Futzal. Aleksandr Petrov: "Olmaliq" oldiga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo'yilgan"
21 fev 2015 15:31
Yangiliklar

Futzal. Aleksandr Petrov: "Olmaliq" oldiga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo'yilgan"
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Lokomotiv" (4:1) uchrashuvidan so'ng "Olmaliq" bosh murabbiyi Nikolay Odushev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yinning boshida biz ustunlikka erishdik. Raqib o'ynovchi darvozabon bilan o'ynashni boshlaganida o'yinimiz chiqmadi. Bunga moslashish qiyin bo'ldi, lekin gol o'tkazmadik, demak vazifa bajarildi", - deydi Aleksandr Petrov.
- Raqib 5ta o'ynovchi futzalchi bo'lib harakat qilganida xatolar bo'ldi...
- Albatta, xatolar bo'ladi. Sababi raqib son jihatdan ko'proq bo'ladi, bizning yigitlar esa qaysidir joyda noto'g'ri poziciya tanlaydi.
- Pley-offda ham "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaysizlar...
- Bu o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. O'ynovchi darvozabon taktikasiga qarshi tayyorlanamiz, o'zimiz ham o'ynovchi darvozabon bilan o'ynashni ko'proq mashq qilamiz.
- "Olmaliq" oldiga bu mavsum qanday vazifa qo'yildi?
- Jamoa bu yil chempionatda kuchli uchlikka kirishga harakat qiladi. Vazifa aynan shunday.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar