Franciya FF Grizmanning Tunisga urgan goli bekor qilingani uchun rasmiy shikoyat bilan chiqdi
01 dek 2022 12:49
Yangiliklar
Franciya FF Grizmanning Tunisga urgan goli bekor qilingani uchun rasmiy shikoyat bilan chiqdi
Franciya futbol federaciyasi JCH-2022 doirasidagi Tunis – Franciya (1:0) o'yinida Antuan Grizmanning goli bekor qilingani yuzasidan FIFAga rasmiy shikoyat yuborishga qaror qildi.
"Biz Antuan Grizmanning goli xatolik tufayli inobatga olinmadi deb hisoblaymiz. Bu shikoyat o'yin tugaganidan keyin 24 soat ichida FIFAga yuborilishi kerak. Agar o'yin qayta boshlangan bo'lsa, hakam VAR'ga borishga haqqi yo'q, futbolchining chetlatilishi bilan bog'liq vaziyat bundan mustasno", – deya tushuntirdi FFF vakili "Le Parisien" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar