Frank de Bur: "Terma jamoada ishlashni sharaf deb bildim"
30 iyu 2021 00:35
Yangiliklar
Frank de Bur: "Terma jamoada ishlashni sharaf deb bildim"
Niderlandiya terma jamoasidan istefoga chiqarilgan Frank de Bur bosh murabbiylikdan ketgani haqida gapirdi.
"Mening ishimga baho berishlarini kutayotib, terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etish to'g'risida qaror qabul qildim. Maqsadimizga erisha olmadik.
2020 yilda ushbu lavozimga tayinlanish masalasi bo'yicha men bilan bog'lanishganda, buni sharaf deb bildim, ammo menga bo'ladigan bosimni ham tushungandim. Endi u o'sishda davom etmoqda va bu na menga, na 2022 yilgi Jahon chempionati saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan futbolchilar uchun yaxshi holat emas.
Terma jamoa bazasida chinakam birinchi darajali sharoitlarni yaratib bergan rahbariyatga, futbolchilarga, shuningdek, muxlislarga rahmat", – dedi murabbiy.
Fikrlar