Fransesk Fabregas: "Neymar menga Kroyffni eslatyapti"
22 jan 2014 23:43
Yangiliklar


Fransesk Fabregas: "Neymar menga Kroyffni eslatyapti"
"Barselona" yarim himoyachisi Sesk Fabregas o'z jamoadoshi Neymarning o'yinlari haqida to'xtalib o'tdi.
"Neymar menga Yoxan Kroyffni eslatyapti. Men uning o'yinini hayotda umuman ko'rmaganman. Lekin shuni bilamanki, u o'z o'yini tempini aql bovar qilmas darajada o'zgartira olardi. Neymar ham huddi shunday.
U qo'qqisdan start oladi, kutilmaganda to'xtaydi, keyin esa ishonish qiyin bo'lgan darajada yuqori tezlik bilan oldinga otiladi.
SHuni ham aytishim mumkinki, u mashinani ham huddi shunday tarzda boshqaradi", dedi Fabregas.

Fikrlar