So’nggi yangiliklar

21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  76 21:33Ўзбекистон U-23 Осиё кубоги ярим финалида Индонезияга қарши баҳс олиб боради (турнир сеткаси)  10 21:14U23 Осиё кубоги. ҒАЛАБА! Ўзбекистон қийин кечган ўйинда Саудия Арабистонини мағлуб этиб ярим финалга чиқди! Олимпиадага бир қадам қолди  402 20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  1 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  3 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  17 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  8 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  37 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  10 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11

Futboldagi birinchi muhabbati bilan yuzlashgan Babayan va "Nasaf"da chempionlik ruhi yo'qligini isbotlagan turning batafsil tahlili Yangiliklar

Futboldagi birinchi muhabbati bilan yuzlashgan Babayan va "Nasaf"da chempionlik ruhi yo'qligini isbotlagan turning batafsil tahlili

Superligada nihoyat uzoq kuttirgan ikkinchi davra o'yinlari allaqachon boshlanib, 14-tur yakunlanganiga ham 2 kun to'ldi.

Keling, o'tgan o'yinlarda qaysi jamoalar tanaffusdan qanday chiqqani va kim nimaga qodirligi haqida gapiramiz.

CHempion "Paxtakor" bir qarashda autsayder "Dinamo"ni qabul qildi, lekin o'yin taraflama chempionlik va jon saqlash uchun kurashadigan jamoalar futboliga ko'p ham o'xshagani yo'q. Buning ikkita sababi bor: biri "Paxtakor"da murabbiy hamda tarkib o'zgardi va tabiiyki o'yinni yo'lga tushirish uchun vaqt kerak. Ikkinchi sababi shuki, bu chempionatda o'yin sifat darajasi tushib ketgan va jamoalar o'zaro deyarli yaqin saviyada futbol ko'rsatishmoqda. Faqat "Dinamo" himoyaviy uslubda, "Paxtakor" esa hujumkor ruhdagi futbolni tanlagani jamoalar o'rtasidagi farqni yuzaga chiqardi. Vaholanki SHipilov yig'gan tarkib bilan bunday uslubda futbol o'ynash uvol. O'yin kurashlarga boy va qiziqarli o'tdi. Agarda "Dinamo" shu kuni ochiqroq futbolni tanlaganida, ehtimol jamoa Toshkentdan quruq qo'l bilan qaytmasligi ham mumkin edi. SHunchaki SHipilov "Metallurg"dagi "bey begi" uslubini "Dinamo"da ham qo'llamoqchi va individual mahoratli futbolchilarni jamlagan jamoaga bu usul yoqmasligi haqiqatga yaqin. SHackixning debyutiga keskin baho berishga erta. Lekin bir narsa malumki, jamoa yaxshi himoya chizig'ini chizishga juda qiynalmoqda. "Dinamo" bilan o'yinda himoya markazida o'ynagan Hamrobekov va Martinovich juftligi autsayder fonida juda "qashshoqdek" ko'rindi. Boshqa hujumkor jamoalar bilan o'yinda nimalar ruy berishi mumkinligini tasavvur qilavering.


Jizzaxdagi o'yinda Ulug'bek Baqoev o'z odatiga muvofiq shunchaki maydonda kurashib, raqibni futbol o'ynatmay taslim qilishga majbur qiladigan xarakterli jamoaga aylanib ulgurgan. Baqoev allaqachon davri o'tdi deya tariflangan jangovor ruhidagi qariya futbolchilarni yig'ib, ular bilan Superligada yugurmasdan, piyoda futbol o'ynab, raqiblarni oson yutmoqda. "Bunyodkor" Jizzaxda butkul chorasiz jamoa sifatida esda qoldi. Umuman olganda, Maqsudov ketgach jamoa o'yinida mazmun bilan mano ham qo'shilib ketgandek. Har o'yinda tarkib muntazam o'zgarib borishidan sezish mumkinki, Karpenko nafaqat o'yinni yo'lga qo'ya olmay bezovta, balki tarkib tanlashda doim qarorini o'zgartirish bilan ovora. Karpenko boshliq "Bunyodkor" joriy mavsum tarixdagi eng yomon natijani qayd etishga taraddud ko'rayotgan jamoaga o'xshamoqda. "So'g'diyona" esa juda oddiy yo'lni tanlagan, futbolchilar askarlar kabi Baqoevning aniq chizilgan strategik ko'rsatmasiga muvofiq harakatlanadi va bu natijaga eltadi. Hammasi oddiy va "So'g'diyona" uchun oson yumushga aylanayotgan ishga o'xshaydi.


Superligada joriy mavsum "boshponasiz" jamoaga aylangan "Surxon" "Olimpik"ni Olmaliqda mehmon qildi. Bu o'yinda g'ayri oddiy hech narsa ruy bermadi. "Surxon" darvozabonining malakasizligi jamoani juda qiyin ahvolga qoldirgan bo'lsa, Kamron Saydazimovning chetlatilishi "Surxon"ni butkul sindirdi. "Olimpik" esa bunday holatlarni kechiradigan yoshga to'lmagan hali. Bu jamoaning ko'zi och. "Surxon"da darvozabonlar bilan muammo shu qadar kattaligidan, hisob ham o'sha muammoni asl holatini ko'rsatib berdi: 5-0.


Qarshida esa eng barqaror, barchasi tizimli qilib yo'lga qo'yilgan tartibli "Nasaf" jamoasi bilan eng mashmasha va ishlash eng qiyish jamoa bo'lgan "Navbahor" o'zaro yuzlashdi. "Nasaf" doim sovrinli o'rinlarga o'rgangan va vazifani hech ham maksimallashtirmay yaxshi natija qayd etuvchi barqaror jamoa sifatida shakllangan. Natija borasida ham va murabbiyga ishlash uchun sharoit yaratib berishda ham namunali klub. "Navbahor" esa aksincha, eng muammoli va murabbiy bir mavsum ishlashi ham qiyin bo'lgan jamoa.

Qizig'i, Babayan kelib eng mashmashali klubni, tartibsiz "Navbahor"ni birinchi mavsumdayoq tartibli, chempionlik uchun nafaqat kurashadigan, balki mavsum davomida chempionlarga xos o'yinlarni yutib ketadigan jamoaga aylantirganini Qarshidagi o'yinda yaqqol guvohi bo'ldik. "Nasaf" esa aksincha, shunday barqarorlik va murabbiy qo'lidagi hozirgi kundagi eng zo'r tanlov bilan ham bu yil yana chempionlikka kurashadigan salohiyatga ega emasligi katta o'yinlarda ko'rinib qolmoqda.

"Navbahor"ga qarshi Qarshidagi o'yinda bu yaqqol sezildi. "Nasaf" hali ham chempionlik ruhi yo'q jamoa, balki yosh jihatdan ko'proq "simpatiya" sabab, keragidan ortiq etiroflanadigan jamoaga o'xshadi xolos. Bu gaplar shunchaki quruq safsata bo'lmasligi uchun faktlarni qo'shib ketishni lozim topdim: Namanganda "Navbahor" bilan o'yinda jamoa hech narsa qila olmagan va durang o'ynagandi. Qarshida "Paxtakor" bilan nursiz durang. Qarshida to'g'ridan-to'g'ri raqibi "Navbahor" bilan shhyinda ikkinchi jamoaga aylanib qoldi va mag'lubiyatga uchradi. Berdiev boshliq "Nasaf" joriy mavsum chempionlik uchun kurashdagi oltilik jamoalaridan faqatgina Qarshida "Qizilqum"ni yutdi xolos. Xulosani esa "Nasaf" rahbariyati va jamoa muxlislariga qoldiramiz. Babayan va "Navbahor" haqida nima ham derdik, hayotda inson juda kamdan-kam holatlarda o'zining birinchi muhabbatiga erishadi. Babayan futboldagi ilk muhabbati - "Navbahor"ga qaytdi. Ular hozirda baxtli.

"Navbahor" nihoyat amalda ham rostmana chempionlik kurashiga qo'shilgan jamoaga aylandi. Bunda Babayanning murabbiylik salohiyati va eng avvalo uddaburon selekcioner ekani ham juda katta rol o'ynamoqda. Futbolda "chempionlik uchun kurashadigan jamoani qisqa fursatda qurib bo'lmaydi", degan gaplarni ham Babayan yo'qqa chiqarishi ham mumkin. Darhaqiqat, zamonaviy futbolda to'g'ri selekciya muvaffaqiyat kalitiga aylanib bormoqda.


Vodiyning ikki bosh murabbiyi o'zgargan jamoalari o'rtasidagi Farg'ona derbisi shu qadar gollarga boy bo'ldiki, faqatgina hisobni eshitgan ishqiboz beixtiyor jamoalar darvozabonlarsiz o'ynadimi, deb yuborishi mumkin. O'yindagi gollarga qarab esa, bu fikrni o'yinni tomosha qilib ham aytsa bo'lishiga amin bo'lasiz. Levchenko va Fayzievning ishiga derbidagi o'yin orqali baho berish mushkullik yaratadi. Har ikki jamoa malum vaqtlarda yaxshi sifatdagi futbolni namoyish etishdi va aksincha, har ikkala jamoada ham o'yinning malum vaqtlarida parokandalik ham yuzaga keldi. Darvozabonning qo'pol xatosi yoki himoyachilarning yosh bolalarcha qilgan xatolari yakunda derbini gollar bilan bezab berdi. Lekin amalda bu xatolar o'yin sifatini faqat va faqat yaralagani qoldi xolos. Gollar soni muxlislarga qiziqarli o'yinni ko'rishganidek taassurot qoldirishi mumkin, ammo gap sonda emas, sifatda ekanini ham unutmagan maqul. Bu o'yindan kelib chiqib ikkala murabbiyga baho berishga erta. Xulosani keyinroqqa qoldirgan maqul. Hozircha shunisi haqiqatga yaqinki, ikki jamoa ham Superligada qolish uchun oxirigacha kurashadi.


Olmaliqda bayram ostida o'tgan Toshkent viloyati derbisida hech narsa o'zgarmadi: Yana o'sha derbi, yana qizil kartochka, yana Sardor Rahmonov jamoani qiyin holatda qoldirishi va yana "Metallurg" AGMKni mag'lub etdi. Deyarli har yili shu holat bazi kichik o'zgarishlar bilan takrorlanmoqda. Qosimov AGMKdagi faoliyati davomida "Metallurg" bilan juda qiynalib qolmoqda. CHempionlik uchun kurashni qizitib berishini kutganimiz AGMK xattoki medallar uchun ham kurashdan chiqib ketishi mumkin. Zaxirasi eng uzun bo'lgan jamoa bunday qoqilishlardan keyin mavsumni o'rtada tugatish ehtimoli yo'q emas. Qosimovning yozgi transfer kampaniyasi legionerlar kelgani evaziga yomonga o'xshamagandek tuyulgandi. Lekin mahalliy futbolchilardan kelganlarning qaysi biri avvalgi jamoasida kattaroq masalalarni echgani haqidagi savol AGMKdagilar uchun ham katta jumboqqa o'xshaydi. Avvalgi yillarda AGMKda chempionlik ruhi bo'lmasada, jamoada xarakter shakllangandi va xattoki bir kishi kam bo'lib qolgan o'yinlarni ham qutqarib ketgan pallalarni ko'rganmiz. Bu yilgi jamoa bir qarashda yomon emas. O'yin tashkillashtirishiga ham ortiqcha savollar yo'q. Jamoa hammasini to'g'ri qilayotgandek. Ammo jamoadagi futbolchilarning mahorat darajasi AGMK ko'zlagan ambiciyalarga qanchalik mos tushadi yoki yo'q, bu ham klubdagilarga yo'llanadigan savollarimizdan biri. Olmaliq jamoasi selekciya masalasi jiddiy bosh qotiradigan mavzu. AGMK ko'plab yaxshi darajada o'tkazgan o'yinlarini yutmagan uchrashuvlari soni yana bittaga ko'paydi. Xulosaga shoshmay turamiz. Endilikda AGMK uchun qolgan barcha o'yinlar deyarli finalga teng darajada bo'ladi. CHunki olmaliqliklar chempionlik uchun kurashda bo'lgan oltilikdagi eng kam ochko jamg'argan jamoaga aylandi va peshqadam bilan o'rtadagi farqni yanada kattalashtirdi - 7 ochko.

Bu jiddiy signal. Aniqki AGMK kuchli oltilikdagi eng kuchsiz jamoa emas. Lekin jamg'arilgan ochkolar buni aksini ko'rsatib, nomutanosiblik xosil qilmoqda.


Kuchli oltilikdagi ochko jamg'arishda eng kuchsiz jamoa bo'lmagan, lekin o'yin taraflama eng kuchsizga o'xshayotgan "Qizilqum"ning holati garchi AGMKnikidan yaxshiroqqa o'xshasada, jamoa "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nafaqat chempionlik, balki medallar uchun ham kurashdan chiqqandek taassurot qoldirdi. Birinchi davradan keyin tarkiban ham kuchsizlangan "Qizilqum"ning ko'plab nuqtalarida poziciyasiga begona bo'lgan futbolchilar o'ynayotgani murabbiy asosiy 11talikni ham yo'qotib qo'yganini bildiradi. Korostichenko boshliq "Lokomotiv" sobiq "temiryo'lchilar"dan tashkil topgan jamoani yutishga ortiqcha qiynalmadi. "Lokomotiv" bu g'alabadan keyin xavfli hududdagi xavfdan sal naridi.


Ikkinchi davra qiziq o'yinlar bilan boshlandi. Faqat kuchli oltilikda o'rtadagi farq kattalashayotgani biroz dilni xira qilmoqda. Masalan, ushbu turdayoq kuchli oltilikdagi uch jamoa: "Nasaf", AGMK va "Qizilqum" mag'lubiyatga uchradi. Qolgan uchtalik esa g'alabani tantana qildi. Lekin o'yinlardagi intriga va kurashuvchanlik oshganini takidlash lozim. SHuningdek, bu uzoq tanaffusdan keyingi ilk o'yin bo'lganini ham unutmaymiz. Xullas, yuqori intriga ostida davom etishini kutayotganimiz Superliganing har bir turi bizni futbol jozibalari bilan quvontirishiga umid qilamiz.

Hozircha esa chempionlik yo'lida katta qadam tashlayotgan "Navbahor"ga "Paxtakor" va "So'g'diyona" jiddiy qarshilik qilishi mumkindek. Qolgan esa hozircha o'z muammolari girdobida uralashib qolishgan.  Superligada jon saqlab qolishdagi kurash ham chempionlikdagi intrigadan qolishmaydi. 


"Mundial ismli sobiq futbolchi"

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика