So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  0 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  0 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  4 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  2 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  4 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  5 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   85 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  12 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0

Futbolimizdagi noprofessionallik Yangiliklar

Futbolimizdagi noprofessionallik

1992 yildan to hozirgacha milliy chempionatimiz o'yinlarini kuzatib kelaman. O'shandan beri futbolning ajralmas qismi bo'lgan jamoalarimiz liboslari va ularning rangiga etibor beraman.

Xorijda har bir jamoa o'z rangiga ega va uy o'yinlarida doim bitta rangdagi libosda o'yin o'tkazadi. U o'yin xoh ichki chempionat, xoh mamlakat kubogi, xoh CHempionlar ligasi o'yini bo'lsin, o'z maydonida faqat bitta rangdagi libosda o'ynaydi. Masalan, MYU hamisha – qizil, "CHelsi" – ko'k, "Real" – oq, "Barselona" – ko'k-anorrang, "Yuventus" – oq-qora, "Milan" – qizil-qora, "Roma" – to'q qizil, "Bavariya" – qizil,  "Borussiya" D – sariq... 

Hattoki Osiyo jamoalari ham o'z maydonida faqat bitta rangda o'ynaydi. Xullas, har bir jamoani o'z rangi bor. Zaxira rangdagi libosdan esa asosan, mehmondagi o'yinlarda foydalanadi. Bizda-chi? Oliy ligamiz Superligaga o'zgarib, PFL juda ko'p tashkiliy ishlarni yaxshi tomonga o'zgartirdi, lekin jamoalarimiz o'z maydonidagi o'yinlarda goh u, goh bu rangdagi libosda o'ynashda davom etyapti. Pro ligada ham shu ahvol. Bazi jamoalarimizda o'zining ananaviy rangi yo'q. Bazi jamoalar hujjatlarda o'zlarini professional klub, yani PFK deb atasa-da, mezbon libosi qaysi rangda-yu, mehmon libosi qaysi rangdaligini o'zlari ham bilmaydi. Masalan, "Navbaxor" o'tgan mavsumlarda ko'proq qizil libosda o'ynardi, bu yil qizil rangdan voz kechib, ko'k va oq ranglarga o'tib oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Babayan "Navbaxor"ga bosh murabbiy bo'lgach, libosni o'zi yoqtirgan ko'k-oq rangga o'zgartirdi, degan gaplarni ham o'qidik. Juda qiziq-a? Mabodo Yurgen Klopp "Real"ga bosh murabbiy bo'lib kelsa va menga qizil rang yoqadi, jamoa libosini oqdan qizilga o'zgartiraylik, deb qolsa-ya...

O'z maydonida faqat bitta rangdagi libosda o'ynash ananasiga chempionimiz "Paxtakor" ham, "Nasaf", "So'g'diyona" AGMK kabi etakchi jamoalarimiz ham amal qilmayapti. Jamoalar o'z muxlislarini ham juda qiyin ahvolga solib qo'yishyapti. "Sevimli jamoamni ular bilan bir tan-u bir jon bo'lib, ular bilan hamohanglik qilib, bir xil rangdagi libosda qo'llab-quvvatlayman" deb, egniga jamoasi ko'proq kiyadigan qizil futbolka, boshiga qizil kepka kiyib, qo'liga qizil bayroqchani ko'tarib stadionga kelsa, jamoasi oq libosda chiqib keladi...

Bu mavsumda faqatgina "Bunyodkor" uyidagi hamma o'yinlarda ko'k libosda o'ynayapti. Bu yil o'z maydonida Superliga doirasida 6 ta va Kubokda 2 ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, hammasida faqat ko'k libosda o'ynadi. Mana bu haqiqiy professonallik. Hamma jamoalarimiz "Bunyodkor"dan o'rnak olishi kerak. 

Bizda qaysi jamoa qaysi rangdagi libosda o'ynashini o'yin komissari aniqlaydimi yo jamoalar o'zaro kelishib aniqlaydimi yoki PFL tavsiya qiladimi, bilmayman. Dastlabki turlarda bazi jamoalarimizning rasmiy telegram kanallari o'yindan bir kun oldin jamoalar vakillari miting o'tkazib, qaysi jamoa qaysi rangda o'ynashi haqida kelishib olgani haqida xabarlar joyladi. 12- turga kelib PFL rasmiy telegram kanalida jamoalar qanday rangdagi liboslarda o'yinni o'tkazishi haqidagi rolik paydo bo'ldi.

SHu roliklarga qarab, jamoalar qaysi rangdagi liboslarda o'ynashini PFL tavsiya qilsa kerak, deb o'ylayapman. Endi keyingi mavsumdan, PFL (ushbu mavsum ikkinchi davrasidan qilsa ham bo'ladi) xuddi xorijdagi top-jamoalar kabi o'z maydonidagi hamma o'yinda faqat bitta rangdagi libosda o'ynashlarini qatiy belgilab qo'yishi kerak. Mening taklifim – Superliga jamoalari uyda quyidagi rangdagi liboslarda o'ynashi kerak:

"Paxtakor" – ko'k-sariq (yo'l-yo'l) yoki sariq 

"So'g'diyona" – oq

"Nasaf" – qizil

AGMK – oq

"Qo'qon-1912" – oq

"Navbaxor" – ko'k

"Metallurg" – to'q ko'k

"Qizilqum" – qizil

"Lokomotiv" – qizil

"Bunyodkor" – ko'k

"Surxon" – sariq

"Neftchi" – sariq

"Dinamo" – ko'k

"Olimpik" – oq

Mehmon jamoa mezbon jamoa rangidan farq qiladigan libosda maydonga chiqishi kerak. SHunda o'yinlarni TV orqali tomosha qiladigan muxlislarga ham qulay bo'ladi. SHarhlovchi aytmasidan liboslar rangiga qarab, jamoalarni oson tanib olishadi.

Yuqorida 1992 yildan beri jamolarimiz turli rangdagi liboslarda maydonga tushishi haqida yozdim. Mayli, uzoq to'qsoninchi yillarda mamlakatimiz endi mustaqillikka erishgan, iqtisodiy qiyinchiliklar bo'lgan paytlarda jamoalar har xil rangdagi liboslarda o'ynagan. Oradan qariyb o'ttiz yil o'tib, Diyor Imomxo'jaev rahbarlik qilayotgan PFLda yosh va zamonaviy fikrlaydigan kadrlar ishlayapti. SHu yoshlarimiz endi jamoalarimiz liboslarini rangiga ham etibor bersa yaxshi bo'lardi.

P.S. Bu maqolada professional futbol klublarimizni o'z ananaviy rangdagi liboslarda ega emasligini tanqid qildim. Lekin ming afsuski, milliy terma jamoamizdagi ahvol ham klublarimiz bilan bir xil. O'z maydonidagi rasmiy o'yinlarda ham goh oq, goh ko'k libosda harakat qiladi. Dunyodagi boshqa terma jamoalar esa o'z maydonida o'tgan asrlardan beri bitta ananaviy rangdagi libosda harakatlanishadi. Nafaqat futbol, balki xokkey, voleybol, basketbol, gandbol kabi jamoaviy boshqa sport turlarida ham bitta rangdagi libosda o'ynashadi. Braziliya, SHveciya, Avstraliya – sariq, Angliya, Germaniya – oq, Franciya, Italiya, Yaponiya – ko'k, Ispaniya, Belgiya, Portugaliya, Janubiy Koreya – qizil, Niderlandiya – to'q sariq...

Farhodjon Uzoqov tayyorladi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика