Frank Riberi: “Bundesliga - jahonning eng kuchli chempionatlaridan biri”
12 dek 2013 18:20
Yangiliklar


Frank Riberi: “Bundesliga - jahonning eng kuchli chempionatlaridan biri”
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi, Bundesligani milliy chempionatlar orasidagi eng yaxshi musobaqa deya tarifladi.
“Yaqin bir necha yil ichida Bundesliganing saviyasi sezilarli darajada oshdi. Bundesliga shak-shubhasiz jahonning eng yaxshi chempionati.
Buni Evropa Liga doirasida frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi, “Bordo” ustidan qozongan g'alabasidan ham bilsa bo'ladi. Ular axir mamlakat chempionatida 16 o'rinda borishmoqda.
Bu esa nemis klublarining boshqa mamlakat klublariga nisbatan qanchalik kuchli ekanidan dalolat beradi. Ayni paytda Bundesliga evropa musobaqalarida etakchilik qilib kelmoqda”, - deya takidladi Riberi.

Fikrlar