So’nggi yangiliklar

10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  1 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  1 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  3 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  4 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  14 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  15 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасига кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  10 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  7 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  15 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  4

"Fulad" siyosat sabab OFKdan OCHL uchrashuvi joyini o'zgartirishni so'radi Yangiliklar

"Fulad" siyosat sabab OFKdan OCHL uchrashuvi joyini o'zgartirishni so'radi

Teglar :  OCHLFuladEron
7 va 10 aprel kunlari Osiyo chempionlar ligasining pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Dastlab juftliklarni yodga olib o'tsak. 


"Al Garafa" (Qatar) - AGMK (O'zbekiston)

7 aprel. Doha, "Suheym bin Hamad" stadioni. 


"Al Vehda" (Saudiya Arabistoni) - "Al Quva Al Javiya" (Iroq)

7 aprel. "Qirol Abdul Aziz" stadioni, Makka. 


"Al Vahda"(BAA) - "Al Zavra" (Iroq)

7 aprel. "Al Nahyan" stadioni, Abu Dabi.


"Fulad" (Eron) - "Al Ayn" (BAA)

10 aprel. "SHahzoda Faysal bin Fahd" stadioni, Ar Riyod. 


Ko'rib turganingizdek, bugun erta tongda Qatar poytaxtiga yo'l olgan AGMK 7 aprel kuni "Al Garafa"ga qarshi maydonga tushadi. Bitta o'yindan iborat bahsda agar olmaliqliklar zafar quchsa, OCHL guruh bosqichiga yo'l olishadi. SHunday bo'lgan taqdirda AGMK "A" guruhidan joy oladi va guruh o'yinlarini "Al Hilol", "SHabab Al Ahli" hamda Tojikistonning "Istiqlol" klublariga qarshi o'tkazadi. Mabodo imkoniyatni boy bersa, unda OFK Kubogida o'ynaydi.

Lekin hozir AGMK to'g'risida gapirmoqchi emasmiz. 7 aprel kuni maydonga tushadigan jamoa haqida sal keyinroq alohida to'xtalamiz. OCHL G'arb mintaqasi pley-off bosqichida to'rtta o'yin bo'lib o'tadi. 10 aprel kuni Eronning "Fulad" klubi BAAning "Al Ayn" jamoasiga qarshi bahs olib borishi lozim va mazkur bellashuv Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan. 

Lekin siyosiy vaziyat sabab "Fulad" Saudiya Arabistoniga borishni xohlamayapti va bu haqda OFKga rasmiy xat yo'lladi. "Fulad" klubi bosh menejeri Saeid Azari matbuotga bergan intervyusida shunday dedi: "Bizni Saudiya Arabistoniga borish juda xavotirga solyapti. CHunki yaqindagina Ar Riyodga raketa orqali hujum qilinishi mumkinligini hamma yoqda gapirishdi. SHu bois barchamizning tichligi va salomatligini o'ylagan holda "Al Ayn" bilan bo'ladigan o'yinni boshqa joyga ko'chirishni OFKdan so'radik". 

"Bu har ikki klub uchun maqul bo'ladi. Xavfsizlik hamma narsadan ustun. O'ylaymanki, OFK bizning murojaatimizni atroflicha o'rganib chiqib, o'yin uchun eng maqul joyni tanlaydi. Esingizda bo'lsa, 2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasining "Zob Ahan" - "Al Nassr" uchrashuvini dastlab Iroqda o'tkazish belgilab qo'yilgandi, biroq keyinchalik Dubayga ko'chirilgandi".

Avvalo bu o'yinning nima sababdan Ar Riyodda o'tkazilishi biroz g'alati. CHunki bilamizki, 2016 yildan beri Eron klublari Saudiyaga bormayapti. "Fulad" o'z maydonida "Al Ayn"ni qabul qilishi kerak, shu bois mazkur bahsni Eronda bo'lmasa ham BAAda o'tkazsa bo'ladi, yoki Qatarga berish mumkin. 

OCHL guruh bosqichida o'ynaydigan Eronning boshqa klubi "Istiqlol" o'z uchrashuvlarini Jidda shahrida o'tkazishi lozim. Lekin bu jamoaning ham Saudiyaga borishi so'roq ostida turibdi. Eronlik jurnalistlar yozishicha, tez orada Istiqlol" ham bu masala yuzasidan OFKga rasmiy murojaat bilan chiqadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика