So’nggi yangiliklar

19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  1 19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Оқ-тепа", "Навбаҳор" – "ФарДУ"  0 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  2 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   13 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  25 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  4 15:26Эвра Брунунинг кетишига қарши: "У жамоанинг энг муҳим ўйинчиси, усиз МЮ Европа Лигаси финалига чиқмаган бўлар эди. Уни қўйиб юборишса, хато бўлади"   0 14:31“Лочин” парвози: Кубокдаги сенсация ва Полвоновнинг қайтиши  4 14:08Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган. Таркибда баланс бор, лекин бизга уларга ўхшаш ўйинчилар керак"  6 13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0 12:21Қоидабузарликдан сўнг урилган гол ва ВАРнинг нотўғри аралашувлари. Суперлиганинг 9-тури ҳакамлик таҳлили  3 12:12"Пахтакор" тўртинчи бўлди. "Насаф" охирги бор қачон 6 та гол ўтказган эди?   24

Franchesko Totti: “Doim “Roma”da qolishni orzu qilaman” Yangiliklar

Franchesko Totti: “Doim “Roma”da qolishni orzu qilaman”

O'tgan hafta Italiyada “Roma” murabbiyi Luchano Spalletti va jamoa afsonasi Franchesko Totti o'rtasida ro'y bergan voqea asosiy muhokamaga aylandi.

Totti o'ziga ko'proq hurmat talab qilishini aytgach, murabbiy uni “Palermo” bilan o'yin qaydnomasidan chetda qoldirdi. Keyinchalik vaziyat iziga tushgani haqida malumot paydo bo'ldi. Totti “RAI 1” telekanali bilan suhbatda hozirgi holat to'g'risida savollarga javob berdi.

- Franchesko, ishlar qalay? Kayfiyat-chi?
- Ko'tarilish va qulashlarni boshdan kechirdim, biroq “Real” bilan bellashuvda mag'lubiyatni kutmagandim. Tarkibida bir o'zi o'yin taqdirini istalgan lahzada hal qiladigan boshqa sayyoraliklar bilan o'ynadik, biroq baribir jahlim chiqdi.


- Sukutingiz nimani bildiradi?
- Nima gapirayotganimiz muhim. Bunday holatlarda sukut saqlash yomonroq, nimadir deyish kerak. Men esa tinglayman, o'ylayman va keyin zarur paytda gapiraman. Hozir bo'layotgan voqealarga nisbatan xotirjamman.

- Sizni Messi va Zidan kabi shaxslar yuqori baholashadi.
- Ularga so'zlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Etirofga haqliman, maydonda doimo eng yaxshi bo'lganman. Odamlar men haqimda shunday deyishsa, faoliyatim ajoyib kechibdi.

- Zaxira o'rindig'ini qanday qabul qilasiz?
- Bu oddiy holat, men kabi futbolchiga zaxirada o'tirish yoqmaydi. Bosh murabbiy ixtiyoridaman va meni maydonga tushirishni istasa, bunga tayyorman. Hamisha “Roma”ga bor kuchimni berganman. Mening yoshimda kam o'ynash hayratlanarli emas. Jarohatdan keyin oxirgi oyda tiklandim. Bu faqat texnik tanlovdir. Jismonan yaxshi holatdaman.


- “Roma” Garsiyadan keyin qanday o'zgardi?
- Mashg'ulot va o'yinga turlicha yondoshadigan ikki murabbiy haqida gapiryapmiz. Har ikkisi o'ziga xos ish uslubiga ega. Spalletti boshchiligida mashg'ulotlar faolroq tusga o'tdi. Ikkala murabbiy ham maydonga tushishga to'liq tayyor futbolchilarni tanlaydi. Ko'proq o'ynashim kerakligini gapirmayman. Kim bilan ishlashimdan qati nazar, murabbiy qarorini hurmat qilib kelganman. Faoliyatim davomida klub uchun harakat qildim, boshqa kimdir uchun emas.

- “Roma” siz uchun yagona jamoa.
- SHunday. Haligacha o'ynashni istayman. Maydonda zavq olaman va jismonan o'zimni yaxshi his qilaman. Eshiklarni doim ochiq qoldiraman. Agar takliflar kelsa, ular ustida o'ylab ko'raman. O'zimni futbolchi deb his qilganim sababli o'ynashni xohlayman. Hamon mashg'ulotga birinchi kelib, so'nggi bo'lib ketaman. Ishtiyoq borasida muammo bo'lmagan. Kuchim bor ekan, o'ynashda davom etaman. Bunga hech kim to'siq bo'la olmaydi.

- Kelajagingiz haqidagi gaplar tashvishlantiradimi?
- Har kim gapirish va o'ylash huquqiga ega, lekin oxirgi gapni aytish mening ixtiyorimda qoladi. Jamoaga yordam bera olishimni bilaman va kelajagimni iyunda hal qilaman.

- Zeman sizdan foydalanish kerakligini aytganda haqmidi?
- Bundan barchaga yaxshi bo'ladi. Ushbu klub va libos uchun ko'p narsa bergan insonga ko'proq hurmat talab qilaman. Klub uchun oson bo'lmagan paytlarda javobgarlikdan qochmaganman. Faoliyatimni bunday yakunlash chiroyli bo'lmaydi. SHaxs sifatida bunday munosabatdan ko'prog'iga loyiqman. SHartnomam iyunda tugaydi va bunday holat davom etmaydi. Men va ortimda turgan odamlar uchun bu yaxshi emas. Nima bo'lishini kutamiz.

- Pallotta tez orada Rimga etib keladi.
- Biz ikki oy oldin ko'rishgandik. Barchasini muhokama qildik. Uning “Real” bilan o'yinlardan qaytishi kutilgandi. O'shanda muzokaralar stoliga o'tirib, kelajagimni muhokama etamiz. Barchasini yuzma-yuz, barchaning ko'ngli to'ladigan holatda hal qilamiz. Undan adolat kutyapman. Uning menga munosabatini eshitishni xohlardim. Keyin unga o'z fikrimni bildiraman.

- O'zingizni rahbar sifatida ko'ryapsizmi?
- To'g'risi, buni hali o'ylab ko'rmadim. Albatta, rahbar, murabbiy, yordamchi va yana boshqa vazifani egallashim mumkin, faqat “Roma”da qolgan taqdirimda. Bu orzum, bu haqida doim gapirganman va takrorlayman. Lekin yo'llarimiz ayro tushsa, unda ko'ramiz.


- “Real” bilan o'yindan keyin nega bunday fikr aytdingiz?
- Bu shunchaki hazil edi. Mendan intervyu berishimni so'rashdi. Bunga javoban kam o'ynayotganim va hech narsa qilmayotganimni aytdim. Men qiladigan uch ming hazildan biri edi. Prezident yoki murabbiy bilan bog'liq bo'lmagan oddiy hazil, Tottining hazili.

- Garsiyaning qo'l ostida nimalar ro'y berdi?
- Afsuski, u boshchiligida birinchi yilda bo'lganidek natijaga boshqa erisha olmadik. Natijaning yo'qligiga esa murabbiy javob beradi. CHunki 20 futbolchini almashtirib bo'lmaydi. Garsiyada barcha bilan munosabat ajoyib edi. Hamma uning ketishidan xafa bo'ldi. Biroq bazida o'zgarishlar zarur.

- Spalletti bilan munosabatingiz qanday?
- Xayrli kun, xayrli kech. Futbolchi va murabbiy o'rtasidagi oddiy munosabat. Uni shaxs va murabbiy sifatida hurmat qilaman. Klubga kelajak uchun uni saqlab qolishni maslahat berdim. U juda yaxshi tayyorlangan va shu jamoa bilan g'alaba qozonishga maqsad qilgan mutaxassis.

- Sardor bilan g'alati munosabat haqida nima deysiz?
- Bu ham o'zgacha. Uning tanlovi va munosabatini hurmat qilaman, barchasi joyida.

- SHunday narsa kutganmidingiz?
- Yo'q. Gazetalardan bilgan ko'p narsalarni u menga o'zi aytishiga umid qilgandim. Bu uning tomon tanqid emas, hammasini to'g'ri qabul qilaman.


Behzod Nazarov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика