So’nggi yangiliklar

16:31"Манчестер Юнайтед" юлдуз хавбекини сотиб юбормоқчи  1 15:51Алькантара "Барселона"дан кетди. Собиқ хавбек Фликнинг штабида бир ой ишлади  3 15:18Вазиятларга бой ўтган учрашувда "Сўғдиёна" Тошкентдан ғалаба билан қайтди ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Жейдон Санчо АПЛ грандига ўтиши мумкин  2 14:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор"нинг гуруҳ босқичидаги рақиблари аниқланди  37 13:06Июнда Қозоғистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланган Черчесов клуб билан шартнома имзолашга яқин?!  8 12:22ОЧЛ-2. "Насаф" гуруҳ босқичидаги рақибларини билиб олди  20 11:45Мактоминей – итальян грандини мақсади. Клуб МЮ хавбекининг агенти билан музокаралар олиб бормоқда  1 11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  2 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  5 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  11 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  7 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  4 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  7 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2

Futbol klubida marketing siyosati Yangiliklar

Futbol klubida marketing siyosati

Butun jahonda futbol faqat o'yin vazifasini bajarishdan o'tib ketib bo'lgan. U bugungi kunga kelib haqiqiy biznesga aylanib ulgurdi.
Klublar ham deyarli tijorat tashkiloti vazifasini bajarib kelyapti. Ko'p jihatlar klublarning moliyaviy ahvoliga bog'liq bo'lib turibdi. Boqimandalikdan chiqib ketish siyosatini Evropa klublari ancha vaqt ilgari anglab etishgandi.

SHu sababli hozirda zamonaviy futbol deganda birinchi navbatda har tomonlama ko'hna qita futbolini ko'z oldimizda gavdalantiramiz. Futboldagi marketing haqida yana bir bor zarur malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz. Afsuski,  bu borada jamoalarimizdagi ishlarni hech yo'g'i 15 foizga bajarilyapti deya olmaymiz. Maqoladagi bazi jihatlarni avval ham takidlab o'tganmiz.

O'ylaymizki, kamchilik bo'lib turgan holat va u to'g'risida ko'proq malumot berish hech qachon zarar bo'lmaydi.



Avvallari futbol klublarida faqat futbol sohasida faoliyat olib borgan xodimlar ishlashlari kuzatilgan. Lekin o'tgan asr oxirlariga kelib futbolga qiziqmasa ham etakchi jamoalarda ishlaydigan shaxslar paydo bo'lishni boshlashdi. Marketing, menejment, PR (ommaviy aloqalar) xodimlari shular jumlasidandir. Ayniqsa, marketing katta ahamiyatga egaligi bilan alohida diqqatga sazovor. CHunki klubning homiylar izlab topishi va ularning etiborini o'ziga qaratishi aynan marketingning qanday olib borilishi bilan bog'liq. Lekin oliy ligadagi jamoalar misolida oladigan bo'lsak, ular hamon bu sohaga etarlicha etibor berishmayapti.

Marketing investorlar uchun sharoit yaratish, muxlislarni stadionga jalb qilish, homiylar hamda OAV bilan ishlashni o'z ichiga oladi. O'zi foyda ko'rishi mumkin bo'lgan jihatlarni aniqlab, o'shalar asosida ishlash har bir klubda yaxshi shakllangan bo'lishi lozim. Marketing yo'nalishlari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:

- Jamoani brendga aylantirish, klub tarixi, o'yin uslubi, etakchi o'yinchi va murabbiylar, klub nomlanishi hamda logotipi orqali hamkorliklarga erishishga harakat qilish.

- Muxlislar bilan ishlash tizimini yaratish, jamoa mahsulotlarini sotish yordamida tijorat ishlarini amalga oshirish.

- Homiylar etiborini tortish, bunda klubning brendga aylantirilgani katta ahamiyatga ega bo'ladi



- OAV orqali klub hayoti bilan yaqindan tanishtirishga urinish
Xo'sh, bunday ish qanday foyda berishi mumkin? Endi shularni bir chekkadan sanab o'tamiz.

- Ishqiboz jamoasini yaqinroq va hayajonliroq tarzda qo'llab-quvvatlash imkoniyatiga ega chiqadi, nafaqat g'alabali, balki omadsiz kunlarda ham u bilan birga bo'ladi

- Klub ko'proq miqdorda sodiq muxlislarga ega bo'ladi va ishqibozlarning yangi avlodi etiborini tezroq ravishda jalb qiladi

- Homiylar hamm muxlislar bilan samaraliroq ishlash imkoniyatini qo'lga kiritishadi

- OAV esa klubning faqat sport natijalarini emas, balki hayotini ham boshqalarga tanishtirib borishni yo'lga qo'yadi

"4R" KONCEPCIYASI
Jahon futbolida etakchi bo'lib turgan klublar marketing siyosatini yuritishda 4R tamoyiliga amal qilishadi.
Product (mahsulot) – klubning mahsulot siyosati
Price (narx) – klubning narx belgilash siyosati
Place (o'rin) – klubning o'rin belgilash siyosati
Promotion (reklama) – klubning aloqa siyosati

Mahsulotlar klub bilan bog'liq ishlab chiqarilgan narsalar hisoblanib, ulardan katta miqdorda daromad olish mumkin. Evropada har bir musobaqa yoki malum bir uchrashuv uchun ham klublar atributlari tushirilgan narsalar ishlab chiqariladi. SHuningdek, chiptalar, abonement, klub kartochkalari, TV translyaciyalar, reklama va homiylik paketlari ham shular jumlasiga kiradi. Klub kartochkalari Evropada keng yo'lga qo'yilgan. Bunda malum miqdorda mablag' to'lagan muxlislar klub bilan bog'liq yangiliklarni vaqtida olib turish, klub jurnaliga obuna bo'lish, turli kechalarda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritishadi.



Xullas, bu o'sha ishqibozning klub hayotiga ancha yaqinlashishiga yordam beradi. Translyaciyalar xususida ko'p va xo'p yozilgan. Klublarimizda reklama va marketing ishlari juda yomon yo'lga qo'yilgan. Faqat bazi jamoalargina marketing faoliyatini olib boradi. Mahsulot siyosatiga, shuningdek, atributka va suvenilar sotuvi, bosma mahsulotlar hamda internet saytida berib boriladigan reklamalar kiritiladi.

Narx belgilash siyosati deganda musobaqa va tadbirlar uchun klubning narx belgilay olish qobiliyati tushuniladi. Uning qisqacha shartlari shunday bo'limlardan iborat:
- mavsum davomida bir xilda bo'lishi (narxlarni ko'tarish yoki tushirish ishlarini olib bormaslik)
- mavsum yakunlaridan va kelasi mavsumdagi maqsadlardan kelib chqqan holda narxni belgilash
O'rin belgilash siyosati esa mahsulotlarni qaerda sotish joylarini aniqlashda kelib chiqadi. CHiptalarni stadion kassalari, internet saytlarida, elektron sotuv tizimi orqali sotishni tashkil qilish mumkin. Atributlarni esa klub magazinlari, boshqa sotuv hududlari, sport barlari va kafelarida sotishni yo'lga qo'yish imkoniyatlari mavjud.

Osiyoning ko'plab davlatlarida ham bunday holatlarga guvoh bo'lamiz. Eng muhimi, vaqtida harakatlarning boshlanishidir.

Aloqa siyosati esa barcha uchun tushunarli jihatlarni o'zida jamlagan.
- Reklama (matbuot, TV, radio, internet)
- To'g'ri marketing (telemarketing, e-mail, sms-xabarlar)
- PR (press-konferenciya, brifing, reliz va bukletlar, ommaviy targ'ibot)
- Sotib olishni rag'batlantirish (chegirma, bonuslar, promoakciya, yutuqli takliflar, konkurslar, o'yinlar va lotereya)

Klublarimiz marketing siyosatini yo'lga qo'yishmas ekan, malum vaqt o'tishi bilan yoki uni tashkil etishadi yoki Evropadagi klublar singari inqirozga yuz tutishadi. CHunki Evropada ancha yillar avval shunday vaziyat yuzaga kelgan.

Yaxshiyamki, mamlakatimiz hukumati futbolga yuqori darajada g'amxo'rlik qilib kelmoqda, aks holda oliy liganing o'zidagi jamoalardan kamida yarmi hozir pulsiz o'tirgan bo'lardi. SHunday ekan, marketing haqida etarli tushunchaga ega bo'lmagan jamoalarimiz tezroq zarur harakatlarni boshlashlari lozim.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика