So’nggi yangiliklar

11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  5 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  4 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0

"Futboldagi zamonaviy tendenciyalarni hisobga olib, selekciyani yangidan yuritish vaqti keldi" - "Andijon" bosh direktori Yangiliklar

"Futboldagi zamonaviy tendenciyalarni hisobga olib, selekciyani yangidan yuritish vaqti keldi" - "Andijon" bosh direktori

"Andijon" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev Championat.Asia'ga nega klub rossiyalik skaut Nikolay Egorichev bilan bitim imzolanganini aytdi.

"Zamonaviy futbolda har bir professional klubning o'z shtatida nafaqat birgina skaut, balki selekciya bilan shug'ullanuvchi butun bir bo'lim bo'lishi kerak. Skaut ishi katta ahamiyatga ega, sababi u ham mamlakat ichida, ham tashqarisida o'yinchilarni izlaydi va tahlil qiladi. Albatta, u yoki bu o'yinchi bilan shartnoma imzolash bo'yicha yakuniy qarorni bosh murabbiy hal qiladi, ammo skaut selekciya bo'yicha uning birinchi yordamchisi bo'lishi kerak.

O'zbekistonda odatda skaut vazifasini bosh murabbiy, uning yordamchilari, bosh yoki sport direktori bajaradi va ularga tez-tez agentlar yordam beradi. Ammo, agentlar birinchi navbatda, o'z foydalariga qiziqishadi va ular jamoani qanday kuchaytirish emas, balki o'z o'yinchilari haqida o'ylashadi. Ha, agent yordam berishi va yaxshi o'yinchi taklif qilishi mumkin, ammo bu uning uchun ikkinchi darajadagi vazifa. Klubni kuchayishi haqida unda ishlaydigan odamgina o'ylashi mumkin va bu skaut bo'lishi yaxshiroq.

Futboldagi zamonaviy tendenciyalarni hisobga olib, selekciyani yangidan yuritish vavqti keldi. SHu sabab, "Andijon"ga rossiyalik skaut Nikolay Egorichevni taklif qilishga qaror qildik. Biz uning ishlari bilan tanishdik va davomli muloqotdan so'ng hamkorlik bo'yicha kelishib oldik. Bu klubimizga ham, yosh mutaxassisga ham o'z professional sifatlarini ko'rsatishiga yordam berishiga ishonamiz", – dedi Mirzaev.

 Avvalroq "Andijon" o'z skautiga ega O'zbekistondagi ilk klubga aylangani haqida xabar bergan edik.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика