chiqdik.

Eng keskin o'yin: “Ardus” – “Olmaliq” 1:1

Kechagi kunga qadar aynan shu ikki klub yuz foizlik natija bilan karvonboshilik qilayotgan edi. Uchrashuv esa kutilganidek keskin kurashlarga boy o'tdi. Har ikki jamoa ham etakchilarga xos o'yin namoyish etdi. Bu bellashuvni birinchi turning eng yaxshi o'yini desak ham bo'ladi.



Eng qiziqqon murabbiy: Nikolay Odushev (“Ardus”)

O'zining asosiy raqiblaridan biri bo'lgan “Olmaliq”qa qarshi kechgan uchrashuvda “Ardus” bosh murabbiyi Nikolay Odushev bir lahzaga bo'lsada o'yinni hotirjam kuzatmadi, bunga bellashuvdagi yuqori temp sabab deyish mumkin. Bunday bahslarda o'rindiqda o'tirib ko'rsatma berishning iloji yo'q, murabbiy ham o'yinchilar singari o'yinning ichiga “kirib ketishadi”.



Eng yaxshi o'yinchi: Sarvar SHoaxmedov (“Lokomotiv”)

Birinchi turning so'nggi kunida O'zbekiston futzal associaciyasi birinchi turning eng yaxshi o'yinchisini aniqlab, g'olibga maxsus kubok topshirdi. O'z navbatida biz ham Sarvar SHoaxmedovni beshinchi kunning eng yaxshi futzalchisi deb topdik.



Eng chiroyli gol: Javlon Anorov (“Olmaliq”)

Ikkinchi kun ketma-ket eng chiroyli golni olmaliqliklar azosi Javlon Anorov kiritmoqda. U “Ardus” bilan o'tgan o'yinda to'pni qaychi uslubida Nikolay Kravchenko qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi. Bu gol tur bezagiga aylandi.



Eng yaxshi darvozabonlar: Rustam Umarov (“Olmaliq”), Nikolay Kravchenko (“Ardus”)

Bu safar odatimizdan biroz chekingan holda bir emas, ikkita darvozabonni eng yaxshi deb topdik. Bu ikki posbon jamoalarining o'zaro o'yinida eng yaxshilar bo'lishdi. Juda ko'plab murakkab zarbalarni ham qaytarishga muvaffaq bo'lishdi. Bu uchrashuv darvozabonlarga ataldi desa ham bo'ladi.



Eng yaxshi jamoa: “Do'stlik-AIN”

Avvalgi to'rtta o'yinda g'alaba nimaligini bilmagan qarshiliklar kechagi bahsda “Paxtakor”ni tiz cho'ktirishdi. Garchi “sherlar” dastlabki turni muvaffaqiyatsiz o'tkazishgan bo'lsada, uchrashuvdan oldin hech kim 8:0 hisobini kutmagan edi.



Eng omadsiz jamoa: “Bunyodkor”

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi besh kun ichida uchinchi marta bu nomga egalik qilmoqda. “Nafis” bilan bahsda “qaldirg'ochlar” avvaliga 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan edi, ammo keyinchalik o'z darvozalaridan to'rtta to'p olib chiqishdi. Poytaxtliklarga ochiqchasiga omad etishmayapti.



Endi esa kunning ramziy jamoasini etiboringizga havola etamiz. Bu safar ikkita darvozabonni ramziyga kiritdik, sababini esa yuqorida keltirib o'tdik. Rustam Umarov asosiy posbon bo'ladi, bunga birgina sabab u jamoasining goliga assicentlik qildi.

Darvozabon: Rustam Umarov (“Olmaliq”)
O'yinchilar: Sarvar SHoaxmedov (“Lokomotiv”), Furqat Azizov (“Do'stlik-AIN”), Jamshid Husainov (“Nafis”), Rashid Jabborov (“Kogon”)
Zahiradagilar: Nikolay Kravchenko (“Ardus”, darvozabon), Baxtiyor Umarov (“Do'stlik-AIN”), SHaxzod Bo'riev (“Ardus”), Javlon Anorov (“Olmaliq”), Feruz Faxriddinov (“Nasaf”).


Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика