“Fulad” – Eron kubogi yarim finalida
27 jan 2014 12:32
Yangiliklar
Bir uchrashuvdan iborat chorak final doirasida “Bunyodkor”ning Osiyo CHempionlar ligasidagi raqibi – “Fulad” klubi o'z maydonida Tehronning “Piruzi” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Muhammad Abboszoda axvazliklar darvozasini ishg'ol qilib, poytaxt jamoasini oldinga olib chiqdi. Lekin 58-daqiqada Baxtiyor Rahmoni javob to'pini kiritdi va o'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakun topdi. 15 daqiqadan iborat qo'shimcha taymlarda ham hisob o'zgarmagach g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi deganlaridek, lotoreyalar bahsida “Fulad” 3:0 hisobida ustun kelib Eron kubogining yarim finaliga yo'llanma oldi.
Axvazliklar final yo'llanmasi uchun 4 fevral sanasida mehmonda “Traktor Sozi” jamoasi bilan kuch sinashishadi.
Axvazliklar final yo'llanmasi uchun 4 fevral sanasida mehmonda “Traktor Sozi” jamoasi bilan kuch sinashishadi.

Fikrlar