Frank Riberi: "Pley-offda Portugaliya yoki Xorvatiya bilan o'ynashni istamayman"
16 okt 2013 10:48
Yangiliklar
Frank Riberi: "Pley-offda Portugaliya yoki Xorvatiya bilan o'ynashni istamayman"
Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Frank Riberi Finlandiyaga qarshi o'yindagi g'alabadan (3:0) keyin fikrlari bilan o'rtoqlashib, endi pley-offga jiddiy tayyorgarlik ko'rish lozimligini takidladi.
SHuningdek u o'tish o'yinlarida Portugaliya yoki Xorvatiyaga qarshi to'qnash kelishni istamayotganini aytib o'tdi.
"Pley-off o'yinlari oson bo'lmaydi. Ushbu o'yinlarda o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilishimiz kerak. Raqiblarga keladigan bo'lsak, Portugaliya yoki Xorvatiyaga qarshi o'ynashni istamasdim", deya futbolchi so'zlaridan Goal.com iqtibos keltirmoqda.
Fikrlar