So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  1 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

"Futbol retro talqinda" (60-son) Yangiliklar

"Futbol retro talqinda" (60-son)

Ushbu ruknimizdan tarixga aylangan, ammo har bir futbol muxlisiga zavq bag'ishlaydigan fotosuratlar joy oladi.

UEFA ramziy jamoasi. 2012 yil.

Jahon kubogi yaratuvchisi, haykaltarosh Silvio Gaccaniga va uning ijod mahsuli.

Serxio Ramos va uning ota-onasi.

“Arsenal”ning oltin tarkibi.

Tasavvur qiling. Ulardan ikkitasini jamoangizga olishga to'g'ri kelib qolsa, kimlarni tanlagan bo'lardingiz? (Rud van Nistelroy, Luish Figu, Adriano Leyte Ribeyro, Pak Ji Sun)

Ronaldo va Luiji Simoni.

Angliya terma jamoasining yulduzlardan iborat jonli devori. 

Nemis futboli, umuman olganda, dunyo futboli yulduzlari MLS chempionatida. Gerd Myuller "Fort-Loderdeyl Straykers"da o'ynagan bo'lsa, Franc Bekkenbauer "Nyu-York Kosmos" sharafini himoya qilgan. 1979 yil.

Eredivizi g'oliblari - shveciyalik Zlatan Ibragimovich va misrlik Axmed Mido. 2001/02 yilgi mavsum.

Yosh Uesli Sneyder va Nayjel De Yong "Ayaks" tarkibida.

CHempionlar Ligasi chorak final javob o'yini: "Milan" - "Ayaks" (3:2) to'qnashuvi.  2003 yil. 

"Manchester Yunayted" o'yinchilari CHL finalida "Bavariya" ustidan qozonilgan o'sha mashhur g'alabadan keyin. 1999 yil. 

Maradona, Jahon kubogi va muxlislar. 1986 yil.

"Koventri Siti" 9 yil ichida ilk bor CHempionshipga qaytdi. Qiziq bo'ladi.  

Menimcha, hammasini tanidingiz.

Belgiya terma jamoasi himoyachilaridan kung-fu.

Ular "Bayer" klubi tizimida harakatlanishga ulgurishgan. 

"Bayer" 2002 yilning may oyida 11 kun ichida 3 ta sovrinni boy bergan:

4 may: Bundesliga chempionligiga 1 ochko etmagan;

11 may: Germaniya Kubogida mag'lubiyatga uchragan;

15 may: CHempionlar Ligasi finalida yutqazgan.

Finlyandiya terma jamoasining eng yaxshi to'purari (32 ta gol) Yari Litmanen "Ayaks" safida.

PSV. 2000/2001 yilgi mavsum.

Braziliyaning 1988 yildagi eng yaxshi futbolchisi, darvozabon Klaudio Taffarel "Galatasaray"da.

Bishente Lizarazyu, Bernar Mishelena va Dide Desham. "Bordo". 1990/1991 yilgi mavsum.

Portugaliyaning eng yaxshi o'yinchisi (1989, 1991), 2000 yillar boshida porlagan mashhur darvozabon Vitor Bayya "Portu" tarkibida.

1966 yilgi Jahon chempioni, "CHelsi" afsonalari qatoridan joy olgan Piter Bonetti.

Bonus. Lionel Messi, Ivan Rakitich va Ravshan Ermatov. 

Super trio, Riberining Xaynkesga yo'llagan tabrigi (45-son)
"Barsa" ikkinchi tarkbidagi Puyol va Xavi (46-son)
"Fiorentina"dagi Kanchelskis, armiyadagi Paolo va Roberto (47-son)
APLning eng yaxshi to'purari, Braziliya-1997, haqiqiy poliglot (48-son)
2005 yilgi "Milan", shved futbolining ikki afsonasi (49-son)
2008/09 yilgi mavsumdagi eng alamli kadr (50-son)
"Pepe" nima manoni anglatadi? (51-son)
JCH-2002’ning eng esda qolarli soch turmaklari, asr surati (52-son)
Messining bolalikdagi jamoasi, Xavi, Xabi Alonso (53-son)
Futbol simulyatorlari to'plami, Edgar Davids (54-son)
SR28, Jerrardning munosib davomchisi  (55-son)

"Raffaello", 1990 yilgi GFR termasi (56-son)

17 yoshli Ronaldo, Oliver Kan bilan xayrlashuv (57-son)

2003 yilgi UEFA ramziy jamoasi, Reshford, Mane (58-son)

Pele Yashinga qarshi, "Lester ertagi" (59-son)

G'oya muallifi: SHerzod Nurmatov  


Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика