So’nggi yangiliklar

19:19"Челси" ва "Атлетико" "Атланта Юнайтед" ўйинчисига даъвогар  0 19:15Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  2 19:00Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» 0:0 (Матнли трансляция)  0 18:43"Манчестер Юнайтед" ва "Атлетико" "Болонья" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  9 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  4 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  2 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  1 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  8 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0

Futboldagi gepardlar. Sayyoramizning eng tezkor 10 futbolchisi Yangiliklar

Futboldagi gepardlar. Sayyoramizning eng tezkor 10 futbolchisi

O'tgan mavsum tahlili bo'yicha tuzilgan eng tezkor futbolchilar reytingi bilan tanishing.

Tezlik - faqatgina Ferrari, Lamborghini yoki Bugatti mashinalariga emas, balki zamonaviy futbolchilarga ham kerak jihat hisoblanadi. Sayyoramizning eng mashhur sportida "shamol tezligida" yugura oladiganlar ko'p emas. Aynan shu sababli "chopag'onlar" juda qadrlanadi, ayniqsa ularda boshqa sifatlar ham bo'lsa.


Faqat maydonda tez bo'lish futbolda eng asosiysi emas, bu tezlikni to'p bilan ishlashda namoyish etish lozim. Bunday futbolchi o'z jamoasiga katta ustunlik olib beradi.


Aynan shu sababli bugun o'tgan mavsum tahlillariga tayanib, sayyoramizning eng tezkor 10 futbolchilari reytingini taqdim etamiz.


10. Karim Bellarabi ("Bayer") - 35,27 km/soat

29 yoshli futbolchi hujumkor yarim himoyachi poziciyasida to'p tepadi. Bellarabi markazda va chapda o'ynashga qodir, biroq o'zini o'ng qanotda qulay his qiladi. Karim 2011 yildan beri "Bayer"da. So'nggi mavsumda uni jamoaning eng muhim futbolchilaridan deya olmaymiz, biroq u asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi.

Bellarabi 2018/19 mavsumda 5ta gol urib, 4ta golli pas berdi. Bundan tashqari, u tezligini 35,27 km/soatga etkazib, sayyoramizning eng tezkor futbolchilari reytingida kuchli o'nlikka kirdi. Bellarabi "Bayer"da qarshi hujumlarni amalga oshirishda juda kuchli. U bo'sh zonalar tomon intiladi va leverkuzenliklar uchun ustunlik yaratib, raqib darvozasi oldida xavf yuzaga keltiradi.


9. Mussa Sissoko ("Tottenxem") - 35,33 km/soat

Bellarabi tengdoshi Mussa Sissoko 2013 yildan beri Angliya Premer-ligasida o'ynaydi. 2016 yilning yozida u 35 mln. evro evaziga "Nyukasl"dan "Tottenxem"ga o'tdi. Franciyalik asta-sekinlik bilan asosiy tarkib futbolchisiga aylanib oldi. O'tgan mavsum u 15ta uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 18ta bahsda zaxiradan maydonga tushdi.

Sissoko markaziy yarim himoyachi poziciyasida o'ynaydi va elkama-elka kurashlarda juda kuchli. Buning ustiga u katta tezlikka ega, bu esa "Tottenxem" himoyadan hujumga tez o'tishiga yordam beradi.


8. Patrik van Anxolt ("Kristal Pelas") - 35,42 km/soat

Gollandiyalik chap qanot himoyachisi Angliyaga juda yoshligida ko'chib o'tgan. Avvalga "CHelsi" sharafini himoya qilgan van Anxolt "ko'klar" safida asosiy tarkibga kira olmadi va u ijarma-ijara yurib, o'ziga mos klubni izladi. Patrik "Sanderlend"ga o'tdi, 2017 yilning yanvaridan beri esa "Kristal Pelas"ni himoya qilmoqda. Yakunlangan mavsumda van Anxolt APLning 36ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

Van Anxolt o'zining katta tezligi tufayli qanotda "Kristal Pelas" raqiblari uchun xavf yaratishga qodir. Uning qanotdan uzatmalari London jamoasiga yaxshi foyda keltirmoqda. Bundan tashqari, Patrik to'pni olib qo'yishda kuchli. Aynan shu sifati orqali u tezkor qarshi hujumlar tashkillashtira oladi.


7. Jeymi Vardi ("Lester Siti") - 35,44 km/soat

32 yoshli ingliz so'nggi bir necha mavsumdan beri o'z tezligini namoyish etishdan charchamayapti. Vardi - o'z iqtidori va imkoniyatlaridan unumli foydalana oladigan ayyor hujumchi. Jeymi yakunlangan mavsumda 34ta uchrashuvda 18ta gol urib, APL doirasida o'z jamoasining eng yaxshi to'purariga aylandi.

Jeymi Vardi tezligini ishga solib markaziy hujumchi poziciyasidan qanotga harakatlanishni xush ko'radi. Hujumchining bu odati raqib jarima maydonchasida palapartishliklar yuzaga keltiradi. Vardi 32 yoshda, biroq bu uning tezkor harakatlariga hech qanday tasir ko'rsatmayapti.


6. Leroy Sane ("Manchester Siti") - 35,48 km/soat

23 yoshli nemis vingeri 2016 yilning avgustida "SHalke-04"dan Tumanli Albionga o'tdi. O'shandan beri "shaharliklar" chap qanotida hayratlanarli tezlik namoyish etilmoqda. Biroq u Gvardiola ishonchiga kira olmadi va so'nggi mavsumda APLning 31ta uchrashuvida maydonga tushdi. Umuman olganda bu Sanega unumdorlik keltirishga halal bermadi - 10ta gol va shuncha golli pas.

Sane erishgan maksimal tezlik 35,48 km/soatni tashkil qiladi. Leroyning ajoyib texnikasini ham hisobga olsak, bu uni har qanday raqib uchun xavfli futbolchiga aylantiradi. Biroq Sane "Manchester Siti" uslubiga mosligi borasida bazi shubhalar bor, chunki Leroy tezkor qarshi hujumlarni xush ko'radi, "Manchester Siti" esa to'p nazoratiga katta etibor qaratadi.


5. Teo Uolkott ("Everton") - 35,7 km/soat

Hozir 30 yoshga kirgan Teo Uolkott o'z vaqtida Angliyaning eng iqtidorli yoshlaridan biri edi. Uolkott bor iqtidorini namoyish eta olmadi va o'tgan yilning yanvar oyida "Arsenal"ni "Everton"ga almashtirdi. Biroq Teo hozir ham o'sha mashhur tezligini yo'qotgani yo'q. Uolkott o'tgan mavsumda "irislar" safida 37ta uchrashuvda maydonga tushib, gol+pas tizimida 7 bal yig'di.

Uolkott "Everton"da tezligini har doim ham namoyish etmayapti, biroq soatiga 35,7 km. tezlikda yugurishga muvaffaq bo'ldi. Teo sayyoramizning eng tezkor futbolchilari reytingini tark etgani yo'q, biroq bu yugurishlarni juda kam ko'ryapmiz.


4.Inyaki Uilyams ("Atletik") - 35,71 km/soat

"Atletik"ning 25 yoshli vingeri so'nggi mavsum LaLigada o'z jamoasining eng yaxshi to'purari bo'ldi. Inyaki Uilyams 38ta o'yinda 13ta gol urdi va 4ta golli pas berdi. Asli kelib chiqishi Ganadan bo'lgan ispaniyalik hujumlarda tezligidan foydalanishni juda yaxshi ko'radi. Uilyams tezligini oshirayotganda uni faqat qoidabuzarlik bilan to'xtatib qolish mumkin.

So'nggi mavsum Inyaki uchun omadli yakunlandi. Futbolchining Transfermark saytidagi narxi 30 mln. evrodan 50 mln. evroga etdi. "Atletik" rahbariyati esa Inyaki bilan shartnomani uzaytirib, uning tovon pulini 108 mln. evro etib belgiladi.


2-3. Orlando Berrio ("Flamengo") - 36 km/soat

O'ng qanot vingeri sifatida harakat qiladigan 28 yoshli kolumbiyalik o'z qitasining eng tezkor futbolchisi hisoblanadi. Berrio bir necha mavsum oldian tezligini 35,4 km/soatga etkazgan, Braziliya chempionatining o'tgan mavsumida esa yanada yaxshi natija qayd etdi (36 km/soat).

Qiziq, Berrio "Flamengo"ning muhim futbolchilaridan biri emas. Murabbiylar shtabi Orlandoni zaxiradan maydonga tushirib, undan rotaciya o'yinchisi sifatida foydalanadi. Vinger o'zining ajoyib tezligi bilan o'yin natijasini o'zgartirishga qodir. Bazida u to'p uchun kurashda raqiblarini bir necha metr ortda qoldirib ketadi. Biroq Kolumbiya terma jamoasida "chopag'on"dan ko'p foydalanishmaydi, u milliy jamoada bor-yo'g'i 4ta uchrashuv o'tkazgan.


2-3. Kilian Mbappe (PSJ) - 36 km/soat

Mbappe ko'p qirrali futbolchi. Hujumchi pozicion hujumlarda juda yaxshi harakat qiladi, shu bilan birga unda portlovchi tezlik mavjud. Ko'pchilikning fikricha, aynan Mbappe "Ronaldu va Messi erasi"dan so'ng "Oltin to'p" uchun asosiy davogar bo'ladi. Franciyalik forvard o'sishda davom etishni istasa PSJ va Franciyani tark etib, raqobat kuchliroq bo'lgan chempionatga o'tishi kerak.

Mbappe Franciya chempionatining 29ta uchrashuvida 33ta gol urib, 7ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi. Kilian o'zining tezligi bilan raqiblarini osonlik bilan ortda qoldirayotgani tufayli uni 2-3 himoyachi qo'riqlay boshladi. Franciyada Mbappe raqiblari hujumchini hozircha to'xtata olisholmayapti.


1. Garet Beyl ("Real") - 36,9 km/soat

Bir paytlar dunyoning eng qimmat futbolchisi bo'lgan Beyl endi "Real"ga ortiqchalik qilmoqda. Beyl va Zidan o'rtasida sodir bo'lgan voqealar umuman boshqa material mavzusi, ammo aynan shu munosabatlar tufayli uelslik "qaymoqranglilar" safida etarli darajada o'yin amaliyotiga umid qila olmaydi. Hozircha transfer oynasi yopilgani yo'q va so'nggi bir hafta ichida hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Beylning "Czyansu Sunin"ga o'tishi Florentino Peres tufayli so'nggi soniyalarda bekor bo'ldi.

Ayni damda 30 yoshli Garet sayyoramizning eng tezkor futbolchisi hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda u soatiga 36,9 km. tezlikda harakatlana oldi! Beyl Angliyada o'ynagan kezlari bu sifatini tez-tez namoyish etib turardi. Hamma "Tottenxem" - "Inter" uchrashuvini yaxshi eslasa kerak.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика