So’nggi yangiliklar

14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  4 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  3 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  7 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  3 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  14 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11

“Futbol do'stlik uchun” loyihasi ishtirokchilari O'zbekistonning taniqli shaxslari bilan uchrashdi Yangiliklar

“Futbol do'stlik uchun” loyihasi ishtirokchilari O'zbekistonning taniqli shaxslari bilan uchrashdi

FIFA va futbol bo'yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori - “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do'stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasi bo'lib o'tadi.

FIFA va futbol bo'yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori - “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do'stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasida O'zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan “Lokomotiv” futbol klubi tarbiyalanuvchisi – darvozabon Ilyos Ahmedov hamda Mirobod tumanidagi 110-maktabning 5-sinf o'quvchisi – yosh jurnalist Amir SHaripov mamlakatning taniqli shaxslari bilan uchrashdi. 

Yosh darvozabon va yosh jurnalist O'zbekiston rivojiga katta hissa qo'shgan shaxslar, jumladan, xonanda va basakor Sevara Nazarxon, FIFA va OFK referisi Ravshan Ermatov, biznesmen,  Korzinka.uz supermarketlari tarmog'i egasi Zafar Hoshimov hamda O'zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor, Oliy Majlis Senati azosi Edvard Rtveladze bilan uchrashuv o'tkazdi.



Mazkur uchrashuvlarni o'tkazishdan asosiy maqsad – do'stlik, tenglik, adolat, salomatlik, tinchlik, sadoqat, g'alaba va anana kabi qadriyatlarni targ'ib qilishdan iborat. Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilari qahramonlardan do'stlik nimadan iborat ekani va uning sirlari haqida  tushuncha oldi. Har bir uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilariga omad tilab qolindi.


Yosh jurnalist Amir SHaripov FIFA va OFK referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi:

“Bugun hayotimda juda muhim voqea yuz berdi! Men jahon darajasidagi yulduz, O'zbekistonning mashhur hakami Ravshan Sayfiddinovich Ermatov bilan uchrashdim. Yosh jurnalist sifatida unga turli savollar bilan yuzlandim va u uchun do'stlik nima anglatishini so'radim. Uning so'zlaridan shuni bildimki, Ravshan Ermatov do'stlikni juda qarlaydi!”.

Yosh darvozabon Ilyos Ahmedov ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:


“O'zbekiston nomidan birinchi ishtirokchiga aylanganimdan mamnunman. Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman. Mashhurlar bilan uchrashuv bizga yanada ko'proq ishonch berdi. Men ham ular kabi taniqlik bo'lishga harakat qilaman”.

Eslatib o'tamiz, “Futbol do'stlik uchun” loyihasi shu yilning 26 iyunidan 3 iyuliga qadar Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar loyiha doirasida Konfederaciyalar Kubogi–2017 final uchrashuviga tashrif buyuradi”.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика