Franchesko Totti: "Biz butun Italiyaga "Yuventus" bilan saviyamiz teng ekanini ko'rsatdik"
26 jan 2014 19:23
Yangiliklar


Franchesko Totti: "Biz butun Italiyaga "Yuventus" bilan saviyamiz teng ekanini ko'rsatdik"
"Roma" sardori Franchesko Totti Italiya A seriyasi 21-turidan o'rin olgan "Verona"ga qarshi o'yindan (3:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- Bugungi g'alaba juda muhim edi. Butun A seriyaga, "Yuventus" bilan bir xil saviyada ekanimizni ko'rsatdik. Jamoamiz ko'p narsaga qodir. "Verona"ga qarshi o'yinda Jervino juda yaxshi o'ynadi. Uning harakatlari tufayli hisobni ochdik, - deydi Totti Sky Sport nashriga.

Fikrlar