So’nggi yangiliklar

00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 3:0 (матнли трансляция)  96 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  129 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10

"Futbol do'stlik uchun" loyihasi bo'yicha matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Futbol do'stlik uchun" loyihasi bo'yicha matbuot anjumani bo'lib o'tdi

FIFA va futbol bo'yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo'lgan “Gazprom” kompaniyasi “Futbol do'stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining oltinchi mavsumi start olganini elon qildi.

Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyodagi yosh avlod o'rtasida do'stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ'ib qilishdan iborat. 2018 yilda “Futbol do'stlik uchun” loyihasida 211ta mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Mavsumning yakuni tadbirlari 8 iyundan 15 iyunga qadar Moskva shahrida bo'lib o'tadi.

2018 yilda O'zbekiston futbol Associaciyasi mazkur loyihada ikkinchi marta ishtirok etmoqda. Quraga ko'ra bu yil O'zbekiston sharafini yana yosh darvozabon himoya qiladi.

6 mart kuni O'FAga qarashli maydonda loyihada ishtirok etadigan yosh darvozabonni saralab olishning yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi. Nomzodlarni saralab olish uch bosqichda o'tkazildi: sport ko'nikmalari va jismoniy holatni baholash, til bo'yicha bilimlar sinovi va o'zini namoyon qilish qobiliyati. Yosh darvozabonlarning mahoratiga bahoni Anvar Rashidov (“Paxtakor”), Marat Galimov (“Bunyodkor”) va Ruslan Ahmedxonov (“Lokomotiv”) kabi tajribali mutaxassislar berishdi.
Nomzodni tanlab olish jarayonidan keyin O'FAning zalida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.


“Biz O'FA bilan yana hamkorlik qilish va loyihada yangi nomlarni ko'rishdan juda mamnunmiz. “Futbol do'stlik uchun” loyihasining asosiy maqsadi butun dunyodagi bolalarni birlashtirish. Loyiha 6-mavsumining o'ziga xosligi shundaki, joriy yilda ekologiya muammolariga katta ahamiyat qaratiladi.

SHu maqsadda butun dunyodan keladigan bolalardan tashkil topadigan futbol jamoalari nomi noyob va yo'qolib borayotgan jonivorlar nomi bilan ataladi. Ochiq quraga ko'ra sizning darvozaboningiz Mo'g'uliston, Lyuksemburg, Isroil, Kayman orollari va Gibratlardan keladigan bolalar bilan birgalikda “Western Gorilla” deb nomlanadigan jamoadan o'rin oladi”, - dedi loyiha tashkiliy qo'mitasi azosi Anastasiya Lyalkina.

Matbuot anjumani davomida yosh darvozabon Muslimbek Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov yig'ilganlarga tanishtirildi.



12 yoshli Muslimbek Abdumannopov “Bunyodkor” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2016 yildan beri darvozabon sifatida o'ynab keladi. Uning shaxsiy rekordi bitta o'yinda 11ta seyvni amalga oshirgani hisoblanadi. Muslimbek Abdumannopovning kumiri – “Barselona” darvozaboni Mark Andre ter-SHtegen. Mardon Marupov maktabda alo baholarga o'qiydi, gumanitar fanlarni yoqtiradi, futbol, tennis va shaxmat o'ynash uning xobbisi.


“Mening fikrimcha, “Futbol do'stlik uchun” loyihasining asosiy maqsadi chet elga borib, sayyohat qilib kelish emas, balki turli mamlakatlardan kelgan bolalar bilan tanishish, ularning madaniyati, urf-odatlarini o'rganish, ular bilan do'stlashishdan iborat”.

“Futbol do'stlik uchun” loyihasining final bosqichi doirasida bu yil Moskvada quyidagi tadbirlar tashkil etiladi: Xalqaro do'stlik lageri, Turli millat va turli jins vakillari bo'lgan yosh sportchilar o'rtasidagi do'stlik uchun futbol bo'yicha 1-Jahon chempionati, Jahon va Rossiya futboli yulduzlari ishtirokida Xalqaro Bolalar futbol forumi.

“Futbol do'stlik uchun” loyihasini FIFA, UEFA, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi kabi nufuzli tashkilotlar, Xalqaro bolalar jamg'armalari, futbol yulduzlari va faxriylari qo'llab-quvvatlashadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика