So’nggi yangiliklar

18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  0 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   5 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  7 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0

Futbol bezagi "der classico"ga marhamat! Yangiliklar

Futbol bezagi "der classico"ga marhamat!

Germaniya futbolini yoritib boruvchi jurnalist SHahboz Beg'amov "Der classico" haqida to'xtaldi.


Germaniyada yangi futbol mavsumidagi ilk rasmiy o'yin odatdagidek Superkubok orqali boshlanadi.

Germaniyaning amaldagi chempioni "Bavariya" Kubok sohibi Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan mavsumdagi dastlabki sovrin uchun kurashadi.
To'g'risi, yangi mavsum ushbu ajoyib qarama-qarshilik bilan boshlanayotgani kishini quvontiradi. Sababi, bu ikki jamoalar o'rtasidagi bellashuv har doim qiziqarli va tomoshabop o'tgan.
Bu Germaniya futboli shaydolari uchun yaxshigina "avans" bo'ladi.


Mavsumoldi yig'in doirasidagi uchrashuvlarda bu jamoalar natijalari ko'pchilikni ajablantirdi. CHunki "Bavariya" va "Borussiya D" kabi jamoalarning har qanday o'yindagi muvaffaqiyatsiz natijasi kutilmagandek qabul qilinadi. Ammo norasmiy o'yinlar bu avvalo murabbiylar uchun o'tkaziladi. Bu o'yinlardagi natijalar uchinchi yoki to'rtinchi darajali hisoblanadi. Jarohat, kartalarni to'liq ochmaslik, motivaciya va shunga o'xshash sabablar tufayli top jamoalar bu kabi o'yinlarda asosan diqqat etiborni natijaga qaratishmaydi.

Karlo Anchelotti o'tgan yili "Bavariya"ga Superkubokni yutib bergandi. Bu safar ham bu ishni takrorlasa, xorijlik mutaxassis sifatida qatorasiga ikki bor yutgan ilk murabbiyga aylanadi. Dortmundning "Borussiya" jamoasi esa Peter Bosh qo'l ostida o'zining dastlabki rasmiy o'yinini o'tkazadi.
Yangi "Borussiya"ni ko'rish barcha uchun qiziq. "Bavariya"ga qarshi o'yin esa murabbiy uchun haqiqiy imtihonga aylanadi.

Bu uchrashuvga har ikkala jamoalar bir qator yo'qotishlar bilan kelishgan. "Bavariya"da ettita asosiy tarkib futbolchisi safdan chiqqan. "Borussiya"da esa bu ko'rsatkich biroz kam. En qizig'i, ikkala jamoaning ham chap qanot futbolchilarining barchasi jarohati tufayli bahsni o'tkazib yuboradi. "Bavariya"da Alaba, Bernat yo'q bo'lsa, "Borussiya"da Gerreyru va SHmelcer uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan.

Germaniya Superkubogida biroz ustunlik Peter Bosh jamoasi tarafida. CHunki jamoa o'z uyida o'ynaydi va "Bavariya"dan farqli o'laroq ularning asosiy tarkib futbolchilari safda. Noyer, Boateng, Alaba, Bernat, Alkantara, Xames, Robben kabi futbolchilarsiz "Bavariya" sezilarli kuchsizlanadi.
Lekin Anchelotti jamoasi yangi mavsum oldidan o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olgan. Yani, jamoaning rezervi ancha boy. Bu o'yin esa Anchelotti uchun ichki rezervni hamda yangi nomlarni qanday kuchga ega ekanligini rostakasimiga sinab olish imkoniyatiga taqdim etadi.
Garchi kichik ustunlik "Borussiya" tarafida bo'layotgani ham "Bavariya"ga qo'shimcha motivaciya beradi.

Peter Bosh boshqaruvidagi "Borussiya" hamda ko'pchilik norasmiy o'yinlar fonida inqirozda deyayotgan "Bavariya"ni ko'rib olish uchun bizni super o'yin kutmoqda.

Ha-ya, bu yilgi Germaniya Superkubogida bosh hakamga yordamchi sifatida video-assistent ham ishlaydi. Bu o'yin Germaniya futboli tarixida ilk bor video-assistentdan foydalinayotganligi bilan ham kiradi.

"Signal Iduna Park"dagi o'yinda asosiy vaqtda g'olib nomi aniqlanmasa, yani durang qayd etilsa, unda jamoalar qo'shimcha taymlarga murojaat qilishmaydi va penaltilar seriyasi orqali bosh sovrin kimga nasib etishi aniqlanadi.

Germaniya Superkubogi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida har ikkala jamoa bosh murabbiylari mavsumoldi yig'in doirasidagi o'yinlar natijasi aldamchi ekanligini va jamoalar rasmiy bahsga, muhim o'yinga tayyor ekanligini takidlashdi.

To'g'ri, hozircha hech bir jamoa optimal sport formada emas. Ayniqsa jamoalarning jismoniy holati hali joyiga tushgani yo'q. Ammo Anchelotti takidlaganidek, futbolda hamma narsani fizika emas, balki taktika va futbolchilarning individual harakatlari ham hal etadi.


"Bavariya"da ham, Dortmund jamoasida ham o'yin taqdirini bir o'zi hal etadigan futbolchilar bor yoki murabbiylarning taktik yurishlari orqali ko'zlangan maqsadga erishsa bo'ladi.
Anchelotti ham kuchli taktik hamda strateg bo'lsa, Peter Bosh jamoalari asosan tajovuzkor futbolni xushlaydiganlar sirasiga kiradi. SHu boisdan ham "Borussiya" aynan Bosh nomzodiga to'xtalgan. Bosh va "Borussiya"ning falsafasi bir-biriga juda mos keladi.

Demak tunda bizni fantastik qarama-qarshilik kutmoqda.

Ha aytgancha, Germaniya Superkubogida g'olib chiqish bo'yicha har ikkala jamoa teng ko'rsatkichga ega. Yani ular 5 marotabadan bu sovrinni qo'lga kiritishgan. Bugungi uchrashuvdan keyin mutlaq rekordchi jamoa nomini bilib olamiz.
Germaniyada esa yangi futbol mavsumi start olish arafasida.


"CA"da esa nemis futbolini yangi mavsumini birgalikda kuzatib boramiz.


SHahboz BEG'AMOV 

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика