So’nggi yangiliklar

22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  0 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  208 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  7 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  2 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2 17:20Саудия Арабистонида спиртли ичимликлар: 2034 йилги ЖЧда сайёҳлар учун истисно бўлиши мумкин  10

"Futbolchi bo'lmaganimda savdo-sotiq bilan shug'ullanardim". SHuhrat Muhammadievni tabriklaymiz Yangiliklar

"Futbolchi bo'lmaganimda savdo-sotiq bilan shug'ullanardim". SHuhrat Muhammadievni tabriklaymiz

Bugun yurtimizda va jahonda bir qator futbol yulduzlari o'z tavallud kunini nishonlamoqda.

Ularni orasida “Nasaf” jamoasiing faxri bo'lgan SHuhrat Muhammadiev ham bor. Mahoratli futbolchi bugun 31 yoshni qarshi olmoqda. Qahramonimiz o'z intervyularining birida millionlar o'yiniga qanday kirib kelgani haqida shunday degan edi.

“Rostini aytsam, ko'chada o'rtoqlarim bilan to'p tepishni juda xush ko'rardim. Mahalladagi barcha bolalar to'planib, tez-tez futbol o'ynab turardik. SHunday o'yinlardan birida Otabek aka Hotamov meni o'z jamoasiga taklif qildi. U kishi olib boradigan mashg'ulotlarga qatnay boshladim va biroz vaqt o'tgach meni SHahrisabzning “Hisor” nomli jamoasiga chaqirishdi. SHu tariqa 2-ligada o'ynay boshladim.

Men shunchaki, ko'chada to'p tepishni yoqtirardim, xolos. Lekin “Hisor”da o'ynay boshlagach, o'zim ham katta futbolga o'tishni o'ylab qoldim. 2007 yilga kelib esa meni “Nasaf”ga taklif etishdi. SHu tariqa katta futbolga kirib keldim. Yil oxiriga kelib xatto asosiy jamoa safida 2 bor maydonga tushishga ham muvaffaq bo'ldim. Keyinroq 2009 yildan “Mashal” safiga borib qo'shildim. U erdagi faoliyatim ham ancha yaxshi kechdi, ko'p narsa o'rgandim va “Nasaf”ga yangi o'zlashtirgan tajribalarim bilan qaytdim. Oilamizda sport bilan, xususan futbol bilan shug'ullanadigan va uni yoqtiradigan yagona inson menman! Ota-onam esa men katta futbolga o'tgachgina o'yinlarni tomosha qila boshlashdi. SHu paytga qadar ular biror marta stadionga ham kelishmagan. Ular asosan men ishtirokimdagi o'yinlarni televizor orqali tomosha qilishadi. Futbolchi bo'lmaganimda qaysi sohadan ketardim? Hayronman. Otam savdogarlik bilan shug'ullanadi. Balki men ham savdo-sotiq bilan mashg'ul bo'lsam kerak edi.

Yoshligimda menga Rivaldoning o'yinlari juda yoqardi. Uning o'yinlarini ko'rib, futbolga bo'lgan muhabbatim oshardi. O'sha paytlarda butun Braziliya terma jamoasi ajoyib tarzda o'yin namoyish etardi. 

Bilasizmi, “Lokomotiv”ga aslida oldinroq kelishim ham mumkin edi. 2016 yilda ham bu klub men bilan jiddiy tarzda qiziqqandi. Lekin taqdir nasib qilgan ekan, 2017 yilga kelibgina ushbu jamoa azosiga aylandim”.

Uning “Nasaf” jamoasidagi ajoyib o'yinlari sabab 2014 yilda Mirjalol Qosimov qahramonimizni Ummon bilan o'rtoqlik uchrashuvi arafasida milliy terma jamoaga jal qildi. Buni qarangki, Olmaliq shahrida kechgan o'rtoqlik o'yinida Qosimov uni asosiy tarkibga kiritdi va termadagi debyutini nishonlashga imkoniyat berdi. Muhammadiev keyingi yig'inlardan boshlab muntazam terma jamoa tarkibidan joy olib keldi. 2015 yil Avstraliyadagi Osiyo kubogi guruh bosqichi uchinchi turida Saudiya Arabistoni bilan bellashuvda qita musobaqasidagi debyutini o'tkazdi. Uning ilk uchrashuvi omadli chiqqan, vakillarimiz esa 3:1 hisobida g'alaba qozonib chorak finalga yo'l olgandi. 

O'tgan bir yil davomida og'ir jarohat sabab yashil maydonda ko'rinish bermagan SHuhrat Muhammadiev futbolimizda yuzaga kelgan katta tanaffusdan keyin “Lokomotiv” safiga qaytdi. 

Saytimiz xodimlari nomidan tajribali futbolchiga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz. 

Eldor Suyunov (“Paxtakor” futbolchisi): SHuhratni anchadan beri yaxshi bilaman. Men “Mashal”da Birinchi ligada o'ynab yurgan paytlarimda SHuhrat asosiy tarkib futbolchisi edi. Keyin u bilan “Nasaf” ko'p yillar davomida birga to'p tepdik. U o'z vaqtida poziciyasining eng kuchli futbolchilaridan biri sifatida tilga olinardi. SHuhratga keyingi faoliyatida omad tilayman. Tezroq jarohatini unutib eng yaxshi sport formasiga kirib olishiga tilakdoshman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика