So’nggi yangiliklar

15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  12 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8 10:32Ўзбекистонлик ҳакамлар олимпия ўйинларидаги илк учрашувларига тайинлов олишди  4

Futbolning "f" harfini tushunmaydigan mamlakat sardorining taqdir yo'li Yangiliklar

Futbolning "f" harfini tushunmaydigan mamlakat sardorining taqdir yo'li

Pandev 37 yoshida Evropa chempionatida gol urdi! Uning hikoyasi qiziqarli - "Inter" bilan erishgan trebldan tortib, futbol federaciyasi bilan janjallashganigacha.


Ushbu Evroning eng yorqin qahramonlaridan biri — 37 yoshli Pandev. Goran hal qiluvchi saralash bahsida Gruziya darvozasini ishg'ol qmilib, o'rtamiyona SHimoliy Makedoniya terma jamoasini ilk bor yirik musobaqaga olib chiqdi.

Pandev 2020 yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi edi, ammo Evroga chiqish imkoniyati paydo bo'lgach, jamoasini tashlab ketishga ko'zi qiymadi. "Men yana bir mavsumni o'tkazmoqchiman, chunki mening orzuim Evropa chempionatidan keyin kareramni yakunlash ", — deya o'tgan bahorda futbolchi izoh bergandi.

Goran 20 yil muqaddam terma jamoada debyutini o'tkazgan! Bu vaqt ichida u 14 murabbiy rahbarligida maydonga tushgan, 119 uchrashuv o'tkazgan, 37 gol urgan, bir marta futbol rahbariyati bilan jiddiy janjallashgan va eshigini qattiq yopib ketgan, ammo baribir termaga qaytgan.


Klublar darajasidagi natijasi maqtovga sazovor — u mavsum davomida barcha asosiy sovrinlarni o'ziniki qilgan Mourinoning afsonaviy "Inter"ida edi. Va u hali ham A Seriyada doimiy ravishda o'ynaydi. O'tgan mavsumni Eldor SHomurodov to'p tepayotgan "Jenoa" safida o'tkazdi.

Unda ortga nazar solishga arziydigan yorqin karera mujassam.

Mourino boshchiligidagi "Inter" bilan trebl

Pandevning asosiy muvaffaqiyati — Mourino boshchiligidagi "Inter" klubida o'tkazgan afsonaviy 2009/10 yilgi mavsumdir. Goran "Lacio"dagi mojarolardan so'ng (bu haqda keyinroq) mavsumning eng qizg'in pallasiga klubga keldi hamda jamoaning muhim qismiga aylandi. "Neradzurrilar" bilan birgalikda A Seriya, Italiya kubogi va CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi.

Pandev uchun bu «Inter»ga ikkinchi tashrif edi. Bu erda birinchi marta 2001 yilning yozida, 18 yoshli yigitchaligida paydo bo'lgan, klub 250 ming evroning bahridan o'tib, uni Makedoniyaning "Belasitsa" jamoasidan sotib olgan. Ammo o'sha vaqtlarda "Inter"ni boshqargan Ektor Kuper yigitchani o'z jamoasida ko'rishni istamadi, shuning uchun u ikki mavsum davomida ijarama-ijara sargardon bo'ldi. Keyin esa "Inter" Pandev 50 foiz transfer huquqini "Lacio"ga Stankovichni sotib olish bo'yicha bitimga qo'shdi. SHunday qilib taqdir uni Rimga etakladi.


"Inter"ga qaytish klubdagi debyutidan ko'ra yorqinroq bo'lib chiqdi. Pandevning o'yin uslubi Mourino rejalariga mos edi. Ammo murabbiy makedoniyalikning maydondagi joylashuvini o'zgartirdi. Bungacha u oldinga chiziqda harakat qilardi, Joze esa uni qanotga ko'chirdi. Har safar Pandev maydonda turli vazifalarni bajargan.

Goran bir qator yirik uchrashuvlarda muhim rol o'ynadi. 2010 yil yanvar oyida "Milan"ga qarshi o'yinda u avval Militoga mukammal uzatmani amalga oshirdi, shundan so'ng Diego hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda u jarima zarbasini mahorat bilan amalga oshirib, raqib darvozabonini xafa qildi. O'shanda "Inter" raqobatchichisi hisoblangan "Roma"dan atigi 2 ochkoga ortda qolayotganini hisobga olsak, derbidagi g'alaba nihoyata muhim edi.

CHempionlar Ligasi yarim finalida esa "Barsa" to'sig'idan o'tishga ko'maklashdi. Yarim mavsum davomida Pandev Mourinoni shunchalik hayratda qoldirdiki, u CHempionlar Ligasi finalida "Bavariya"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Goran Jozening o'ziga xos odatiy o'yinchisi edi: beg'araz, mehnatsevar va bor kuchini beradigan. U murabbiyning rejalaridan shubhalanmadi va uning ko'rsatmalariga amal qildi.

"Mourino bizga ko'p narsalarni bera olgan ajoyib inson va ajobiy murabbiy edi. Men eng muhim uchrashuvlarni, jumladan, CHempionlar Ligasi finalini asosiy tarkibda boshladim. Men u talab qilgan hamma narsani qildim, shu qatorda men har doim hujumchi bo'lganimga qaramay, qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynadim", — deydi makedoniyalik futbolchi Coriello dello Sport nashriga bergan intervyusida.


"Lacio" bilan shartnoma bo'yicha sudlashuv. Zenit yoki CSKAga o'tishi mumkin edi


Pandev 2004 yilda "Lacio"ga kelib qo'shilgan va ikki mavsum davomida Tommaso Rokki bilan mustahkam aloqa o'rnatdi. Yildan yilga Pandev o'z darajasini oshirib boraverda, masalan, 2007/08 yilgi mavsumda u "Lacio"ning CHempionlar Ligasidagi eng yaxshi to'purariga aylandi (4 ta gol). Evropa grandlaridan bir qator takliflar tushdi, ammo klub futbolchini saqlab qolishni xohladi.


2009 yil yozida Pandev mavsum oxirida jamoani tark etishini malum qildi. "Lacio" prezidenti Klaudio Lotito bunga tubdan qarshi edi. Janjal avj oldi. SHartnomani uzaytirishdan bosh tortganidan so'ng, Pandev to'rt oy davomida jamoadan chetlatildi, shu vaqt ichida makedoniyalik bironta ham uchrashuv o'tkazmadi. 

Ko'plab klublar Pandevni o'z safida ko'rishni xohlashdi, ulardan biri "Zenit" edi. Peterburgliklar 13 million evroni taklif qilishdi, ammo Lotito Rossiyadan kelgan taklifni «yorug' kun o'rtasidagi talonchilik» deb atab, futbolchi uchun 15 million so'radi. Keyinchalik, 2015 yilda, Pandev CSKAdan taklif borligini aytdi (ammo armiyachilar uni qachon qo'lga kiritmoqchi bo'lgani aniq emas). 

Goran "Lacio" bilan shartnomani bekor qilishni talab qilib, sud orqali ish olib bordi, asosiy bahs — klub shartnoma talabini buzganligida edi, yani uni ro'yxatdan chiqarib yuborgandi. Dekabr oyida futbolchining davosi qondirildi va u "Inter"ga erkin agent sifatida borib qo'shildi.


Bizda futbolning "f" harfi ham yo'q 


2014 yilgi Jahon chempionatiga saralashda Makedoniya muvaffiyatsiz qatnashdi, Pandev ikki yilga terma jamoani tark etdi.

Pandev makedoniyalik muxlislar bilan chigal munosabatda edi. SHimoliy Makedoniya Evro-2020'ga yo'l olganidan so'ng, ular xursand bo'lishdi va jamoa sardorini ko'klarga ko'tarishdi, ammo bu tarixning faqatgina bir parchasi edi, xolos. Muxlislar doimiy ravishda terma jamoadan natija talab qilishardi va SHimoliy Makedoniya doimo muvaffaqiyatsizlikka uchrardi. SHu sababli, jamoa ko'p tanqid qilinardi — qo'shtirnoq ichidagi eng yaxshi so'zlar asosiy yulduz hisoblangan Pandevga atalardi.

2010 yilda ilk marta Goranning sabr-toqati tamom bo'ldi. Evro-2012 saralashida Armaniston bilan durang o'ynagandan so'ng, jamoa yana muxlislar tomonidan haqoratlarga duchor bo'ldi va Goran ketishga qaror qildi. Murabbiy Mirsad Yonuz tezda futbolchini fikridan qaytardi: u ikki uchrashuvni o'tkazib yubordi va yana tarkibga qaytdi.

2013 yilda Pandev katta janjal bilan terma jamoani tark etdi. SHimoliy Makedoniya Jahon chempionatining so'nggi saralashida Belgiya, Xorvatiya, Serbiya, SHotlandiya va Uels bilan bir guruhda to'qnashdi. Makedoniyaliklar 10 uchrashuvning 7 tasida mag'lub bo'ldi va jami 7 ochkoni qo'lga kiritdi. Pandev yana termadagi faoliyatini yakunlashini elon qildi va mamlakatdagi futbol tizimini tanqid qildi. Quyida asosiy fikrlar keltirilgan.


• U so'nggi o'rinni sharmandalik deb atadi va javobgarlikni o'z zimmasiga oldi. "Endi sukut saqlay olmayman va cho'kayotganimizni jimgina tomosha qila olmayman. Terma jamoa bilan sodir bo'layotgan voqea katta sharmandalik. Sardor sifatida men so'nggi o'rin uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmamga olishga majburman. Men bahona izlamayman. 

• Men, Goran Pandev, terma jamoaning Braziliyadagi Jahon chempionatiga bormasligi va guruhda so'nggi o'rinni egallashida asosiy aybdorman. SHuning uchun terma jamoani tark etmoqchiman. Terma jamoaning va umuman Makedoniya futbolining barcha muammolarida meni va faqat meni ayblashingiz mumkin. Meni lanatlashingiz, haqoratlashingiz va tanqid qilishingiz mumkin ... Mening eng katta «to'siq» ekanligimni istaganingizcha ayting.

• Makedoniya mamuriy jamoaga aylandi, rasmiylar faqat Evro va Jahon chempionatlarida ishtirok etishni vada qilishni biladilar. SHundan so'ng muxlislar va jurnalistlar asossiz ravishda jamoadan natija talab qilmoqda. "Garchi haqiqat va reallikka tik qarash qo'rqib, yillar davomida soxta xom xayol va umidlar bilan yashadik. Bizda futbolning "f" harfi ham yo'q, lekin har bir yirik turnir oldidan Evro yoki Jahon chempionatiga chiqishni xohlaymiz. Bu milliy jamoaning o'yinlaridan tashviqot uchun foydalanadigan odamlar tomonidan vada qilingan. Biz muvaffaqiyat qozonish yo'lidan yiroqmiz. Biz Bosniya va Gercegovina, Xorvatiya va Sloveniyadan o'rnak olishimiz kerak. Bundan tashqari, muxlislar va jurnalistlar keskinlik yaratadilar. Ular muvaffaqiyat kutishadi va bizda bunga asos yo'q. SHu bois har bir uy uchrashuvini xuddi bizga begona erda o'ynayotgandek o'tkazamiz".

• Tashkilot bilan doimo ko'ngilsizlek yuz beradi. Biz baribir saralash o'yinlariga etib kela oldik, Makedoniya futbol federaciyasi esa hamma narsani "tejashga" harakat qildi. "Arzon aviakompaniyalar orqali, ustiga-ustak Belgiya muxlislari bilan birga parvoz qilish — sharmandalik. Avtobusda 4-5 soat davomida qatnamoq va magistral yo'lda joylashgan joyda tamaddi qilmoq... Terma jamoa muqaddas, ammo bu gap tashkilotga rahbarlik qiladiganlarga unchalik ahamiyatli emas. Federaciya bizdan pul tejashga urinish va boshqa keraksiz narsalarga pul xarjlash orqali o'z obro'sini er bilan bitta qildi. Bizda ishlash uchun sharoit yo'q. 

• Men ham, boshqa futbolchilar ham dabdabali sharoit sari intilmaymiz, ammo biz yaxshi munosabatda bo'lishga loyiqmiz. Tanlov har doim eng arzon narsa foydasiga amalga oshiriladi. Skopega etib borishim uchun chipta pulini ko'p marta o'zim to'laganman. Men bunga qodirman, lekin bazi jamoadoshlarim bunga qodir emas. Ular milliy jamoada o'ynash uchun aeroportlarda sargardon yurishga majbur. Bazida chamadonlarini yo'qotib qo'yishadi va shug'ullanadigan liboslari qolmaydi. Bundan ortiq yana qanday munosabat bo'lishi mumkin?! Men hali biz mashg'ulot qiladigan maydonlar haqida gapirmadim... Bizda umuman sharoitlar yo'q.

• U terma jamoa uchun hamma narsani qurbon qildi va buning evaziga faqat tanqid qilindi. "Besh yildan beri saralashda gol urmaganim uchun boshim ustida yong'oq chaqishadi. Buning uchun men javobgarman. Men har doim borimni berib kelganman va siz, jurnalistlar, terma jamoadan necha marta jarohatlar bilan klubga qaytganimni bilasizlar. Makedoniya uchun chin yurakdan o'ynadim. Ammo natija bo'lmaganida hech kim buni qadrlamaydi. Terma jamoadagi o'yinlar orqali faqat tinimsiz hushtaklar, tanqidlar va haqoratlar eshitdim".


• Makedoniyada futbolni qayta qurish kerak edi, shuning uchun u 2010 yilda akademiya tashqil qildi. "Men kichkinaligimda kattalar Makedoniyada futbolni 10 yilga taqiqlash kerak, deyishgan. Avval boshlang — keyin natijalar bo'ladi. Endi nima uchun bunday deyishganini tushundim va men bu fikrga qo'shilaman. Ushbu jamoa muvaffaqiyatsizlikka duch keldi. Yaraning o'rni bitishi qiyin. Hammasini yosh kuchlar orqali qaytadan boshlagan yaxshiroqdir.  

Biz bolalar bilan ishlashimiz, istedodlarni tarbiyalaydigan professional murabbiylarni topishimiz kerak. SHuning uchun men futbolga sarmoya kiritishni boshladim va o'z akademiyamni bunyod etdim. Endi men bolalar bizning barcha avlodlarimizdan ustun bo'lishini va kelajakda bizga katta quvonch baxsh etishini istayman. Mening avlodim yutqazdi, ammo men boshqa futbolchilar bilan kelgusida natija ko'rsata olishimiz uchun harakat qilaman".

Oradan ikki yil o'tib, 2015 yilda Pandev yana terma jamoaga qaytdi. U bunday og'ir sharoitda ketganidan afsuslandi. Keyinroq umidli murabbiy Igor Angelovski terma jamoada paydo bo'ldi (u 2012/13 yilgi mavsumda «Rabotnichki» bilan oltin dublni qayd etdi), u birinchi navbatda Goran bilan munosabatlarni o'rnatdi va uni qaytishga ko'ndirdi.

Angelovski hanuzgacha jamoada, u SHimoliy Makedoniya terma jamoasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi: u 50 dan ortiq o'yin o'tkazdi (allaqachon rekord natija) va jamoani Evropa chempionatiga olib chiqa oldi.

U o'z klubini tashkil qildi, jamoa allaqachon Evropa Ligasi saralashida o'ynashga ulgurdi. Evro-2020'ga ushbu klubdan bir futbolchi jalb etildi


Pandevning yoshlarni rivojlantirish haqidagi so'zlari populizm emas. 2010 yilda u o'zining tug'ilgan shahri Strumicada akademiyani tashkil qildi (shaharchada 55 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi) va keyinchalik u professional jamoaga ega bo'lib, 2017 yildan buyon Makedoniya yuqori ligasida o'ynab kelmoqda.


"Akademiya" uchun eng muvaffaqiyatli yil 2019 yil bo'lib, mamlakat kubogi, chempionatning bronza medallarini qo'lga kiritgan holda Evropa Ligasi saralashiga yo'l oldi. Biroq, klubni birinchi raunddayoq Bosniyaning "Zrinski" klubi taslim etdi (0:3, 0:3).

Ushbu mavsumda jamoa 12 klub orasida 7-o'rinda yakunladi. Tarkibning katta qismi makedoniyaliklar, shuningdek, xorvatiyalik Marko Martinaga va serbiyalik Mario Maslach bor. "Akademiya" sardori 34 yoshli Sashko Pandev, Goranning ukasi hisoblanadi.

Aytgancha, "Akademiya"ning bir o'yinchisi Pandev bilan birgalikda Evro'ga boradi — Maryan Radeski, u etti gol bilan jamoaning ushbu mavsumdagi eng yaxshi to'purariga aylandi.

SHimoliy Makedoniya Avstriya, Ukraina va Gollandiya bilan bir guruhdan o'rin olgan. Evro-2020 musobaqasida Pandevning ulkan rejalari bor. «Biz yaxshi natijalarga erishamiz va bir qancha uchrashuvlarda g'alaba qozonamiz deb umid qilaman. Maqsadimiz — hech bo'lmaganda guruh bosqichidan chiqish. Bilamizki, bu oson bo'lmaydi, ammo raqiblarimizning kuchli tomonlarimizdan xabardormiz".

Guruh bosqichining ilk turidagi Avstriyaga uchralgan mag'lubiyatga qaramay, mamlakat futbolchilarining imkoniyatlari saqlanib turibdi. Eldor SHomurodov bilan bir jamoada to'p surayotgan futbolchiga kelgusi o'yinlarda mehnatlarining samarasi o'laroq, muvaffaqiyat qozonishini tilab qolamiz.

Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика