Franciya terma jamoasi: jarohatlangan Pogba o'rniga "Roma" futbolchisi chaqirildi
09 noy 2021 19:45
Yangiliklar
Franciya terma jamoasi: jarohatlangan Pogba o'rniga "Roma" futbolchisi chaqirildi
Noyabrdagi JCH-2022 saralash uchrashuvlarida qatnashadigan Franciya terma jamoasi tarkibida o'zgarishlar ro'y berdi.
Manbaga ko'ra, jarohat olgan yarim himoyachi Pol Pogba "uch ranglilar" qarorgohini tark etgan.
“Qizil iblislar” yarim himoyachisini "Roma" azosi Jordan Veretu almashtirgan, u terma jamoada sentyabr oyida debyut qilgandi.
Franciya 13 noyabr kuni o'z maydonida Qozog'istonni qabul qilsa, 16 noyabrda Finlyandiyaga safar qiladi.
Fikrlar