Fransesk Fabregas: CHelsi endi Angliya chempionligini qo'lga kiritishi kerak
02 mar 2015 22:56
Yangiliklar


Fransesk Fabregas: CHelsi endi Angliya chempionligini qo'lga kiritishi kerak
CHelsi yarim himoyachisi Fransesk Fabregas Angliya liga kubogi finalidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Endi bor etiborni Angliya chempionatiga qaratishimiz kerak. Balki mavsum so'nggida yaxshigina ziyofat tashkil etarmiz. Finalda har doim eng yaxshi futbolchilar o'ynashlari kerak. O'ylashimcha, Diego Kosta o'zini yaxshi taraflama ko'rsata oldi. Dastlabki sovrinni qo'lga kiritdik. Oldinda esa yana ikkita yirik musobaqa - CHempionlar ligasi va Angliya chempionati turibdi. Har ikkalasida ham g'olib bo'lishni istaymiz.

Fikrlar