Francesko Totti "Roma"dan ketishini e'lon qildi

Alisher
17 iyun 2019, 18:50
"Roma" sobiq hujumchisi va sardori, hozirda esa klub direktorligi lavozimida ishlab kelayotgan Franchesko Totti klubdan ketishini e'lon qildi.

42 yoshli italiyalik bu haqda ayni vaqtlarda Rimda bo'lib o'tayotgan MOQ shtab-kvartirasidagi maxsus matbuot anjumanida aytib o'tgan. Tottining ketish sababi "Roma" rahbariyati bilan bo'lgan kelishmovchilikdir.

"Rim imperatori" "Roma"da 1992-2017 yillarda harakat qilgan. Totti faoliyati davomida faqatgina bitta klub sharafini himoya qildi. Shuningdek 1998 yildan 2006 yilgacha Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: СЭ