Futboldagi eng mashhur aviahalokatlar: “Paxtakor”, "Torino", “Manchester Yunayted”, “SHapekoense” va boshqalar
10 avg 2020 12:46
Yangiliklar
Futboldagi eng mashhur aviahalokatlar: “Paxtakor”, "Torino", “Manchester Yunayted”, “SHapekoense” va boshqalar
Ko'pchilik jamoaning taniqli bo'lishi uchun bir nechta qiyinchilik va sinovlardan o'tishlari kerak: mamlakat chempionligi yoki kubogi, qita yoki jahon chempionligi, jamoaning futbolchisi dunyo yulduziga aylanishi kerak yoki "Feyr Pley" mukofotiga sazovor bo'lish lozim. Ammo bugun bu haqda emas. Bugun biz sizga, hech qachon o'z xohishiga ko'ra mashhur bo'lishnishni istamagan yo'l, yani samolyot halokati tufayli mashhur bo'lishni istamagan jamoalar haqida yozamiz. Afsuski, aviahalokatga uchragan jamoalarning ro'yxati juda ko'p, ammo biz sizga eng mashhurlari haqida aytib beramiz...
“Torino" FK 1949 yil 4 may
1940-yillar Torino futbol klubi Italiya chempionatining super klubi edi. 1946-48 yillarda ketma-ket uch marotaba mamlakat chempionatining oltin medallarini qo'lga kiritgan jamoaning sardori Valentino Maccola (Sandro Maccolaning otasi) edi.
1949 yil 3 mayda Lissabonda "Torino" va "Benfika" o'rtasida o'yin bo'lib o'tdi, unda Italiya jamoasi Portugaliya klubiga 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Bahsning ertasiga "Torino" Lissabondan uch dvigatelli Fiat G.212CP samolyotida uchdi. Bortda samolyotning 4 ekipaj azosidan tashqari "Torino"ning 18 o'yinchisi, bir nechta klub rahbarlari va jurnalistlar (jami 31 kishi) bo'lgan.
Samolyot Barselonada yonilg'i quyish uchun oraliq to'xtadi va u erda “Torino” futbolchilari “Milan”dagi raqib do'stlari bilan uchrashishdi. “Milan” Madridga parvoz qilishdi. Ular “Torino” jamoasining futbolchilarini tirik ko'rgan so'nggi insonlardan edilar.
Soat 17:00 da, Turin aeroportidan taxminan 12 kilometr uzoqlikda samolyot tuman kuchaygan zonaga kirdi, bu esa uchuvchilarning osmonda yo'nalishini yo'qotishiga olib keldi. Soat 17:05 da layner Bazilika tepaligida qurilgan Superga Bazilika (Basilica di Superga)ning chap qanotiga tegdi va yuqori tezlikda erga qulab tushdi. Samolyot bortidagi barcha 31 inson halok bo'ldi. "Torino"dan bir futbolchi tirik qolgan edi - Lauro Toma. U jarohati tufayli “Benfika” bilan o'yinga uchmagan va uyda qolgandi.
Aviahalokatdan oldin Turin klubi Italiya chempionatining peshqadamlik qilayotgandi va turnir tugashiga bor yo'g'i 4 tur qolgandi. SHuning uchun halokatdan so'ng klub rahbariyati zaxiradan shoshilib yig'ilgan yosh futbolchilar, yoshlar va yoshlar jamoalari jamoani chempion qilish uchun bor kuchlarini sarflashdi. Natijada, ular muvaffaqiyat qozonishdi (raqiblari - "Fiorentina", "Jenoa", "Sampdoriya" va "Palermo" - hurmat belgisi sifatida "Torino"ga qarshi yoshlar tarkibini maydonga tushirishdi va "Torino" 4 o'yinning barchasida g'alaba qozondi). “Torino” klubining vafot etgan barcha 18 azosi 1949 yilda Italiya chempioni sifatida tarixga muxrlanishdi.
"Manchester Yunayted" 6 fevral 1958 yil
Bu aviahalokatning tarixi 1955 yil aprel oyida, UEFA Evropa chempionlar kubogini tasis etgan paytda boshlandi. Angliya Futbol Ligasi kotibi Alan Xardekker "Angliya futboli va umuman futbol manfaatlariga bo'lgan tashvish"ni aytib, o'sha paytdagi Angliya chempioni Londonning "CHelsi" klubini ushbu musobaqada ishtirok etishni taqiqladi. Keyingi mavsumda Angliya chempionligi "Manchester Yunayted"ga nasib etdi va jamoaning bosh murabbiyi Matt Basbi va Xarold Xardman ("Manchester Yunayted" raisi) Angliya Futbol Associaciyasi raisi Stenli Rose ko'magida Angliya Futbol Ligasining Angliya chempionini Evropa chempionlar kubogida qatnashish haqidagi taqiqni engib "Manchester Yunayted" klubini Evropa futbol turnirida o'ynagan birinchi ingliz klubiga aylantirishdi.
Ichki chempionatda ketma-ket ikkinchi marotaba Angliya chempionligiga erishgan "Manchester Yunayted" 1957/58-yillarda navbatdagi Evropa chempionlar kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Angliya chempionatidagi bahslarr shanba kunlari bo'lib o'tishi va Evropa chempionlar kubogidagi o'yinlar esa haftaning o'rtasida bo'lib o'tishi sababli klub barcha o'yinlarni davom ettirish uchun samolyot orqali qatnovlarni amalga oshirishi kerak edi, ammo o'sha paytda havo qatnovi yuqori xavfli toifaga kirgan vaqtlar edi. Bordiyu klub parvoz qilishdan bosh tortsa, Angliya chempionatidagi va Evropadagi o'yinlarning uyg'unlashuvi murakkablashadi va Alan Xardekkerning qo'rquvlari oqlanadi, Basbi esa parvozni tanladi.
Evropa chempionlar kubogining saralash bosqichida Dublinning “SHomrok Rovers” ustidan g'alaba qozonganidan so'ng birinchi turda Praganing “Dukla”sini ham mag'lub etgan "Manchester Yunayted" chorak finalga yo'l oldi. CHorak finalda Belgradning "Srvena Zvezda" 1958 yil 21 yanvar kuni Old Trafford stadionida bo'lib o'tgan birinchi o'yinda "qizil iblislar" 2:1 hisobida g'alaba qozongan “qizil iblislar”ni 5 fevral kuni Belgradda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan javob uchrashuvi kutib turar edi.
Angliya chempionatidagi o'yinlarni o'tkazib yubormaslik va shu bilan boshqa uzoq safarlarni amalga oshirmaslik uchun “Qizil iblislar” "Srvena Zvezda"ga qarshi uchrashuvga Manchesterdan Belgradga BE609 charter reysini bron qildi va uchrashuvda 3:3 hisobida durrang qayd qilgan holda, "Yunayted" yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi (umumiy hisob 5:4).
Belgraddan jo'nash "Yunayted”ning Jonni Berri pasportini yo'qotgani sababli bir soatga kechiktirildi va samolyot Belgraddan yo'lga chiqqanidan so'ng Myunxen aeroportiga qo'nib, yoqilg'i to'ldirish uchun rejalashtirilgan to'xtashni amalga oshirdi.
Myunxendan uchishga harakat qilgan samolyot uchish-qo'nish yo'lagining oxirigacha parvoz qilishga urindi, shundan so'ng uchuvchilar boshqaruvni yo'qotishdi va samolyot aeroport panjarasiga borib urilgan holda uchish-qo'nish yo'lagidan 300 metr narida joylashgan bir uyga quladi. Samolyot halokati tufayli 20 kishining, jumladan "Manchester Yunayted" ning 7 nafar futbolchisining o'limiga sabab bo'ldi. Ammo bu so'nggi o'lim emas edi, halokatdan biroz vaqt o'tib yani 21 fevral kuni kasalxonada davolanayotgan, Dankan Edvards aviahalokatda olgan jarohatlaridan so'ng vafot etdi.
Falokatdan keyin "Yunayted" faqat bir bor Angliya chempionati o'yinlarida g'alaba qozondi, shuning uchun ular chempionlik poygasidan chiqgan holda mavsumni to'qqizinchi o'rin bilan yakunlashdi. SHuningdek "Yunayted" Angliya kubogi finaliga qadar etib bordi, ammo "Bolton"ga 2:2 hisobida mag'lub bo'ldi va shu bilan bir qatorda "Old Trafford"da "Milan"ni Evropa chempionlar kubogi yarim finalida mag'lub etdi, ammo San-Siroda bo'lib o'tgan javob uchrashuvida "Milan" 4:0 hisobida g'alaba qozondi va “qizil iblislar” finaldan umidlarini uzishdi.
1957-58 mavsumda ketma-ket uchinchi marotaba Evropa chempionlar kubogini yutgan "Real" Madrid jamoasi hurmat belgisi sifatida kubokni "Manchester Yunayted"ga taqdim etishni taklif qildi (bu taklifni “Crvena Zvezda” ham qo'llab-quvvatlagan), ammo bu taklif UEFA tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi.
1958/59-yilgi mavsumda Basbi klubning bosh murabbiyi lavozimiga qaytdi va "Busby Babes"ning yangi avlodini, jumladan Jorj Best va Dennis Louni tarbiyalashni boshladi. Fojea yuz berganidan 10 yil o'tgach, 1968 yilda Yunayted final o'yinida Portugaliyaning "Benfika" klubini mag'lubiyatga uchratib, Evropa chempionlar kubogini yutdi. Samolyot halokatida omon qolganlardan ikki futbolchi Bobbi CHarlton va Bill Folks bu bahsda qatnashgan edi.
“Basbi Bolalari” “Crvena Zvezda” bilan javob uchrashuvidan oldin (halokat oldidagi so'nggi o'yin)
Daniya terma jamoasi 16 iyul 1960 yil
1960 yilda futbol bo'yicha Daniya terma jamoasi Rimdagi Olimpiya o'yinlarida yo'llanmani qo'lga kiritdi. SHu munosabat bilan Daniya terma jamoasining sakkiz nafar o'yinchisi Olimpiya terma jamoasida joy olish uchun Xenningdagi uchrashuvga uchishdi. Bu futbolchilardan uchtasi ro'yxatga oldindan tanlab olingan, beshtasi yoshlar jamoalaridan bo'lib, murabbiylar jamoasiga ijobiy taassurot qoldirish uchun so'nggi imkoniyatga tayyorlanmoqda edilar. Samolyotda parvoz etgan barcha futbolchilar havaskor hisoblanar edilar (yani ular boshqa asosiy kasbga ega), chunki Daniyada professional futbol deyarli qo'llab-quvvatlanmagan va chet el klublarida o'ynash futbolchilarni Daniya terma jamoasiga jalb qilishni taqiqlash bilan tahdid qilinar edi.
Xuddi shu o'yin uchun ikkinchi samolyot yana to'rt nafar o'yinchi yoshlar jamoasining o'yinchilari - Erik Dureborg, Xans Kristian Andersen, Bent Yorgensen va Bjarne Eklundlarni etkazib bergan edi. Bundan biroz oldin, yoshlar jamoasining azosi Dureborg jirkanch xulq-atvori tufayli reysdan chetlatilgani, bu yosh o'yinchining hayotini saqlab qolishiga sabab bo'ldi.
Aviahalokatdan so'ng Daniya futbol associaciyasi Daniya terma jamoasini Olimpiya musobaqasidan chiqarish masalasini muhokama qildi, ammo keyin bu taklif rad etildi va terma jamoa Rimga yo'l oldi hamda Olimpiya o'yinlarida faqat kuchli va nomdor Yugoslaviyaga mag'lub bo'lib, kumush medallarni qo'lga kiritishdi
“Grin Gross” 3 aprel 1961 yil
CHili davlatida 1961 yil boshida butun mamlakat bo'ylab futbolning keng tarqalishi sababli, har xil kenglikdagi klublarni o'z ichiga olgan holda, CHili Futbol Associaciyasi CHili kubogi yoki ochiq chempionatini tashkil qildi. “Grin Gross” klubi ushbu turnirning birinchi bosqichda “Ozorno” jamoasi bilan to'qnashib, birinchi bahsda 1:1 hisobi qayd etib, ikkinchi o'yinda minimal hisobda yutqazdi va natijada u turnirni tark etdi.
Bahsdan so'ng 1961 yil 3 aprelda jamoaning bir qismi Santyagoga qaytmoqchi bo'lgan samolyot Las-Animas tepaligida qulab tushdi va uning barcha ekipaj azolari - futbolchilar, murabbiylar shtabi, hakamlar va menejerlar halok bo'ldi. Ushbu aviahalokat “Yashil Xoch fojiasi” nomi bilan malum.
Fojia mamlakatni va ayniqsa futbol olamini larzaga solib, CHilida futbol olamining o'zaro kelishuvning dastlabki belgilarini keltirdi va xalqaro qo'llab-quvvatlash bilan birdamlik yordamlari amalga oshirildi.
O'sha yilgi CHili kubogi aviahalokatda vafot etgan jamoa sharafiga 1961 yil “CHili Yashil Xoch kubogi” deb nomlandi.
"Strongest" 26 sentyabr 1969 yil
1969 yil 26 sentyabr kuni o'sha vaqtlardagi eng kuchli jamoalaridan biri Boliviya chempioni “Strongest” Santa-Kruzdan La Pasga yo'lovchi samolyotida uchib ketdi.
Layner And tog'lari ustidan uchishni boshlaganda, dispetcherlar bilan radio aloqasi uzildi va bir soatdan keyin samolyot radardan g'oyib bo'ldi. Uning parchalari ofatdan keyingi kunning ertasiga kechqurun topildi va tergov komissiyasining tekshiruvlari hech qanday aniqlikli keltibi bermadi va fojianing aniq sababini aniqlashning iloji bo'lmadi. Samolyot bortida yong'in sodir bo'lishi mumkinligi va bort ichi tutun bilan to'lgani hamda uchuvchilarni favqulodda qo'nishga majbur qilganligi keyinchalik aniqlandi. Qor va tutun tufayli samolyot CHoketanga tog'iga qulab tushdi, samolyotning vayronalarini topgan konchilar hech kimni tirik topa olmagan edilar.
Fojia ortidan "Strongest" jamoasi Braziliya, CHili va Argentina futbol federaciyalaridan yordam olgach, jamoaga sobiq futbolchilari ham qo'shilishdi. Besh yildan so'ng, 1974 yilda "Strongest" Boliviya chempioni bo'ldi.
Surinam jamoasi 7 iyun 1989 yil
1989 yilning iyun oyida ajdodlarining kelib chiqishi Surinamdan bo'lgan bir guruh gollandiyalik futbolchilar Surinamdagi turnirga taklif etilishdi va u erda mahalliy jamoalarga qarshi o'ynashni rejalashtirishdi. Samolyot Amsterdamdan qo'zg'aldi va Surinam poytaxti Paramaribo aeroportiga qo'nishga ruxsat oldi.
Biroq samolyot 25 metr balandlikdan qo'nishni amalga oshirayotgan vaqtda qo'nish traektoriyasini noto'g'ri hisoblagan uchuvchining xatosi tufayli daraxtni o'ng qanoti bilan urilib erga quladi. Aviahalokatdan so'ng qora qutini ochganda samolyot kapitani Rojersning so'nggi so'zlari "Bo'ldi bu oxiri, biz o'ldik" edi.
Aviahalokat tufayli 176 kishi halok bo'ldi. Surinam jamoasidan faqatgina uch o'yinchi tirik qolgan edi - Ruud Gullit, Frank Raykaard va Aaron Vinter mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun klublarini tark etmasdan, Surinamga uchishmagan edi.
Zambiya terma jamoasi 27 aprel 1993 yil
1994 yil Jahon CHempionati saralashi doirasidagi Senegal terma jamoasi bilan bahsi uchun Zambiya terma jamoasini olib ketayotgan samolyot Dakarga uchdi va mo'ljal bo'yicha uch bor yoqilg'i quyish uchun to'xtash amalga oshirilishi kerak edi.
Mo'ljaldagi birinchi to'xtash joyi Brazzavil aeroportida jamoaning samolyotining chap dvigateli bilan bog'liq muammolar aniqlandi, ammo uchuvchi parvozni davom ettirishga qaror qildi. Ikkinchi to'xtash joyi Librevildan parvozni amalga oshirishganidan besh daqiqa o'tgach, chap dvigatel yonishni boshladi va dvigatel butunlay ishlashdan to'xtadi, samolyot suvga quladi.
Samolyotda bo'lganlarning barchasi halok bo'ldi. Ushbu halokatdan Zambiyadagi eng yaxshi futbolchi - Kalusha Bvaliya Gollandiya chempionati o'yinlariga jalb qilini sababli alohida o'zi Senegalga yo'l olgani sababli tirik qolgan edi. SHuningdek o'sha vaqtda jarohat olgan "Anderlext" o'yinchisi CHarli Musond ham halokatdan qutulib qolgandi. Aviahalokatdan o'n yil o'tgachgina, rasmiy tergov natijalari elon qilindi - falokat sababi uchuvchi xatosi edi.
"SHapekoense" 28 noyabr 2016 yil
Braziliya jamoasi Janubiy Amerika kubogi finalining "Atletiko Nasional" bilan birinchi uchrashuviga yo'l olayotgan edi. Bortida 9 ekipaj azosi va 68 yo'lovchi bo'lgan samolyot tog'ga qulab tushdi va falokat sababi aviaciya yoqilg'isining etishmasligi aniqlandi. Bundan tashqari, avariyadan oldin parvoz uchuvchilari elektr jihozlarining nosozligi haqida xabar berishgan, ammo aviakompaniya rahbariyati tomondan bu etibor berilmagani qayd etildi.
Aslida, “SHapekoense” jamoasi ushbu samolyotda uchmaslik va San-Pauludan ketishni talab qildi, ammo transport xarajatlari haqida eshitib, klub rahbariyati bu imkoniyatdan voz kechdi va arzon tanlovni tanladi. Aviahalokatdan olti kishi omon qoldi: ikki ekipaj azosi, bir jurnalist va uch futbolchi - darvozabon Jekson Folman, himoyachilar Alan Rushel va Elio Neto. “SHapekoense”ning yana bir darvozaboni Danilo falokatdan so'ng shifoxonada vafot etdi.
Omon qolgan uch kishidan faqatgina Alan Rushel maydonga qaytdi va bugungi kunda jamoa sardori sifatida maydonga tushmoqda. Elio Neto 2019 –yilga qadar jarohatini tikladi, jarohatidan so'ng muqim “SHapekoense” jamoasida sardorlik vazifasida asosiy tarkibiga kiritildi, ammo 2019 yil so'ngida futbolchilik faoliyatini tugatgani haqida malum qildi. Jekson Folman aviahalokatdan so'ng oyog'i kesilgani tufayli(amputaciya) futbolchilik faoliyatini tugatdi. Ammo, 2017 yilning dekabr oyi oxirida 25 yoshli darvozabon Braziliya terma jamoasi murabbiyi Tite va "Korintians" murabbiyi Fabio Karilaning do'stlari o'rtasida xayriya o'yinida ishtirok etdi. Folman ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi va gol urdi.
2016 yil 29 noyabrda Braziliya davlati Prezidenti Mishel Temer samolyot halokati munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam(traur) elon qildi.
“SHapekoense”ga qarshi o'ynashi kerak bo'lgan "Atletiko Nasional" klubi Janubiy Amerika futbol Konfederaciyasiga (KONMEBOL) “SHapekoense”ni Janubiy Amerika kubogi g'olibi deb elon qilishga taklif qildi. 2016-yil 5 dekabrda ushbu taklif qabul qilindi.
"Paxtakor" 11 avgust 1979 yil
1979 yil 11 avgust kuni Ukraina SSR Dnepropetrovsk viloyatida joylashgan Kamenskoe (keyinchalik - Dneprodzerjinsk) shahri osmonida "Aeroflot" aviakompaniyasining ikkita Tu-134 samolyoti to'qnashdi. Toshkent - Minsk yo'nalishidagi laynerda o'sha paytda SSSR chempionati Oliy ligasida o'ynayotgan o'zbek "Paxtakor" klubining 14 nafar futbolchisi, shuningdek, jamoa murabbiyi, shifokori va jamoa mamuri bor edi. Ikkala samolyot ekipaj azolaridan hech biri tirik qolmadi. Jamoa mahalliy “Dinamo” bilan o'yin uchun Toshkentdan Minskka yo'l olgan edi.
Keyinchalik malum bo'lishicha, o'yinchilar bilan birga bo'lgan samolyot to'qnashuvda bitta qanotini yo'qotib, Moldova tomonining old tomoniga deyarli to'g'ri burchak ostida qulab tushgan. Tasir natijasida ikkala transport vositasi ham orqaga o'girilib, tartibsiz harakatga kirishdi va so'nggi daqiqagacha uchuvchilar vaziyatni to'g'irlashga va samolyotni favqulodda qo'nishga olib borishga harakat qilishdi, ammo 4 ming metr balandlikda ular boshqaruvni yo'qotishdi. Minskka uchayotgan Tu-134 sho'ng'ishga tushib, yo'lovchilar va ekipaj azolarining hech biriga tirik qolish imkoniyatini qoldirmadi. Xuddi shunday taqdir Kishinyovga uchayotgan laynerda ham sodir bo'ldi.
Rasmiy xulosaga ko'ra, to'qnashuvning sababi ikkita transport vositasining traektoriyalarini noto'g'ri hisoblash, shuningdek, radio shovqinlari natijasida kelib chiqqan boshqaruv nazoratchilari(dispetcher) va uchuvchilar o'rtasida tushunmovchilik bo'lgan.
11 avgust kuni "Paxtakor" futbolchilari - Ravil Agishev, Mixail An, Olim Ashirov, Sirojiddin Bazarov, Konstantin Bakanov, Yuriy Zagumenniyx, SHuxrat Ishbutaev, Aleksandr Korchenov, Nikolay Kulikov, Vladimir Makarov, Sergey Pokatilov, Vladimir Sabirov, Vladimir Fedorov va Viktor CHurkin - shuningdek, murabbiy Idgay Tazetdinov, mamur Mansur Tolibjonov va jamoa shifokori Vladimir CHumakov milliy chempionatning 19-tur uchrashuvi mahalliy "Dinamo" bilan bo'lib o'tadigan Minskka uchishdi. O'sha vaqtlarda "Paxtakor" kuchli jamoalardan biri hisoblanib yosh va istiqbolli o'yinchilar borligi, ularning bazilari SSSR terma jamoasiga qo'shilishlari muxlislarga tarixdagi birinchi chempionlikni umid qilishayotgandi.
Halok bo'lgan futbolchilarning deyarli barchasi Toshkentda dafn etilgan. Deyarli butun shahar 17 avgust kuni vidolashuv marosimiga yig'ildi.
O'sha mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan himoyachi Anatoliy Mogilniy va darvozabon Anatoliy Yanovskiy va jamoa murabbiyi Bazilevich 11 avgust kungi reysda uchmasdan halokatdan qaysidir manoda qutilib qolishgan edi. Aynan ular yangi "Paxtakor" ning qurilishini boshlashlari kerak edi.
Halokatdan so'ng chempionatning bir qator etakchi jamoalari o'z o'yinchilarini Toshkentga topshirishga qaror qilishdi. "Spartak" dan Valeriy Glushakov, “CSKA”dan Mixail Bondarev, Moskvaning "Dinamo" jamoasidan Andrey Yakubik "Paxtakor"ga kelishdi. Bazilevich chempionatning boshqa klub rahbariyati bilan barcha rasmiyatchiliklarni hal qilish uchun shaxsan uchrashdi va 23 avgust kuni yangi tarkib bilan "Paxtakor" Erevanning "Ararat" bilan uchrashuvga kirishdi. Ammo Oleg Bazilevich yangi mavsumda jamoada qolmadi, chunki uning fikrib bo'yicha "Men “CSKA”da chempionatda o'ynashni o'ylardim", ammo “CSKA”da hech qanday chempionlikka ega bo'lmadi.
SSSR chempionati rahbariyati ham halokatga uchragan jamoani qo'llab quvvatlash uchun "Paxtakor" uch mavsum asosiy Ligadan qaysi o'rinni qayd etishidan qatiy nazar, chetlatilishdan himoyaladi.
1979 yilgi mavsumda Toshkent jamoasi to'qqizinchi o'rinni egalladi, ammo keyin vaziyat yaxshi tomonga qarab yurmadi va jamoa butun kuchlarini elitada qolishga sarflashlari kerak bo'ldi.
1981 yilgi mavsumda "Paxtakor" turnir jadvalining so'nggi pog'onasida egalladi va aynan o'sha paytda ular yuqori divizionda joyni saqlab qolish to'g'risidagi qoidaga ko'ra, jamoa yuqori divizionda o'z o'rnini saqlab qoldi. Kelasi mavsum jamoa oltinchi pog'onani egalladi va Andrey Yakubik milliy chempionatning eng yaxshi to'purari unvonini oldi. Ushbu natija jamoaning SSSR chempionatining qolgan 12 yilidagi eng katta yutug'i bo'ldi.
Dneprodzerjinskda samolyot qulagan kundan boshlab "Paxtakor" jamoasi azolari va muxlislarining bir necha avlodlari o'zgardi. Sovet Ittifoqidan keyingi davrda jamoa 12 marotaba O'zbekiston chempioni bo'ldi va Osiyo CHempionlar Ligasining yarim finaliga qadar etib bordi, MDH chempionlar kubogi g'olibi va Hindiston futbol uyushmalari kubogini yutdi. Ammo "Paxtakor"ni hali hamon 1979 yilda aviahalokatga uchragan jamoa bilan eslashadi.
Zuhriddin SHodixo'jaev tayyorladi
Fikrlar