FTB "Barselona" sobiq prezidentiga nisbatan tekshiruv ishlarini boshladi
03 fev 2017 10:45
Yangiliklar
FTB "Barselona" sobiq prezidentiga nisbatan tekshiruv ishlarini boshladi
Federal tekshiruv bo'limi (FTB) "Barselona" sobiq prezidenti Sandro Roselga nisbatan tekshiruv ishlarini boshladi.
Malumotlarga ko'ra, FTB pul yuvish, Internet yordamida firibgarlik qilish va boshqa jinoyatlarda Roseldan shubhalanmoqda. FTB 3-raqamli Madrid sudidan Rosel ofisida tintuv ishlari olib borishni so'radi. Kataloniya klubi sobiq rahbariya yaqinlarining malum qilishicha, hozircha Rosel ofislarida tekshiruvlar bo'lmagan.
FTB AQSH ichki razvedka organi hamda huquqni muhofaza qilish federal tuzilmasi hisoblanadi.
Fikrlar