Franciya klubi futbolchisi otishmada halok bo'ldi
10 sen 2018 17:32
Yangiliklar
Franciya klubi futbolchisi otishmada halok bo'ldi
"Sent-Eten" matbuot xizmati klubning yoshlar jamoasi himoyachisi Vilyam Gomis 9dan 10 sentyabrga o'tar kechasi vafot etganini tasdiqladi.
"Sent-Eten" klubi rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va xodimlari Vilyam Gomes vafotidan shokda va futbolchining oilasiga hamdardlik bildiradi" - deyiladi klub bayonotida.
Oldinroq, Vilyam La-Sen-syur-Merda (Franciya) sodir bo'lgan otishmada halok bo'lgani elon qilingan edi. 20 yoshli futbolchidan tashqari 14 yoshli o'smir ham otib ketilgan. Voqea haqida hozircha malumotlar yo'q.
Fikrlar