So’nggi yangiliklar

10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  1 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  12 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  3 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  117 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0

Futbol bayramiga etishmagan gol, "Qizilqum"dagi gruziyaliklar uchligi yoxud "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" o'yini haqida Yangiliklar

Futbol bayramiga etishmagan gol, "Qizilqum"dagi gruziyaliklar uchligi yoxud "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" o'yini haqida

Baxtyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi Superliganing ikkinchi turida o'z maydonida Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qildi.


"Qo'qon-1912"ning ustunligida o'tgan dastlabki bo'lim


Ushbu bahs "Qo'qon-1912" uchun o'z maydonidagi ochilish uchrashuvi bo'lgani sabab ilk daqiqalardanoq hujumkorlikka katta urg'u berishdi. Baxtiyor Ashurmatov o'z uslubiga sodiq qolgan holda ikkita hujumchi bilan o'yinni boshladi. Tayanch yarim himoyasidan Murod Holmuhammedov o'rin egalladi. Odatda biz o'ng qanot himoyasida ko'rishga o'rgangan futbolchi ikkita o'yindirki hujumlarni boshlovchi va raqib hujumlarini buzuvchi "qora ish"ni maydonda bajarmoqda.

Buni Baxtyor Ashurmatov shunday izohladi: "Murod Xolmuhammedov to'p bilan yaxshi muomalada bo'lishini, birinchi pas orqali hujumlarni boshlay olishini inobatga olib, tayanch yarim himoyaga qo'ydik. Aytaylik, 3 ta markaziy himoyachi bilan o'ynasak, uni markaziy himoyaga qo'yish imkonimiz bo'ladi. Xolmuhammedov universal o'yinchi, mavsum davomida uni boshqa poziciyalarda ham o'ynatishimiz mumkin".



Holmuhammedovning o'rnida esa Slavko Lukich to'p tepmoqda. O'yindagi ilk havfli vaziyat 9-daqiqaga kelib yuzaga keldi. Aleksandr Merzlyakovning chap qanotdan uzatgan to'pni Mo'min Meliev darvozaga yo'lladi. Biroq darvoza to'sini gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. Meliev "Turon" bilan kechgan bahsda ham faol harakat qilib g'alabaga munosib hissa qo'shgandi. SHundan so'ng 10 daqiqadan oshiq vaqt mobaynida "Qizilqum" o'yinni nazorat qildi, 23-daqiqada Oybek Qilichevning pasidan keyin Elguja Grigalashvili raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi, to'p himoyachilarga tegib maydonni tark etdi. 27-daqiqaga kelib maydon egalari yana bir bor hisobni ochishga urinib ko'rishdi. Slavko Lukichning kuchli zarbasidan keyin to'pni Nesterov qaytardi. Mehmonlar esa o'z omadlarini uzoqdan beriladigan zarbalardan qidirib ko'rishdi. Biroq zarbalarning aksariyatiga aniqlik etishgani yo'q. Ikkinchi bo'lim ham mezbonlarning ustunligi ostida boshlandi. 56-daqiqada Holmuhammedovning jarima zarbasidan pastlatib bergan kuchli va aniq zarbasini Nesterov super seyv bilan qutqarib qoldi. Holmuhammedovda har bir uchrashuvda bunday vaziyatlar ko'plab yuzaga keladi, aksariyat hollarda raqib posbonlari ojiz qolardi. Lekin Nesterov mahoratini ko'rsatgan holda jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 73-daqiqada Sobirjonovning o'rniga maydonga tushgan Muhammadanas Hasanovda gol urishi mumkin edi. O'ng qanotdan jarima maydonchaga uzatib berilgan to'pni Muhammadanas Hasanov boshi bilan darvozaga aniq yo'naltirdi. Nesterov o'z o'rnida ishonch bilan to'pni egallab oldi. 74-daqiqada o'yindagi bahsli holatga guvoh bo'ldik: Keling birinchi galda quyidagi videoni ko'rishingizni so'rab qolaman.




Yana o'sha Muhammadanas Hasanov jarima maydonchasida to'pni qabul qilib olib zarba yo'llagandi. Zarba yo'llash chog'ida to'p raqib sardori SHerali Jo'raevning qo'liga tegdi. Ammo etibor bering qo'l atayin ishlatilmadi, u tabiiy holatda edi. Jo'raev to'pni olib qochayotganida to'pni o'zi uning qo'lini topdi. Bunday vaziyat uchun penalti belgilash biroz noto'g'ri bo'lar edi. Hakamlar esa o'sha holatda penalti belgilamay to'g'ri qaror qabul qilishdi. Darvozaga berilgan zarbani Nesterov qaytardi. Baxtiyor Ashurmatov o'yinni kuchaytirish maqsadida uchinchi hujumchini ham maydonga tushirdi. Slavko Lukichning o'rnida Andrey Sidorov o'yinni davom ettirdi.

SHu kuni "Qizilqum" ko'proq himoyalanishga majbur bo'ldi. Ikkinchi bo'limda aytarli keskinlik yarata olishmadi. tgan mavsum hujumchi etishmasligidan aziyat chekkan navoiyliklar qishki transferlar oynasi vaqtida sobiq futbolchilari Elguja Grigalashvili, Mate Vatsadzeni ortga qaytardi. Biroq buning samarasini ikki turda hali ko'rganimizcha yo'q. O'yin darhaqiqat shiddatli kechdi, lekin shunday kechani bezab beradigan gol etishmadi. Lekin "Qizilqum" uchun safardagi bir ochko yaxshi natija bo'lishi mumkin. To'g'ri jamoa muxlislari g'alabani istashgani aniq. Lekin mavsum yakunida mana shu bir ochkoning qadri juda ham baland bo'ladi.




"Qizilqum"da gruziyaliklar uchligi

Joriy mavsumda "Qizilqum"da etiborimni tortgan jihati oldingi chiziqda gruziyaliklar uchligi to'p tepayotganidir. Markaziy hujumda Mate Vatsadze, yarim himoyada Georgiy Kuxianidze, qanotda Elguja Grigalashvili. Grigalashvili va Vatsadzening nimalarga qodirligidan xabarimiz bor. Kuxianidzening o'yiniga esa hali baho bera olmaymiz. Nima uchun boshqa jamoalarga qaraganda "Qizilqum"da gruziyaliklar ko'p o'ynaydi degan savolga bosh murabbiy Hamidjon Aktamov Gruziya futboliga qiziqaman. Ularning futbol haqidagi kinosi bor. SHu film sababli futbolga qiziqishni boshlaganman degandi.



Raqamlar nima deydi?
Garchi mazkur bahs markaziy maqomda bo'lmagan bo'lsada, ikki tomon uchun ham o'ziga hos ahamiyatli jihatlari bor edi. Navoiyliklar uch mavsumdan beri Qo'qonda mag'lub bo'layotgan, ushbu qora ananaga chek qo'yish vaqti ham kelgandi. Umuman olganda bu o'yinga qadar jamoalar chempionat doirasida 20 marta to'qnash kelishgandi. Kechagi uchrashuv esa umumiy hisobda 21-sifatida tarixdan o'rin egalladi.  O'yinlarning 7 tasida qo'qonliklar zafar quchishgan, 12ta bahsda navoiyliklarning qo'li baland kelgan. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari kecha "Qizilqum" ustidan o'zlarining 8-g'alabasini qo'lga kiritdi. "Qizilqum" esa uch mavsumdan so'ng nihoyat safarda ochko olishni uddasidan chiqdi. To'plar nisbati – 35-23. Bunda o'zgarish bo'lgani yo'q. Ustunlik mehmonlar tomonida qoldi. O'zaro o'yinlarda “Qo'qon-1912” 22 ochkoni qo'lga kiritgan. “Qizilqum”ning ochkosi 37 tani tashkil etadi. Demak, 0:0 hisobidagi durangdan so'ng jamoalar o'zaro o'yinlardagi hisoblariga bittadan ochko qo'shib qo'yishdi.



Abdulaziz Iskandarov 



Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика