So’nggi yangiliklar

09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  0 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   1 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мариа терма жамоа билан хайрлашди  2 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  0 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  10 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  10 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  18 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  21 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4

Futbol virusga qarshi: klublar va futbolchilar yordam qo'lini cho'zyapti, Zlatan hatto koronavirusni kurashga chaqirdi Yangiliklar

Futbol virusga qarshi: klublar va futbolchilar yordam qo'lini cho'zyapti, Zlatan hatto koronavirusni kurashga chaqirdi

Hozirgi paytga kelib butun dunyoni vahima bosgan. Hamma koronavirus degan baloga qarshi kurashish bilan band.

Ushbu infekciyaga qarshi futbol jamoatchiligi ham astoydil kurash olib bormoqda. Juda ko'plab yulduzlar katta miqdordagi summani koronavirusga qarshi ajratishyapti. Quyidagi maqolada shulardan faqat eng asosiylari haqida so'z boradi. 

- Italiya sobiq Bosh vaziri hamda o'z paytida "Milan" klubiga xo'jayinlik qilgan Silvio Berluskoni Lombardiya aholisi sog'ligi uchun 10 million evro ajratishga qaror qildi. Lombardiya viloyatining eng katta shahri Milan hisoblanadi. Bu pullar 400 kishiga mo'ljallangan alohida terapiya binosi qurish uchun sarflanadi. 

- Italiyadagi mashhur oilalardan biri Anellilar oilasi ham shuncha miqdorda xayriya qilishni lozim topdi. Bundan tashqari, Anelli boshqaruvidagi "Yuventus" vakillari bir yarim milliondan ortiq pul yig'ib berishdi. Ushbu pullarga shifokorlar uchun arzon bo'lmagan 150ta respirator xarid qilinadi. 


- Doneckning "SHaxtyor" klubi prezidenti Rinat Axmetov ham virusga qarshi kurash uchun 300 million griven (taxminan 10 million evro) ajratishga qaror qildi. Bu pullarning bir qismiga allaqachon koronavirusni aniqlaydigan 20 mingta test-apparat xarid qilindi. SHuningdek, yana 300 mingta apparat sotib olish mo'ljallangan. 

- "Koronavirus - mening fikrimcha, butun dunyo birgalikda kurashayotgan dastlabki kulfat. Bu o'rinda har bir shaxs Ukrainaga va ukrainaliklarga qanday yordam bera olishi haqida qayg'urishi lozim. Biz chetda qarab turmaymiz: yordam berdik, beryapmiz va beramiz ham. Hammamiz bir bo'lib Ukraina qarshisida turgan mana shunday xavfga kurasha olamiz", - dedi Axmetov. 

- Koronavirusga qarshi kurashishdan "Bavariya" to'purari Robert Levandovski ham chetda turgani yo'q. U turmush o'rtog'i Anna bilan 1 million evro ajratdi. "Biz nihoyatda murakkab vaziyatda qolganmiz. Hozir hammamiz bitta jamoada o'ynayapmiz. Kelinglar, bu kurashda g'olib chiqamiz. Agar kimgadir yordam berish qo'limizdan kelsa, bunga tayyormiz. Tez orada hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman", - deydi polshalik hujumchi.


- "Bavariya"ning yana ikki ftubolchisi - Joshua Kimmix bilan Leon Gorecka ham bunday tashabbusga jimgina qarab turishmadi. Futbolchilar birgalikda We Kick Corona dasturini ishlab chiqishdi. Bu dasturga istalgan kishi qo'shilishi mumkin. Ularning ideyasini ko'pchilik qo'llab-quvvatladi: shular orasida Mats Xummels, Leroy Sane, Benedikt Xyovedes va boshqalar bor. Nemis futbolchilari shu paytgacha 2 yarim million evrodan ortiq mablag' yig'ib qo'yishdi. Yana 2,5 millionni Germaniya terma jamoasi azolari murabbiylar shtabi bilan birgalikda yig'ib berishadi. 

- Milanning "Inter" klubi sobiq prezidenti Massimo Moratti kompaniyasi Lombardiya aholisi sog'lig'i uchun 1 million evro xayriya qildi. 

- Mashhur shveciyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich ham eng shimarib harakatga kirishgan. U Kick the Coronavirus  jamg'armasini tashkil etib, 100 ming evro ajratdi. Bundan tashqari ikki hafta ichida ushbu jamg'arma 300 ming evro ishlab topdi. "Kelinglar, hammamiz birgalikda koronavirusni yaxshilab tepamiz va bu o'yinni yutamiz. Va unutmang: agar virus Zlatanga kelmasa, Zlatan virus oldiga boradi", - dedi Ibra o'z murojaatida.

 


- O'z hisobidan pul ajratish bo'yicha yana bir nechta misollarni keltirsa bo'ladi. Lorenco Insine - 100 ming evro, Sadio Mane - 40 ming funt, Kasper SHmeyxel - 20 ming funt. 

- Italiyaning SPAL klubi hujumchisi Andrea Petanya 30 ming evro ajratdi va qo'shimchasiga 170 ming evro yig'ib berdi. Bu pullar Milandagi kasalxonalardan biriga yo'naltiriladi. "Torino" vakili Simone Zaza 10 ming evro berdi va yana 50 ming yig'di. "Yuventus" azosi Federiko Bernardeski esa 50 ming evro xayriya qildi. 

- "Atalanta" muxlislari o'z tashabusslari bilan 40 ming evro yig'ib Bergamodagi kasalxonaga etkazishdi. Darvoqe bu Lombardiyadagi eng ko'p aziyat chekayotgan shahar hisoblanadi. 

- "Inter" ham vaziyatni o'nglash uchun qo'ldan kelgancha yordam ko'rsatyapti. Milanliklar #TogheterAsATeam xeshtegi bilan kampaniya tashkil etib, 500 ming evro yig'ishdi, jamoa muxlislari esa 100 ming evrodan sal ko'proq pul to'plashdi. Bu pullar Milandagi Luiji Sakko nomidagi kasalxonaga xayriya qilinib, qo'shimchasiga 300 mingta tibbiy niqob sotib olindi. 


- "Roma" jamoa bo'lib 200 ming evro xayriya qildi. Bundan tashqari klub azolari 8 mingta tibbiy qo'lqop, 2 ming shisha antiseptik hamda 5ta test-apparat xarid qilishdi. "Lacio" esa o'z muxlislarini qon topshirishga chaqirdi. 

- Bunday ommaviy tadbirlardan APL ham jim turgani yo'q. Premer-liganing barcha klublari o'z hududlarida faol kampaniyalar tashkil etmoqda. Masalan, "CHelsi" klub xo'jayini Roman Abramovich qarori bilan "Stemford Brij" yaqinidagi mehmonxonani Sog'liqni saqlash vazirligiga topshirdi. 

- "Manchester Yunayted" bilan "Manchester Siti" birgalikda #ACityUnited xeshtigi orqali 100 ming funt yig'di va muxlislarni ham ushbu tashabbusga chorlashdi.

 

- Portugaliyaning "Sporting" klubi prezidenti Frederiku Varandash o'z ishini vaqtincha yig'ishtirib yana shifokorlik xalatini kiydi. Bu inson asl sohasi bo'yicha oliy toifali shifokor hisoblanadi. 

- Krishtianu Ronaldu o'z Vatanidagi kasalxonalardan biriga katta miqdorda pul ajratdi, shu bilan birga 50 ming dona tibbiy niqob olib berdi. Uning agenti Jorje Mendesh esa Portudagi kasalxonaga 200 mingta tibbiy xalat sovg'a qildi.

 

Xullas, shunaqa gaplar. Siz aziz o'quvchilarga tavsiyamiz shuki, doim salomatlik gigienasiga amal qiling, bekorga ko'chaga chiqmang va eng asosiysi vahimaga berilmang. Hali hammasi yaxshi bo'lib ketadi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика