So’nggi yangiliklar

23:09Февзи Давлетов: "Ғалабага бўлган ишонч бизга натижа келтирди"  1 23:01"Мальорка" — "Реал". "Қироллик клуби"нинг таркиби маълум!  3 22:52"Кальяри" — "Рома". Шомуродов таркибдами?  4 22:40Александр Хомяков: "Руҳият билан боғлиқ тизимли инқироздамиз"  15 22:25"Манчестер Сити" меҳмонда "Челси"ни қийинчилисиз мағлуб этиб, янги мавсумни ғалаба билан бошлади  14 22:20Суперлига. "Пахтакор" — "Локомотив" 3:1, "шерлар" биринчи даврадаги мағлубият учун ўч олишди  0 22:06Суперлига. "Пахтакор" "Локомотив"дан биринчи даврадаги мағлубият аламини олди, Абдуманноповдан дубль ва ассист  9 21:54Лига 1. "Ланс" илк турда меҳмонда ғалаба қозонди, Ҳусанов захирадан майдонга тушди!  0 21:30БАА Лига кубоги. Ғаниев ва "Ал Батеҳ" илк ўйинда мағлуб бўлди  2 21:28ЦСКА сўнгги дақиқада ўтказиб юборилган гол эвазига мағлуб бўлди. Файзуллаев 86 дақиқа ҳаракат қилди  11 21:00Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган ўйинда "Сурхон" "Андижон"ни мағлуб этди  97 20:28Ўзимизнинг карикатура. "Air Alikulov" парвозини давом эттирмоқда  1 19:54ҚПЛ. Яхшибоевнинг дубли "Ордабаси"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди!  4 19:10"Пахтакор" — "Локомотив". Таркиблар маълум  2 18:19Ўзимизнинг карикатура. Вадим Абрамовнинг "Динамо"сидан "оловли" ўйин  3

Futzal. Ahad Yusupov: “Maqsadimiz – ortga g'alaba bilan qaytish” Yangiliklar

Futzal. Ahad Yusupov: “Maqsadimiz – ortga g'alaba bilan qaytish”

25 - 30 avgust kunlari Xitoyning CHengdu shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo CHempionati bo'lib o'tadi.
Unda O'zbekiston nomidan mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” jamoasi qatnashadi. SHu munosabat bilan “temiryo'lchilar” bosh murabbiyi Ahad Yusupovni suhbatga chorladik.

- Jamoa Osiyo CHempionatiga qaerda va qay tarzda tayyorgarlik ko'rdi?
- Musobaqaga Toshkentda tayyorgarlik ko'rdik, bizga yig'in o'tkazishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan rahbarlarimizga raxmat aytaman. Poytaxtda o'tkazilgan yig'in davomida to'rtta klub bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdik, ulardan biri “Ardus” bo'ldi. Umumiy olib qaraganda tayyorgarligimizdan ko'nglim to'ldi.

Bu “Lokomotiv” uchun birinchi katta musobaqa bo'lgani uchun bizga faqatgina xalqaro tajriba halal berishi mumkin. CHunki, tarkibimizdagi ko'plab o'yinchilar uchun bu birinchi xalqaro musobaqa. O'yin bo'yicha esa hammasi joyida va biz Osiyo CHempionatiga tayyormiz.

- Tarkibga legioner futzalchilar taklif etildimi?
- Albatta, Ozarbayjonning “Araz” (Naxichevan) klubi sardori Vitaliy Borisovni taklif etdik. Hozir u jamoa safiga kelib qo'shilgan, O'zbekistonga kelib o'ynash o'zi uchun ham qiziq bo'lgani uchun taklifimizga ijobiy javob qaytardi.

- Musobaqada kim asosiy darvozabon bo'ladi?
- Ayni paytda “Maksam-CHirchiq”dan Klim Tyugaevni safimizga qo'shib oldik, u “Lokomotiv”da ijara asosida to'p tepadi. Lekin, uning oyog'ida kichik jarohat bor. Agar, 25 avgustda o'tkaziladigan birinchi turdagi o'yinimizga qadar to'liq tayyor bo'lsa aynan Klim asosiy darvozabon bo'ladi. Aks holda Oleg Tukmakov darvozani qo'riqlaydi. Har ikki darvozabonimizning ham saviyasi deyarli bir xil, lekin Klimda xalqaro tajriba ko'proq, shuning uchun ham unga asosiy darvozabon sifatida qarayapmiz.

- Tarkib borasida muammolar yo'qmi?
- O'ylaymanki, bizda tarkib borasida muammolar yo'q. O'tgan mavsum mamlakat chempioni bo'lgan tarkibdagilarning deyarli barchasi Xitoyga boradi. Faqatgina, yosh o'yinchilarimizdan biri hisoblangan Islom Komoljonov musobaqaga bormaydi. Lekin, kelajakda unda yana imkoniyat bo'ladi deb o'ylayman.

- Tayyorgarlikni xorijda olib borish mumkinmidi?
- Birinchidan, Evropa jamoalari hozir jismoniy tayyorgarlikni olib bormoqda, bunday holatda hech bir klub o'rtoqlik o'yini o'tkazmaydi. Nazorat uchrashuvi o'tkazishi mumkin bo'lgan Osiyo jamoalari esa CHengdu shahrida bizga qarshi o'ynashadi. Xorij jamoalari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazganimizda o'zimizga yaxshi bo'lgan bo'lardi, lekin hozirgi holatda ham hammasi joyida deb hisoblayman.

- Jamoa oldiga aniq vazifa qo'yildimi?
- Qita birinchiligi bo'lgani uchun ham O'zbekiston nomidan qaysi jamoa ishtirok etishidan qati nazar ijobiy natijani ko'zlab boradi. Jamoamiz debyutant bo'lgani uchun ham favoritlar orasida emas, lekin oldimizga musobaqada munosib ishtirok etgan holda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика