So’nggi yangiliklar

08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  0 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  3 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  4 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1

Futzal. Aleksandr Alshevski: "Bunday muxlislar qarshisida mezbonlar bilan o'ynash juda qiyin" Yangiliklar

Futzal. Aleksandr Alshevski: "Bunday muxlislar qarshisida mezbonlar bilan o'ynash juda qiyin"

O'zbekiston terma jamoasi kecha "Tashkent Cup-2014" xalqaro turniri doirasida birinchi o'yinni Belarus termasiga qarshi o'tkazdi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. O'yindan so'ng belaruslik Aleksandr Alshevskidan fikr oldik.

"O'yin juda ham og'ir o'tdi, O'zbekiston yuqori saviyadagi terma jamoa. Biz ular bilan o'tgan yili Ozarbayjonda ham o'zaro bellashgan edik. Bugun terma jamoangiz to'g'ri yo'ldan ketayotganligini isbotladi, yildan-yilga jamoa o'yini kuchayib bormoqda, O'zbekistonga qarshi o'ynash o'tgan yilgiga qaraganda qiyinroq bo'ldi. O'zbekiston futzalni rivojlantirish borasida to'g'ri yo'ldan ketayapti deb hisoblayman, o'sish darajasi yuqori.

Biz kuchli qarshilikni kutgan edik, muxlislarning juda faol tarzda qo'llab-quvvatlashi ostida mezbonlarga qarshi o'ynash oson emas. Boshqacha qilib aytganda, bunday muhitda oyoqlar o'zi yuguradi. To'p o'tkazib yuborganimizdan keyin katta kuch bilan oldinga o'tdik va hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik.

Ushbu turnirda qatnashayotgan terma jamoalarning barchasi yuqori saviyadagi jamoalardir. Ozarbayjonni hatto top darajada desa ham bo'ladi, tarkibdagi mahalliylashtirilgan braziliyaliklar hisobiga yanada kuchli bo'lishgan. Qozog'iston tarkibida ham braziliyalik futzalchilar bor, ular ham juda kuchli. Demak, sizning jamoangizga ham, bizga ham keyingi ikkita o'yinda juda qiyin bo'ladi", - deydi Aleksandr Alshevski.


Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика