“Fulad” markaziy bahsda durang o'ynadi
16 fev 2014 19:46
Yangiliklar

“Fulad” markaziy bahsda durang o'ynadi
Eron chempionatining 27-turida chepionlik uchun kurashayotgan – “Naft-Tehron” va “Fulad” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.
Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. 13-daqiqada axvazliklar Arash Afshin tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni ochishdi. Biroq 25-daqiqada Rizo Navro'zi penaltidan darvozani aniq ishg'ol qilib, o'rtadagi muvozanatni tikladi. Ushbu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi.
SHu tariqa, Osiyo CHempionlar ligasidagi raqibimiz – “Fulad” 27 uchrashuvda 51 ochko jamg'argan Eron chempionatida yakka peshqadam bo'lib oldi. Biroq 50 ochkoga ega bo'lib, 2-o'rinda borayotgan “Istiqlol” ushbu tur doirasidagi uchrashuvini ertaga o'tkazadi.
Endi “Fulad” navbatdagi uchrashuvini 25 fevral kuni Osiyo CHempionlar ligasi 1-turi doirasida Qatarning “Al-Jaish” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Fikrlar