So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  60 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

Futboldagi 10-raqam nima sababdan mashhur? Yangiliklar

Futboldagi 10-raqam nima sababdan mashhur?

Futbolda 10-raqam muhim ahamiyatga ega va qadrli hisoblanadi. Bu afsonaviy futbolchilar uchun alohida ahamiyatga ega.

Davrlar davomida 10-raqam sportga sezilarli darajada tasir o'tkazdi va unutilmas lahzalar bilan yodda qoldi. 

10-raqam, odatda, pleymeyker yoki hujumkor yarim himoyachiga beriladi. Ular hujumortida katta vazifani bajaradi, golli vaziyatlar yaratish va jamoaning hujumkor strategiyasini boshqarish uchun javobgar sanaladi. Qolaversa, ushbu raqam egalarida ijodkorlik mahorati yuqori bo'ladi.

Tarix davomida ushbu raqamdagi liboslarni eng taniqli va iqtidorli futbolchilar kiyishgan.

Pele, Maradona, Messi kabi afsonaviy futbolchilar ushbu raqam ostida mashhurlikka erishdilar. Ular o'zlarining hayratlanarli qobiliyati va muvaffaqiyati bilan muxlislarni o'ziga rom etib, 10-raqamli libosni buyuklik ramziga aylantirdi.

Dunyo bo'ylab ko'pgina yosh futbolchilar ushbu raqamli libosda to'p tepishni orzu qilishadi.

Ilgari o'yinchilarga faqat 1 dan 11 gacha raqamlar berilgan bo'lsa, hozirda o'yinchilar istagan raqamini tanlash imkoniyatiga ega.

Futbolda raqamlangan liboslardan foydalanish 1911 yil Avstraliyaning "Sidney Lichardt" va "HMS Poverful" jamoalaridan boshlangan.

Ushbu amaliyot afzallik yaratdi va boshqa mamlakatlarda ham tarqala boshladi. Jumladan, bir yil o'tgach, Uelsda ushbu usul qo'llandi. Janubiy Amerikada Argentina raqamlangan liboslardan foydalanishga o'tgan ilk mamlakatlardan edi.

AQSHda raqamli liboslar ostida futbolchilar ilk bor 1924 yilning 30 martida maydonga chiqishgan.

Qizig'i shundaki, futbol mamlakati Angliyada faqatgina 1928 yil raqamli liboslardan foydalanila boshlangan.

10-raqamli libos boshqa raqamlarga qaraganda o'ziga xos tarixga ega emas. O'tmishda raqamlar maydonda aniq poziciyalarni aniqlash uchun ishlatilgan. Har bir poziciyadan 1 dan 11 gacha raqamlar qo'llanilgan, bu esa o'yinchining maydondagi o'rni va joylashuvini aniqlashga yordam bergan.

Masalan, 1-raqam ananaviy tarzda darvozabonga berilgan, 9-raqam esa markaziy hujumchini ifodalagan. Raqamlashtirish tizimi jamoani muvofiqlashtirish va maydonda o'zaro bog'liqlik o'rnatishga yordam bergan.

O'tmishga yana bir nazar solib, qaysi raqamdagi o'yinchi qaysi poziciyada o'ynaganini ko'zdan kechiramiz.

Darvozabon — 1

O'ng qanot himoyachisi — 2

Markaziy himoyachi — 3

CHap qanot himoyachisi — 4

O'ng qanot yarim himoyachisi — 5

Markaziy yarim himoyachi — 6

Tayanch yarim himoyachisi — 6

CHap qanot yarim himoyachisi — 7

O'ng qanot hujumchisi — 8

Markaziy hujumchi — 9

CHap qanot hujumchisi — 10-11

Hujumkor yarim himoyachi — 10

Zaxira o'yinchilari — 12-99

Futbolda raqamlangan formalarning joriy etilishi sportga jiddiy tasir o'tkazgan bir qator afzalliklarni keltirdi. 

Raqamlar murabbiylar uchun taktikani o'z o'yinchilariga aniqroq tushuntirishi uchun foydali vosita bo'ldi. Futbolchilar esa raqamlariga qarab o'zi va jamoadoshining qaysi poziciyada joylashishini osongina aniqlagan. Qolaversa, bu "millionlar o'yini" ishqibozlariga ham tasir o'tkazdi. Ular raqamlarga alohida etibor qarata boshladi.

Ilgari raqamli liboslar qatiy tizimga amal qilgan holda berilardi. Masalan, biror futbolchi qaysidir o'yinda hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynasa 10-raqam, keyingi o'yinda oldingi chiziqda harakat qilsa, 8-raqamli kiyim kiygan. Keyinchalik ko'p narsa o'zgardi. Endilikda raqamlar poziciyalar bilan emas, individual o'yinchilar bilan chambarchas bog'liq. Mavsum boshida raqamga ega bo'lgan futbolchi unga o'zi egalik qilish huquqini qo'lga kiritdi.

10-raqamda porlagan yulduzlar talaygina: Messi, Pele, Maradona, Zidan, Ronaldino, Bergkamp, Platini, Totti, Rikelme, O'zil va boshqalar...

Ushbu raqam yoniga 7 va 9 raqamini ham buyuk sifatida qo'shib qo'yishimiz mumkin. Bu haqda ham hikoya qilishga harakat qilamiz.

O'zbek futboliga begona bo'lmagan 10-raqamli futbolchilardan kimlarni taniysiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика