So’nggi yangiliklar

01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  4 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  0 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   16 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  7 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7

Franciya. Husanov ideal o'yin ko'rsatgan uchrashuvda "Lans" nursiz durang qayd etdi Yangiliklar

Franciya. Husanov ideal o'yin ko'rsatgan uchrashuvda "Lans" nursiz durang qayd etdi

Franciya chempionatining 4-turi doirasidagi "Lans" - "Lion" o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Lans – Lion 0:0

15 sentyabr, 23:45 | "Bollart-Delelis"

Lans – Samba, Medina, Xusanov, Gradi, David Koshta (Odjediran, 58), Machado, Diuf (El-Enaui, 85), Tomasson (Zaruri, 84), Frankovski, Said (Labo-Laskari, 70), Sotoka (Satriano, 84).

Lion – Lukas Perri, Niakate, CHaleta-Car, Mata, Abner (Fofana, 80), Tolisso (Veretu, 65), Matich (Tessmann, 88), Kakre, Meytlend-Naylz, Lyakazett, Orban (Mikautadze, 65).

Lens

Ligue 1 . 4-tur

16/09/2024, 00:45

0
:
0
Tugadi

Lyon

Stadion: Stade Bollaert-Delelis, 38116 tomoshabin

Bosh hakam: Bastien Dechepy

45'
90'
58'  David Da Costa (Hamzat Ojediran)
70'  Wesley Said (Remy Lascary)
84'  Adrien Thomasson (Anass Zaroury)
84'  Florian Sotoca (Martin Satriano)
85'  Andy Diouf (Neil El Aynaoui)
65'  Gift Orban (Georges Mikautadze)
65'  Corentin Tolisso (Jordan Veretout)
80'  Abner (Malick Fofana)
88'  Nemanja Matic (Tanner Tessmann)

LIGA 1 TURNIR JADVALI

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Husanov bugungi uchrashuvni ideal tarzda o'tkazdi, deb bemalol ayta olamiz. Markaziy himoyasining tog'i va qalqoni bo'la oldi. Katta nomlar chetlab o'tmoqchi bo'layotganda Abduqodirning o'zi ularni kutib oldi. Bugungi o'yin uchun Abduqodir yuqori baho olsa hech ham ajablanmang.

90+5. UXXXXXXXXXXXXX!!! So'nggi daqiqada Diuf g'alaba golini urib ketishi mumkin bo'lgandi. Zarbani Perri ushlab oldi.

90+3. HUSANOOOOOOOVVVVV!! Jamoasini 100 foizlik goldan qutqarib qoldi! Qanotdan uzatilgan pas undan o'tganida bo'sh qolgan darvozaga to'p kiritilardi!

O'yinga 5 daqiqa qo'shildi.

81. MEDINAAAAAA!! "Lans"ning hujumi xavfli tus oldi. Medinaning zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi.

79. UXXXXX!! Diuf chap oyog'ida raqibi postini nishonga oldi. Zarba biroz noaniq ketdi.

77. Qoyil! Taxminan 10 soniya ichida ikki bor Husanov o'zini ko'rsatdi. Avvaliga u havodagi to'p uchun kurashda raqibidan ustun keldi. Ikkinchisida esa raqibi oyog'idagi to'pni yulib oldi. 

75. Jorj Mikautadze "Lans" darvozasi tomon oddiygina zarba yo'lladi. Samba o'z o'rnida.

73. "Lion" tezkor qarshi hujumga o'tayotgandi. Hujumning so'nggi fazasiga yaqinlashayotganda Husanovning hududida raqiblari pas amalga oshirishdi. Abduqodir tezlik namoyish qilib, vaziyatni bartaraf qildi.

70. Ikkala jamoa tarkibida ko'plab o'zgarishlar bo'ldi. Umuman olganda o'yin tez bo'lyapti, lekin vaziyatlar ko'p emas.

64. "Lion" burchak zarbasiga ega bo'ldi va bu qisqa pas orqali boshlab yuborildi. Kakrening zarbasi unchalik jiddiy chiqmadi.

61. UXXXX! Diuf qarindoshining uyiga mehmonga kelgandek "Lion" jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va kutilmaganda zarba yo'lladi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

55. GOOOOOOOOOOLLL!!! YO'O'O'O'QQQ!!! Yana "Lion"ning goli offsayd sababli inobatga olinmayapti. Bu safar ham Orban darvozani ishg'ol qilgandi. 

51. "Lans" hujumga o'tgandi. Lekin hujumda fol sababli to'p mehmonlarga olib berildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Abduqodir Husanov birinchi bo'limni zo'r o'tkazdi. Xato qilmadi va jamoasida eng ko'p aniq pas berganlardan biri bo'lib turibdi.

Tanaffus!

42. ZARBAAAAAA!! Machadoning kuchli zarbasini Perri bir amallab qaytarib yubordi.

40. To'p mezbonlarda. Tomonlar asosan pozicion hujumlar uyushtirishga harakat qilishmoqda.

32. SAMBAAAAAAAA!! Lyakazettning kuchli zarbassini qaytarib yubordi!

27. ZARBAAAAAA!! Meytlend-Naylz "Lans" jarima maydonchasi ichiga kirib, kuchli zarba yo'lladi. Sambadan chiroyli seyv ko'rdik.

20. To'g'risi, tarkibni o'qib chiqdim-u, "Lion" tarkibini ahamiyat berib o'qimabman. Tarkibdagi nomlar juda kuchli ekan. Tolisso hozir to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun hayron qoldim.

13-daqiqaga kelib, "Lans"ning uchrashuvdagi ilk aniq zarbasini ko'rdik. Zarba muallifi kim? Topinglarchi) Husanov zarba yo'llagandi.

11. Xo'o'o'o'shshsh, gol urildi va offsayd qayd etildi. VARni kutamiz, Lyakazettning pasidan keyin Orban hisobni ochishi mumkin bo'lgandi.

9. "Lion" bir necha paslar orqali "Lans" jarima maydonchasiga kirdi. Yakuniy pasni Tomasson qaytarib yubordi.

7. Nimalar qilyapsizlar-e? Offsaydligi mayliku-ya, darvozabonni ham, himoyachini ham, sheriklarini ham aldagandan keyin bunday vaziyatni gol bilan yakunlash kerak-da. Said shunday qildi va darvozaga zarba beraman deguncha amallab, himoyachi qaytarib yubordi.

4. Dastlabki daqiqalarda tomonlar bittadan hujum uyushtirishdi va offsaydlar qayd etib olishdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! Lyakazett Husanovga qarshi!

- Tarkib tanishtirganda Husanovni maniken tarzida ko'rsatishdi)

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Lans" - "Lion" uchrashuvi boshlanish arafasida. Matnli translyaciyani sizlar bilan Mirjalol Normatov olib boradi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика