Fransiya o'z tarixida uchinchi bor finalga yo'l oldi

11 iyul 2018, 01:31
Fransiya terma jamoasi JCH-2018 ning ilk finalchisiga aylandi.

Yarim finalda Dide Desham jamoasi Belgiyadan ustun keldi. O'yindagi yagona gol 51-daqiqqada himoyachi Samyuel Umtiti hisobiga yozildi.

Fransiya o'z tarixida uchinchi marta JCH finalgi yo'l oldi. 1998 yilda uch ranglilar Braziliyadan ustun kelgan bo'lishsa, 2006 yili finalda Italiya termasiga imkniyatni boy berishgandi.

Shuningdek, Gollandiya terma jamoasi ham o'z tarixida uch marta finalga qadar yetib borgan. Bu natijani Argentina 6, Italiya 6, Barziliya 7 va Germaniya 8 marta qayd etgan.

Eslatib o'tamiz, francuzlar so'nggi oltita JCHning uchtasida finalga chiqishning uddasidan chiqishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru