So’nggi yangiliklar

22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  4 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1 22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0 22:26СПЛ. Роналдусиз "Ал Насср" "Ал Файҳа"ни мағлуб қилди. Садио Манедан дубль  0 21:40Ўқинг, қизиқ! Максим Саррафнинг онаси ПФЛдан миннатдорлигини билдирди  6 21:40"Сирдарё ФА" бош мураббийи: "Кубок ўйинлари биз учун тажриба мактаби бўлаяпти"  1 21:25"Дўстлик" бош мураббийи Шуҳрат Қурбонов: "Ўзгаришларсиз футбол бўлмайди"  0 21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  8 20:44Муҳсин Низомиддинов: «Ҳар икки жамоани ажойиб ўйин билан табриклайман»  0 20:32Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон иккинчи турда Ироқни мағлуб этди  7 20:30Максим Шацких: "Захирада деярли ёш болалар ўтиришди"  6 20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  1 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  22 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  8 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1

Futbolchilar videosi kimning zakazi edi? Umid Ahmadjonov bilan suhbat Yangiliklar

Futbolchilar videosi kimning zakazi edi? Umid Ahmadjonov bilan suhbat

Hammaga Evropadan salom. Kechagi prikol videoni ko'rib, MOQ rahbarining telegramini bezovta qildim.

CHunki yaqin orada bunaqasi bilan to'qnash kelmagandim. Quyida suhbatni boricha keltiraman. Ovozli qilib jo'natilgan joylarini esa o'zim to'g'rilab chiqdim.

— Xayrli kun, Umid Mahamadjanovich! Jakartada charchash yo'qmi?

— Salom! CHarchashga vaqt yo'q desa to'g'riroq bo'ladi (kuladi).

— Futbolchilarga nima bo'ldi? CHempion bo'ladi, deb kutgandik...

— Biz ham bunga katta umid bog'lagandik. O'yinni ko'rgan bo'lsangiz kerak, nasib qilmadi. Hamma birdek harakat qildi. Endi sportning boshqa turlarida oltin medallar yo'lida kurash olib boryapmiz.

— Bilishimizcha, futbolchilarning natijasi rahbariyatga yoqmagan ekan...

— Buni kim aytdi? Agar futbolchilar umuman harakat qilmay, raqibni shunchaki o'tkazib yuborganlarida fikringizga qisman qo'shilishim mumkin edi. Axir ular maydonda jonlarini berib o'ynashdi. Bizga eng keragi ham aslida shu.


— Bunday deyayotganimning sababi — kecha hamma joyda tarqalib ketgan Ravshan Haydarov hamda futbolchilarning sizga murojaati...

— To'g'risini aytsam, videoni ertalab sizning saytingizda ko'rdim. Jamoa azolari chin ko'ngildan nimadir qilmoqchi bo'lishgan ekan. Ammo bunday narsani hamma joyga tarqatish birinchi xato. Qolaversa, nima bo'lganini hammamiz ko'rdik, demak, jamoaning ortiqcha tushuntirish berishiga hojat yo'q. Biz ulardan buni talab qilmaymiz.

— Rosti men ham shunga hayron bo'lgandim.

— Bu ishni kim qilganini tagiga etdik. Yomon niyatda qilmagan, shunchaki, yoshlik qilgan. Mag'lubiyat bizniki, keyingi safar xatolar ustida biz ishlashimiz kerak. G'alaba esa muxlislarniki, biz xalqimizni xursand qilish yo'lida mehnat qilamiz. Sportchilar bilan uchrashganda ham doim shuni takidlayman. CHunki o'zimga ham Prezidentimiz asosiy maqsadim odamlar ko'zida quvonch va baxt ko'rish, deb aytganlar. Sportchilar shu yo'lda harakat qilishlari, sport esa sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishi kerak.

— Demak, jamoaga hech qanday etiroz yo'q?

— Qanday etiroz bo'lishi mumkin?! Bu aslida norasmiy musobaqa. Biz shunchaki futbolchilarni, muxlislarni uyg'otib olish uchun ham har qanday o'yinda, musobaqada g'olib bo'lish uchun o'ynayapmiz. Futbolchiga nima farqi bor u qanday o'yin ekanini, terma nomidan maydonga tushyaptimi, borini berishi shart. Koreyaga qarshi o'yinda yigitlar buni sidqidildan bajarishdi. Asosiy maqsadimiz esa Tokio-2020 va Qatar-2022. SHuning uchun ham xorijdan mashhur mutaxassislarni taklif qildik.

— Hakamlar haqida nima deya olasiz?

— Hech narsa demayman. Ular o'yinni yaxshi boshqarib bordi. Biz o'z xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Xato esa hammada ham bo'lib turadi.


— Ob-havo, maydon holati haqida-chi?

— Har ikki jamoa bir xil sharoitda to'p surdi. To'g'ri, iqlim ancha murakkab edi biz uchun. Biz tribunada o'tirib bazida nafas olishga qiynaldik. Lekin unutmaylikki, Osiyo o'yinlariga kelgan hamma sportchi shu iqlim bilan to'qnashmoqda. Sportning qiziq tarafi ham, murakkabligi ham shunda. Biz bunga doim tayyor turishimiz kerak.

— Javobingiz uchun rahmat! Musobaqa davomida omad yor bo'lsin!

— Sizga ham rahmat. Faqat bitta iltimos, saytga qo'ymoqchi bo'lsangiz o'zingiz yana bir qararsiz, noto'g'ri tushunib yurishmasin. Ravshan akaga ham, yigitlarga ham, videochilarga ham o'zimiz tushuntirib qo'yamiz. O'zi shundoq ham mag'lubiyatni hazm qila olishmayapti, odamlarning gapi ularni bundan battar ezadi. SHuning uchun o'zim ham qattiq gapirganim yo'q (ovozli yo'llanmada kelgani).

Suhbatni boricha berdim. Faqatgina Ahmadjonovning shevada yozgan gaplarini adabiy tarzda yozdim. Muhimi, uning o'zi vaziyatni tushunib turgani. Saytimiz esa yaxshisini ham, yomonini ham beradi. Xulosa o'zingizdan.


Matluba Mustaeva

Reyting: +103   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика