Franchesko Totti: "Yuventus" bilan o'yin muhim, ammo hal qiluvchi emas"
22 dek 2013 00:00
Yangiliklar

Franchesko Totti: "Yuventus" bilan o'yin muhim, ammo hal qiluvchi emas"
"Roma" sardori Franchesko Totti 2013 yilgi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Suhbat davomida Rimning tirik afsonasi 2014 yilning boshida "Yuventus"ga qarshi kechadigan uchrashuv "Skudetto" yo'lida o'ta muhim rol o'ynamasligini aytib o'tdi. Bugun "Roma Channel" orqali chiqish qilgan Tottining intervyusini "Football Italia" o'z saytida chop etgan.
- 2013 yil aralash xotiralar bilan xotiramdan o'rin oladigan bo'ldi. Yilning dastlabki olti oyi biz o'ylagandek bo'lmadi. Aytishim mumkinki, biz mavsumni tugatib olganimizdan xursand bo'ldik va yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yubordik. Endi 2014 yilni bugungi kayfiyatday boshlab olishimiz kerak.
"Roma" va "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuv 2014 yil 5 yanvar kuni Turinda bo'lib o'tadi. Unga qadar rimliklar "Kataniya" bilan, "Yuve" esa mehmonda "Atalanta"ga qarshi maydonga chiqadi. Ayni paytda ikki jamoa o'rtasida 5 ochko farq bor.
- Bu biz va "Yuventus" uchun kerakli o'yin. Principial ahamiyatga ega o'yin bo'ladi. Agar unda bizdan omad yuz o'girsa, tushkunlikka tushish kerak emas. Bu o'yin bilan mavsum tugamaydi. Qisqasi, bu bellashuv "Skudetto" masalasini hal qilmaydi.
Gap orasida Totti "Yuventus" posboni Janluidji Buffon tomon hazil qildi.
- Men Buffon va uning jamoadoshlarini yangi yil kechasida bo'kib ovqatlanishlari, o'yin kuni to'yib qolgan holda maydonga tushishlarini tilayman (kuladi). Do'stim Buffonga joriy mavsum bizdan keyin ikkinchi bo'lishini tilayman. Jiddiy gapirsam, men unga sihat-salomatlik tilayman. U bilan ajoyib kunlarni o'tkazganmiz. Qanchadan-qancha quvonchli lahzalar. Buffon - maydon va uning ortidagi fenomen!
"Milan" bilan bo'lib o'tgan o'yinda zaxiradan maydonga tushgan Totti "Kataniya"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. Xabaringiz bor, u jarohati tufayli 6 uchrashuvdan beri boshlang'ich tarkibdan joy olmay kelayotgan edi.
- 100% tayyor bo'lmasam-da, hozirda o'zimni yaxshi his qilyapman. Muhimi jarohatim ortda qoldi. Endi yana oldinga qadam tashlashim mumkin.

Fikrlar