So’nggi yangiliklar

00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  0 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гўл ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  6 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  7 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  1 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   2 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  3 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  4 23:30АПЛ. Холанднинг хет-триги "Ман Сити"га "Вест Хэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  8 23:21Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз майдонида "Қосимпошо"га мағлуб бўлди, Алиқулов 87 дақиқа ўйнади  3 23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  7 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  2 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  56 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  9

Futbol orqali boy bo'lishni emas, uni ijobiy tomonga o'zgartirishni istagan inson taqdiri Yangiliklar

Futbol orqali boy bo'lishni emas, uni ijobiy tomonga o'zgartirishni istagan inson taqdiri

Teglar :  Angliya
Futbol olamida ham turli hikoyalar mavjud.

"Xekni Uik" jamoasi paydo bo'lishi haqidagi hikoya butun dunyodagi eng noyob voqealardan biri bo'lsa ajab emas.

Bobbi Kasanga Londonning quyi ligalarida o'ynagan va 21 yoshida professional futbolda debyut qildi. Biroq oradan bir hafta o'tib, qurollangan holda o'g'irlikka tushgani uchun qo'lga olingan. Bezorilar guruhi va 8 yillik qamoq jazosidan so'ng, Bobbi hayotini yangidan boshlashga qaror qildi. Zarur ishchilarni atrofiga to'plab, nafaqat o'z klubini tashkil qildi, balki birlashish hamda nomini o'zgartirishga tayyor turgan klub uchun ham mablag' topa oldi. Bobbi uchun asosiysi bolalar klubi bo'lsa-da, faqatgina futbol bilan chegaralanib qolmadi. Klub Londonning Xakni shaharchasiga katta tasir qila boshladi. Yani yoshlar, ayniqsa, migrantlarni turli zararli narsalar bilan emas, balki sport bilan shug'ullanishga chorladi. Avvaliga ko'pchilik Bobbining rejalariga ishonmadi.

Ammo jamoatchilik ko'magi tufayli klub ishlari jadallik bilan rivojlana boshladi. Mashhur Xakni Marshesdan tortib janubiy divizion ligalari, yani Angliyaning o'ninchi divizionigacha – "Xekni Uik" oddiy havaskorlik maqomidan tezda voz kechdi va uning futbolchilari o'yin uchun pul ola boshlashdi, yani yarim professional jamoaga aylandi. Kichkinagina maskan - Xakni shaharchasida hech qachon yarim professional klub bo'lmagan. Qolaversa, Xaknida bolalar va o'smirlar o'rtasida futbol unchalik ham ommalashmagan edi. "Xekni Uik" klubi Klektondan "Kols Park" stadioniga ko'chib o'tdi, "Tottenxem Xotspur"dan bir kilometr uzoqlikda joylashgan.

Hozirda "Xekni Uik"da 20ta bolalar va o'smirlar jamoalari faoliyat ko'rsatadi. SHuningdek, ikkita kattalar jamoalari ham bor. Umumiy qilib olganda 300 odam. "Xakni Uik" qing'ir ko'chalarda yurgan, yo'ldan adashganlarni ham futbolga jalb qilishga urinadi. Masalan, Jeyden Makdonald klub endigina ishga tushganida shartnoma imzolagandi, 2016 yil esa ish topdi. 2018 yilda Angliya Kubogida gol urishga muvaffaq bo'ldi. 2019 yil esa ayollar jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu maktablar va policiya bilan uzoq muddatli hamkorlik jarayonidir. Klub muntazam ravishda seminar va mashg'ulotlar o'tkazadi. Bolalar uchun hammasi bepul. Klubning 9ta hamkori va o'nlab volonterlari bor (aynan shunday ko'ngilli insonlar klub rivojlanishida katta hissa qo'shgan).

"Xekni Uik"ning shiori – "hayotni qutqarish".

Kutilmaganda Bobbiga Nike kompaniyasidan qo'ng'iroq qilishdi va "bitta shart" bilan shartnoma taklif qilishadi: "uikers" formasi noyob bo'lishi shart! SHundan so'ng ommaviy axborot vositalari qahramonimiz haqida maqola yozdi, ko'pchilik uni tasvirga ola boshladi.

Footy.com internet-magazini 2019 yilning eng yaxshi futbolkalari ro'yxatini tuzib chiqdi. Umuman hech kimga tanish bo'lmagan Angliyaning ikki klubi ham o'sha ro'yxatdan joy egalladi. "Xekni Uik" bu borada "Barselona", "Real", "Arsenal", "Manchester Siti" va boshqa ko'plab butun dunyoga malum va mashhur bo'lgan klublarga etib oldi. "Xekni Uik"ni Italiyaning "Roma" jamoasi qo'llab-quvvatladi. Angliya futbolidagi eng nufuzli insonlar orasidan Bobbi ham joy egalladi.

Bobbi bosh vazir tomonidan hurmatga sazovor deb topildi. Ayniqsa, London meri "Xekni Uik"ga tashrif buyurgani katta shov-shuv bo'lgandi. O'shanda Sadik Xan bolalar futbol ham o'ynagandi.


Bobbi qamoqda o'tirganida orzu qilardi – Londonda o'smirlar orasida o'zining "jahon chempionati"ni o'tkazish. Unda ham 32 jamoa bo'ladi, ammo Londonning 32 rayonidan... SHu yozda "Borough Cup" bo'lib o'tdi va "Uotford" va "Liverpul"dan skautlar yig'ildi. Qamoq nimaligini Bobbi juda yaxshi biladi va u erda iqtidorlilar qanday so'nib borayotganiga ham guvoh bo'lgan. U buni ijobiy tomonga o'zgartirish mumkinligiga ham ishonchi komil.

"Men doim qamoqni yodga olib turaman. U erga tez-tez borib, mahbuslar o'rtasida tadbir va master-klasslar o'tkazaman. U erdan qaytganimda esa to'rt yil avval men bilan ham xuddi shunday holat bo'lganini yodga olaman. Ular ozodlikka chiqqanlaridan keyin  o'zgartirmasliklari uchun hech qanday sabab yo'q. Ularga ilojsiz narsaning o'zi yo'qligini ko'p bor takrorlaganman. Men qamoqdagi mahbuslar yaxshi futbol o'ynay olishlarini ko'rganman. Bilasizmi, ularning aksariyat qismi yarim professional jamoa borligini ham bilmaydi. Men ana shunday insonlarga imkoniyat berishni istayman".

Bundan tashqari, Bobbi qamoqda ikkita kitob yozgan va keyinroq chop ettirgan. SHuningdek, u kriminologiya va ijtimoiy siyosat mutaxassisligi bo'yicha tahsil oladi. Bobbi Kasanga va uning klubi – qaytadan yangi hayot boshlay olmayotganlar uchun haqiqiy qo'llanmadir.

"Xekni Uik" 16-o'rinda va hozirda hisobida bor yo'g'i 1 ochko bor. Biroq ular uchun o'yindagi natija eng muhimi emas!

Futbol (hattoki bizning zamonda ham) – faqatgina biznes emas. Bobbi Kasanga esa katta pul ishlab topishga mukkasidan ketgan emas. U shunchaki boshqa insonlar uning xatosini takrorlamasligi va futboldan zavqlanib yashashlarini istaydi xolos...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика