Fransiya chempionati. Neymar debyut o'yinidayoq gol urishga erishdi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2017, 02:23
Fransiya chempiontining 2-turidan o'rin olgan “Gengam” –“PSJ” bellashuvida mehmonlar yirik g'alabani tantana qilishdi.

Uchrashuvda parijliklar safida dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Neymar  debyut uchrshauvini o'tkazdi va o'yin oxirida to'p kiritib, jamoasining yirik g'alabasini taminladi.

Fransiya chempionati

2-tur

Gengam – PSJ 0:3

Gollar:0:1 – 52, avtogol Ikoko, 0:2 – 62 Kavani, 0:3 – 82 Neymar.

Gengam – Yunsson, Kerbra, Reboshu, Ikoko, Sorbon, Koko (Blas, 80), Dido (Tyuram, 79), Kamara (Firi, 71), Do, Salibur, Brian.

PSJ –Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Tiago Silva, Verratti (Pastore, 80), Motta, Rabo (Matyuidi, 87), Di Mariya, Neymar, Kavani.

Ogohlantirish:Ikoko (11), Motta (32), Verratti (67), Do (77).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia