Futbolchilardan biri "Bavariya" sirini "sotdi"
25 noy 2013 11:30
Yangiliklar


Futbolchilardan biri "Bavariya" sirini "sotdi"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola alohida takidladi: men bu muammoni etiborsiz qoldirmoqchimasman.
Germaniya chempionati 13-turida "Borussiya D"ga qarshi o'yindan avval nemis nashri "Bild"da myunxenliklarning bo'lajak o'yinga rejalari va uchrashuvda qanday taktika asosida xarakat qilishmoqchiliklari haqida batafsil malumot paydo bo'ldi. Nashrda bir necha bora, ushbu taktik malumotlar jamoa o'yinchilarining biridan olinganligini etirof etilgan.
– Buni kim qilganligining menga umuman ahamiyati yo'q, – Gvardiola so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca. – Men bu futbolchining jamoda qolishini istamayman. U "Bavariya"dan ketadi. Bu ish – sotqinlikdan boshqa narsa emas.

Fikrlar