So’nggi yangiliklar

09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  0 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   1 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мариа терма жамоа билан хайрлашди  3 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  0 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  10 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  10 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  18 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  21 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4

Francuz futboli afsonasi yoxud avtopoygachi Bartez haqida Yangiliklar

Francuz futboli afsonasi yoxud avtopoygachi Bartez haqida

Francuz futbolining afsonaviy darvozaboni Faben Bartez faoliyatiga bag'ishlangan maqola.

Tarjimai hol

Faben Bartez - futbol tarixidagi eng yorqin qahramon. Darvozabonning xatti-harakatlari tushunib bo'lmas darajada edi yani o'z darvozasi daxlsizligini saqlash uchun to'pni qaytarish imkonsiz bo'lgan vaziyatlarda ham jamoa joniga oro kirardi u.

Bolalik va yoshlik yillari

Faben regbichi oilasida dunyoga keldi, shuning uchun uning qonida sport va jo'shqinlik bor edi. Bolakay sportdagi yurishini regbi bilan boshladi, ammo baribir futbol foydasiga qaror qabul qildi. 

Bartezning maydondagi birinchi poziciyasi hujumchi edi, ammo u "Tuluza" akademiyasida o'qishni boshlaganida, darvozabon sifatida harakatlana boshladi. Istedodli yigit asosiy jamoada o'ynashi uchun atigi 5 yil vaqt kerak bo'ldi. 1991 yilda Faben professional futbolda debyut qildi.

Futbol

Bartezning o'ziga xos xususiyati, uning darvozabon uchun xos bo'lmagan bo'yi bo'lgan - 183 sm (futbolchilik faoliyatidagi vazni 78 kg edi). Biroq, bu yosh francuzga halaqit qilmadi, bir mavsumdayoq grand klublar nazariga tushdi. Franciyaning o'sha paytdagi eng kuchli jamoasi "Olimpik Marsel" Fabenga katta qiziqish bildirgan va o'ziga chorlagan. Bartez 21 yoshida klubning birinchi raqamiga aylandi. Nafaqat milliy chempionatda, balki butun Evropada tanildi.

1992/1993 yilgi mavsumda jamoasi bilan kutilmaganda CHempionlar Ligasi finaliga chiqdi va u erda "Milan"ga to'qnash keldi. Marko van Basten etakchiligidagi "rossoneri"lar favorit deb topildi, lekin francuzlar "Milan" darvozasiga yo'l topa olishdi. Bartez o'z darvozasini "quruq" saqlab qoldi va qarabsizki "Marsel" chempion!

SHunday qilib, Faben CHempionlar Ligasida oltin medalga ega bo'lgan eng yosh darvozabon bo'ldi. Bir necha yil o'tgach, uning bu natijasini "Real"dagi Iker Kasilyas yangilashni udalladi.

"Marsel" keyingi mavsumda moliyaviy muammolarga duch kelganida darvozabon eng yaxshi insoniy fazilatlarni namoyon etdi. U aksariyat o'yinchilar singari jamoani tark etmadi va klubiga elitaga qaytishiga yordam berdi. Keyinchalik u "Monako"ning taklifini qabul qildi.

Bartez 5 yil ichida "monegasklar" tarkibida ikki bor chempionlikni nishonladi va bundan tashqari, milliy terma jamoadagi asosiy darvozabon rolini davom ettirdi. 1998 yilgi Jahon chempionatida "Monako" darvozaboni barcha 7 o'yinda qatnashdi va atigi 2 ta gol o'tkazib yubordi. Natijada JCHning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Franciya birinchilikni qo'lga kiritgan 2000 yilgi Evropa chempionatida terma jamoa darvozasini yana o'sha Faben qo'riqladi. Bunday yuqori muvaffaqiyatlar franciyalik darvozabonni dunyoning eng yaxshilari qatoriga olib chiqdi.

Bartezning ijobiy fazilatlari talaygina edi, biroq u vaqti kelsa g'azab otiga minardi. Futbolchi sifatida oyoqlari bilan o'ynashni yaxshi ko'rar edi, darvozasidan uzoqqa chiqib ketardi, kerak bo'lsa hujumchi vazifasini o'z zimmasiga olgan paytlar bo'lgan.


Faben 28 yoshida Aleks Fergyusondan "Manchester Yunayted"ga o'tish bo'yicha taklif oldi. Buyuk shotland anchadan beri Peter SHmeyxelga o'rinbosar izlab kelayotgandi va francuz obrazida u munosib vorisni ko'rdi. Uning transfer narxi 11 million dollarni tashkil qildi. Angliyadagi birinchi mavsum ser Aleks bu nuqtada adashmaganligini ko'rsatdi - "qizil iblislar" ketma-ket uchinchi chempionlikni qo'lga kiritishdi. Murabbiy darvozabonga ishondi, chunki u o'zining eng yuqori saviyasini namoyish etardi.

2003 yili hammasi chipakka chiqdi. CHempionlar Ligachi chorak finalida Ronaldo Bartez darvozasiga 3 ta gol urib, xet-trik qayd etdi.

Ushbu mavsum franciyalik futbolchining sport tarjimai holidagi burilish nuqtasi bo'ldi. Katta sahnaga Tim Xovard chiqa boshladi va Bartez "Marsel"ga qaytishga qaror qildi. Afsuski, ikki yil ichida "janubliklar" bilan darvozabon birorta ham chempionlikni qo'lga kirita olmadi.

Darvozabon 35 yosh bo'lishiga qaramasdan, 2006 yilgi Jahon chempionatida terma jamoaning birinchi raqami bo'ldi. Franciya finalgacha etib bordi, Zinedin Zidan chetlatilgan o'sha o'yinda, penaltilar seriyasida italiyaliklarga yutqazib qo'yishdi. 

Ko'p o'tmay, Bartez televidenie orqali chiqish qildi va istefoga chiqishini elon qildi. Uning so'zlariga ko'ra, ketishiga asosiy sabab - o'zi qiziqayotgan yagona jamoa "Tuluza"ning darvozabonni jamoaga qabul qilishni istamayotganligi bo'lgan. 2006 yil dekabr oyida Faben "Nant" bilan shartnoma imzoladi. U erda 14 ta o'yin o'tkazdi, ammo 4 oydan so'ng butsalarini mixga ildi.

SHaxsiy hayoti

Malumotlarda aytilishicha, Faben Bartez millionlab muxlislar armiyasiga ega edi. 1998 yilda futbolchi ulardan biri, "barcha davrlar supermodeli" deb tariflanuvchi Linda Evangelistaning qalbini zabt etdi.

Linda makiyajciz omma oldida paydo bo'lishdan tortinmacdi va turmush o'rtog'ining iltimosiga binoan, baxtga to'siq bo'lishi mumkin bo'lgan telefondan foydalanishni to'xtatdi.

2000 yilda er-xotin ajrashishdi, keyin yana munosabatlarni tiklashga harakat qilishdi va 2002 yilda o'tmishni qaytarib bo'lmasligi butkul aniq bo'ldi.

Keyinchalik Faben taqdirini aktrisa Ofeliey Uinter bilan bog'lagan. 

2004 yilda esa balet artisti Oreli Dyuponga uylangan. Ular ikki farzandni tarbiyalashadi: Aldo va Lenni.

Futboldan yiroqlashgan Bartez avtomobil poygalariga jiddiy qiziqardi. U “24 Heures du Mans", Porshe kubogi, FIA GT chempionati va Franciyadagi "Caterham Sigma Cup" aytopoyga musobaqalarida qatnashgan. 2012 yilgi mavsumda sobiq darvozabon FFSA seriyasidagi Circuito de Navarra’da g'olib bo'lib, chempionatni ettinchi o'rinda yakunlagan.

2013 yilda Faben sherigi Morgan Mullin-Traffor bilan birgalikda Franciya chempioni bo'ldi.

Keyinchalik, futbol bo'yicha PSJ jamoasi bosh murabbiyi Loran Blan termadagi sherigini darvozabonlar murabbiyi lavozimiga taklif qildi.

Bundan tashqari, sobiq o'yinchi "MYTF1" telekanalida tahlilchi sifatida ishlagan va regbi musobaqalarini sharhlagan. 2012 yili Evropa chempionati oldidan fast-fud tarmog'ining yuziga aylangan. 

Bartezning Feysbuk va Instagramda sahifasi mavjud emas va "Tvitter" sahifasi ham uzoq vaqtdan beri faol emas.

Faben Bartez hozir

2017 yili Faben jamoadoshlari Dide Desham, Zinedin Zidan va Biksant Lizarazyu bilan xayriya o'yinida ishtirok etdi. Raqib "Tuluza" regbi jamoasi edi. Ular birinchi bo'limda futbol, ikkinchi bo'limda regbi o'ynashgan.

Faben sportkarlar olamidan yiroqlashmagan va musobaqalarda ishtirok etib keladi. 

Mukofotlari:

- Faxriy legioni kavaler ordeni egasi;

- Ikki karra Franciya chempioni;

- Ikki karra Anliya chempioni;

- UEFA CHempionlar Ligasi sohibi;

- Intertoto kubogi g'olibi;

- Franciya superkubogi sohibi;

- Jahon chempioni;

- Evropa chempioni;

- JCHning eng yaxshi darvozaboni, "Lev Yashin" sovrini egasi.


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика