So’nggi yangiliklar

08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  0 07:56Гвардиола Ҳусановни жароҳат олганини тасдиқлади  2 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  2 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  26 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  8 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  21 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  59 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3

Franciya, Belgiya, SHotlandiyaga qarshi o'yinlar vaqti hamda O'zbekiston termasining tarkibi Yangiliklar

Franciya, Belgiya, SHotlandiyaga qarshi o'yinlar vaqti hamda O'zbekiston termasining tarkibi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Istanbul orqali Ispaniyaning Estepona shahriga etib keldi.

 Mazkur shaharda Otabek G'ulomxo'jaev boshchilik qilayotgan jamoa 10 kun davomida istiqomat qiladi va 3 ta xalqaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
 
O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov yil boshida Madrid va Parijga tashrif buyurib, Ispaniya hamda Franciya futbol federaciyalari bilan hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Malagaga tashrifi shuning asnosida kelishib olingan.
 
Kelasi yil Osiyo chempionatining saralashida ishtirok etadigan O'zbekiston termasi 10 kun ichida Franciya, SHotlandiya hamda Belgiya bilan kuch sinashib ko'radi. Raqib jamoalarda bir yosh katta futbolchilar to'p suradi. Bunday tipdagi jamoalarga qarshi o'yinlar o'zbekistonlik futbolchilar uchun katta maktab vazifasini o'tab berishi ko'zda tutilgan. Quyida o'yinlarning Toshkent vaqti bilan tanishib olish mumkin:
 
10 oktyabr, chorshanba
16:00 O'zbekiston U17 — SHotlandiya U18
 
13 oktyabr, shanba

19:00 O'zbekiston U17 — Belgiya U18
 
15 oktyabr, dushanba
16:00 O'zbekiston U17 — Franciya U18      
 
O'yinlar Esteponadan uncha uzoq bo'lmagan Marbellada bo'lib o'tadi. Tashkilotchilar O'zbekiston terma jamoasini mashg'ulot va o'yinlar uchun eltadigan alohida avtobus ajratgan. SHuningdek, delegaciya nonushta, tushlik va kechki ovqatni tamaddi qilishi uchun ham alohida joy berilgan. Quyida yig'inda bo'lib turgan futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan tanishish mumkin.


 
Darvozabonlar:
1. Abduvohid Nematov — “Nasaf”
12. Asad Polvonov — “Nasaf”
 
Himoyachilar:
2. Saidazamat Mirsaidov — “Paxtakor”
3. Asliddin Toshtemirov — “Neftchi”
4. Odil Abdumajidov — “Andijon”
5. Sodiq Ortiqov — “Navbahor”
6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev — “Paxtakor”
14. Sunnat Hamidjonov — “Paxtakor”
23. Eldor Begimov — AGMK
 
Yarim himoyachilar:
8. Ibrohim Ibrohimov — “Buxoro”
9. Mironshoh Sattorov — “Bunyodkor”
10. Jasur Jaloliddinov — “Bunyodkor”
11. Begzod SHamsiev — “Paxtakor”
13. Alisher Odilov — “Paxtakor”
15. Diyor Ramazonov — “Paxtakor”
16. Muhammadqodir Rahimbernegov — “Xorazm”
17. Hojimat Erkinov — “Paxtakor”
19. Ruslan Ro'ziev — “Paxtakor”
22. Muzaffar Olimjonov — “Bunyodkor”
 
Hujumchilar:
7. Abdulaziz Abdusalomov — “Paxtakor”
18. Ulug'bek Hoshimov — “Paxtakor”
20. Xushnud Bozorov — “Paxtakor”
 
Murabbiylar shtabi:
Otabek G'ulomxo'jaev
Doniyor Usmonov
Sarvar Haydarov
Valeriy Karpenko
 
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 17 oktyabr kuni tongda Istanbul orqali Toshkentga qaytib keladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика