Futzal afsonasi Vohid SHamsai Eron terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi
12 jan 2022 16:32
Yangiliklar
Futzal afsonasi Vohid SHamsai Eron terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi
6 yanvar kuni shu yil Quvaytda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlangan edi.
Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi Markaziy-Janubiy mintaqaning "B" guruhidan o'rin olgan va Tojikiston, Afg'oniston hamda Nepalga qarshi bahs olib borishi malum bo'lgandi. Mintaqamiz saralashining "A" guruhidan esa Eron, Qirg'iz Respublikasi, Turkmaniston va Maldiv o'rin olgandi.
Litvada bo'lib o'tgan JCH-2021da chorak finalgacha etib borgan Eron terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bungacha termani boshqarib kelgan Muhammad Nazemasharieh o'rniga bugundan futzal afsonasi Vohid SHamsai tayinlandi.
Futzal afsonalari Falkao (o'ngdan birinchi), Vohid SHamsai va futbol afsonasi Paolo Maldini.
SHamsai nafaqat Osiyo, balki jahon futzali afsonasi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
10:03
Filippin terma jamoasi ustozi: "Biz 40 daqiqa davomida O'zbekiston bosimiga bardosh bera oldik"
0
Fikrlar