So’nggi yangiliklar

12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  0 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12

Futbolni zo'ri bugun bo'ladi Yangiliklar

Futbolni zo'ri bugun bo'ladi

Lekin bu ko'pchilik kutayotgan "Barselona" - "Borussiya Dortmund" o'yini emas.

Bu O'zbekiston Kubogi doirasida kechadigan "Paxtakor" - OKMK yoki ECHLdan o'rin olgan PSJ "Aston Villa" uchrashuvi ham emas.

O'yin bizning vaqt bilan 22:15da start oladi va bunda O'zbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistoni U-17 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O'yin shunchalik muhimmi, axir biz ham, Saudiya ham guruhdan chiqib bo'ldi, qolaversa har ikki jamoa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan dersiz. Lekin o'zim anchadan beri shu uchrashuvni kutyapman.

To'g'ri, dastlabki ikki turda o'smirlarimiz chiroyli g'alabaga erishib, Tailand bilan Xitoyni yutdik. Guruhdan chiqishning o'ziyoq bizga JCH yo'llanmasini berdi. Guruhdan chiqadigan 1-2 o'rinlar U-17 Jahon chempionati chiptasiga ega bo'lishini ham aytib o'tdik. Bu o'yinning biz uchun muhimligi shundaki, terma jamoamiz kuchini Saudiya Arabistoni fonida ko'rib olamiz.
 
Har qancha rivojlanmasin Tailand yoki Xitoy futbol mamlakati emas. Ularda katta pul bo'lmasa futboli haqida hech kim gapirmaydi. Ammo Saudiya boshqa olam. Saudiya xuddi bizga o'xshab azaldan futbolni sevadi. Ularning futbolini ushlab turgan katta pullar yoki Saudiyaga oqib kelayotgan yulduzlar emas, balki futbol qadriyatlari.

Saudiya Arabistoniga Ronaldu kelmagan payti ham futboli zo'r bo'lgan. Ularda tarix bor, maktab bor, kuchli-kuchli klublar bor. O'zbekiston OFKga azo bo'lib Saudiyaning istalgan yoshdagi terma jamoasiga qarshi bahs olib boryaptiki, doim etiborli o'yin bo'ladi.

Biz qanchalik futbolni yaxshi o'ynay olamiz, kuchli jamoa fonida nimalarga qodirmiz? Bizning maktab Osiyodagi kuchli maktablar bilan bellasha oladimi? Bugungi o'yin shu kabi savollarga qisman javob bersa ajab emas.

U-17 jamoalarining birlamchi maqsadi Jahon chempionatiga chiqish yoki Osiyo turnirida chempion bo'lish bo'lib qolmasligi kerak. Bu yoshdagi jamoalar birinchi navbatda futbol o'ynashni o'rganishi lozim. Bu yoshdagi bolalar endi katta yo'lning boshiga chiqyapti. Ertaga Jahon chempionatiga borib o'ynagan bilan ham hamma birdaniga zo'r bo'lib qolmaydi. Zo'r bo'lish uchun yanada mashaqqatli yo'lni bosib o'tish kerak bo'ladi.

Terma jamoamiz ustozi o'yindan oldin juda chiroyli gapirdi. "Biz har bir o'yinda g'alaba qozonishni xohlaymiz. Men bugungi uchrashuvda kuchni tejab keyingi bahs haqida o'ylamoqchi emasman. Biz durang haqida o'ylayotganimiz yo'q, faqat g'alabani ko'zlayapmiz", - deya aytib o'tdi Islom Ismoilov OFK saytiga bergan intervyusida.

Xuddi shu gapni saudiyaliklar ustozi Mario Da Silva ham gapiribdi. Bu yaxshi, chunki futboldagi "navbatchi o'yinlar" hech yoqmaydi. Agar biz oxirgi turda Xitoy yoki Tailand bilan o'ynaganimizda balki "navbatchi o'yin" desa bo'lardi. Ammo Saudiya Arabistoniga qarshi o'z kuchimizni ko'rsatishimiz shart. Zamonaviy o'zbek futboli maktabi salohiyatini qaysidir jihatdan bugungi bahs belgilab beradi.

Vakillarimizga omad yor bo'lsin.

X.Xoliqov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика