Futbol klublari matbuot kotiblari O'zPFL seminarida ishtirok etishadi
24 fev 2014 13:04
Yangiliklar


Futbol klublari matbuot kotiblari O'zPFL seminarida ishtirok etishadi
Bir kunlik nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan o'quv seminarini Osiyo Futbol Konfederaciyasi Media departamenti boshlig'i CHetan Kulkarni olib boradi.
Mashg'ulotlarda o'yindan avval, o'yin vaqtida va o'yindan keyin OAV bilan ishlash, o'yin o'tkaziladigan joyda OAV bilan ishlash uchun zaruriy infratuzilmani tashkil etish (matbuot anjumani, mikst-zona va hakazo), shuningdek, OAV va jamoatchilik bilan aloqalar to'g'risida bilim va ko'nikmalar beriladi.
Seminar muloqot tarzida tashkil etiladi va unda ishtirok etadigan Oliy va Birinchi liga klublari vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan OFK vakiliga, shuningdek, O'zPFL mutaxassislariga murojaat qilishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu seminar Oliy liga va Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etayotgan klublarning matbuot bilan ishlash borasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirib, O'zbekistonda professional futbol targ'ibotini rivojlantirish va futbol klublarining muxlislar orasidagi obro'-etiborini oshirishga yordam beradi.

Fikrlar