Futzal: 2 dekabr kuni Osiyo chempionatiga qura tashlanadi
30 noy 2015 13:28
Yangiliklar
Futzal: 2 dekabr kuni Osiyo chempionatiga qura tashlanadi
Unda final bosqichida qatnashadigan jamoalar va OAV vakillari ishtirok etadi. Tadbir 18:00da boshlanadi.
Avvalroq saralash o'yinlari natijasiga ko'ra final bosqichiga yo'l olgan 13ta terma jamoa nomi aniqlangan edi.
Ular: Livan, Qatar, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Avstraliya, Malayziya, Vetnam, Qirg'iziston, Tojikiston, Xitoy hamda Xitoy Taypey futzal terma jamolaridir.
Ushbu 13 jamoadan tashqari Yaponiya hamda Eron terma jamoalari avvalgi qita chempionatida yuqori o'rinlarni egallagani uchun, shuningdek, O'zbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni sifatida Toshkentdagi final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olgan.
Eslatib o'tamiz, Toshkent mezbonlik qiladigan Osiyo CHempionati 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar