Fransisko Arauxo: "O'zbekistonni mag'lub etishimiz zarur"
12 fev 2016 18:47
Yangiliklar


Fransisko Arauxo: "O'zbekistonni mag'lub etishimiz zarur"
"Ikkita o'yinda ikkita durang qayd etdik. Endi O'zbekistonga qarshi bahsda faqat g'alaba qozonishimiz zarur. Bizning boshqa yo'limiz ham yo'q. Aks xolda musoboqadan chiqib ketamiz. Bizning rejamiz uchinchi turda O'zbekistonni mag'lub etish. Bugun birinchi o'yinga qaraganda yaxshi o'ynadik. Lekin yigitlarimiz charqab qolishgandek ko'rishdi. Balki biz tanovul qilgan taomlarimiz ularni qiynab qo'ygandir. Ular o'zlari yoqtirgan taomlarni istemol qila olishmayapti. Bu ham jamoamizga yomon tasir ko'rsatmoqda. Bugun biz o'zimizga o'xshamadik. Ko'p vaziyatlarda qaror qabul qilishda kech qoldik. Men jamoamni yaxshi bilaman. Ular bugun o'z kuchlaridan maksimum foydalana olishmadi. Birinchi turdagi durang jamoaga ruhan yomon tasir qildimi? Yo'q, men bunday deb hisoblamayman. Jamoamiz natijalari uchun barcha masuliyatni o'z bo'ynimga olaman", - dedi Fransisko Arauxo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar